53
Birinchidan, jismoniy kapital
(?)
(masalan, asbob-uskunalar va binolar) va inson
kapitaliga
(?)
(ta'lim, ko'nikmalar, malaka oshirish va ishchilarning tajriba darajasi)
qilingan investitsiyalar tovar va xizmatlar ishlab chiqarish qobiliyatimizni oshiradi. Bu
ikki turdagi investitsiyalar bir-biriga bog'liq. Ishchilar zamonaviy asbob-uskunalar
yordamida ko'proq ishlab chiqara oladilar. Daraxt kesuvchi oddiy arradan ko'ra motorli
arra bilan ko'poq daraxt kesib tayyorlaydi. Shu kabi, transport ishchisi eshak-aravadan
ko'ra yuk mashinada ko'proq yuk tashiydi.
Ikkinchidan, texnologiyani takomillashtirish (yangi buyumlar va kam chiqimli
ishlab chiqarish usullarini kashf etishga aql-idrokni ishlatish) iqtisodiy taraqqiyotni
rag'batlantiradi. 1750-yildan so'ng bug' dvigateli, undan so'ng ichki yonish dvigateli,
elektr energiyasi va yadroviy energiya asosiy energiya manbai bo'lgan inson va hayvon
kuchi o'rnini bosdi. Avtomobillar, avtobuslar, poezdlar va samolyotlar asosiy transport
vositasi sifatida ot-arava (va piyoda yurish) o'rnini bosdi. Texnologik taraqqiyot hayot
tarzimizni o'zgartirishda davom etyapti. Shaxsiy kompyuterlar, mikroto'lqinli pechlar,
uyali telefonlar, davomli televizion dasturlar, yurak operatsiyalari, tos suyagini
almashtirish operatsiyalari, avtomobil konditsionerlari, hattoki garaj eshigini
ochgichlarning ta'siri to'g'risida bir o'ylab ko'ring. Oxirgi ellik yil ichida ushbu
mahsulotlarning yaratilishi va hayotga tatbiq etilishi bizning ishlash, o'ynash va ko'ngil
ochish tarzimizni keskin o'zgartirib yubordi. Ular farovonligimizni oshirdi.
Uchinchidan, iqtisodiy tashkil etishning yahshilanishi o'sishni rag'batlantirishi
mumkin. Iqtisodiy tashkil etish deganda biz inson faoliyatini tashkil etish yo'llarini va
ularni boshqaradigan qoidalarni nazarda tutamiz. Ko'pincha bu omillar e'tibordan
chetda qoladi. Kishi savdo bilan shug'ullanishi yoki korxona ochishi qanchalik oson?
Mamlakat huquqiy tizimi aholining savdo, investitsiya va iqtisodiy hamkorlik
darajasini belgilashda muhim rol o'ynaydi. Fuqarolar va ularning mulklarini himoya
qilishga, shartnomalar ijrosi xolisligini ta'minlashga va munozaralarni hal qilishga
qaratilgan huquqiy tizim iqtisodiy taraqqiyotning muhim qismidir. Uning yo'qligi
investitsiya yetishmovchiligiga, savdoning bo'g'ilishiga va innovatsion g'oyalarning
yaratilishida qiyinchiliklarga olib keladi. Ushbu kitobning ikkinchi qismida huquqiy
54
tizimning ahamiyati va iqtisodiyotni tartibga solishning boshqa elementlari batafsil
ko'rib chiqiladi.
Video:
«Odamlardan yiroqda» kinofilmida iqtisodiyot
Investitsiya va texnologik rivojlanish o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Ular foyda
umidida tavakkal qiluvchi odamlar va tadbirkorlarning faoliyatlarini aks ettiradi.
Keyingi innovatsion kashfiyot nima bo'lishini yoki qaysi ishlab chiqarish usullari
xarajatlarni kamaytirishini hech kim oldindan bilmaydi. Undan tashqari, tadbirkorlar
ko'pincha kutilmagan joylarda paydo bo'ladilar. Demak, iqtisodiy taraqqiyot turli
odamlar o'z g'oyalarining foydaliligini amalda sinab ko'rishlariga, shuningdek,
resurslarning samarasiz sarflanishini oldini olishga ko'maklashuvchi tizimga bog'liq.
Bunday taraqqiyotning amalga oshishi va odamlarning innovatision g'oyalarini
sinab ko'rishlari uchun bozorlar ochiq bo'lishi kerak. Yangi mahsulot yoki texnologiya
yaratgan tadbirkor o'z loyihasini moliyalashtirishi uchun yetarlicha investorlar
yordamini qo'lga kiritishi kerak bo'ladi. Biroq, tadbirkorlar va investorlar o'z
resurslaridan samarali foydalanishlari uchun raqobat
(?)
zarur bo'ladi: ularning g'oyalari
amalda iste'molchilar «sinoviga» dosh berishi kerak, chunki mahsulot yoki xizmatni
ishlab chiqarish tannarxidan balandroq narxda sotib olishni iste'molchilar hal qiladi.
Bunday sharoitlarda iste'molchi hal qiluvchi hakamdir. Agar ular innovatsion mahsulot
yoki xizmatni tannarxidan balandroq miqdorda baholamasalar, bunday mahsulot yoki
xizmat bozorda o'rin egallay olmaydi. Davlatning vazifasi mahsulotlarning qaysi biriga
imtiyoz berish emas, balki yangi va yaxshiroq mahsulotlarga raqobat imkoniyatini
yaratishdan iborat.