Uchinchidan savolni yoritishda talabalar e’tiborini tushunchaning bir necha turlarga
bo‘linishiga qaratib, fikrni aniq misollar yordamida bayon qilish maqsadga muvofiq.
Tushuncha muayyan mezonlarga, eng avvalo hajmi va mazmuniga ko‘ra, undan so‘ng esa
tafakkurdagi boshqa vazifalariga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Tushuncha hajmiga ko‘ra yakka ju’ziy,
Yakka tushunchalar alohida olingan buyumlarning muhim, belgilaridir masalan, II
Ju’ziy tushuncha esa, muayyan ko‘plikdagi buyumlarning ayrim qismini ifodalaydi.
Chunonchi, «ba’zi tinglovchilar», «ba’zi a’lochilar» degan tushunchalarda tinglovchilarning va
a’lochilarning ayrim qismi nazarda tutiladi. Ju’ziy tushuncha «ba’zi», «anchagina», «aksariyat»,
Umumiy tushuncha esa Muayyan sinf, guruh, ko‘plikka taaluqli barcha buyumlarning
yig‘indisidir. Masalan «stol», «kitob», «davlat», «soat», «samolyot» kabi tushunchalarda ifoda
etilgan barcha narsalarning yig‘indisi fikrlanadi. Ba’zi hollarda umumiylik o‘zbek tilida «lar»
Yakka, ju’ziy, umumiy tushunchalardan tashqari nol hajmdagi tushunchalar ham mavjud.
Nol hajmi tushunchaga insoniyat tajribasida uchramagan, shuningdek fanda qayd etilmagan
buyumlar aks etadi. Masalan, «jin- ajina» «shayton», «pari» kabilar nol hajmli tushunchalardir.
Tushuncha mazmuniga ko‘ra mavhum va aniq turlarga bo‘linadi. Mavhum tushuncha
buyumlarning belgilarini ifodalaydi. Masalan, oq sut, qora qalam, qizil gul, ko‘m- ko‘k osmon
kabi narsalarning belgilarida «oqlik», «qoralik», «qizillik» «ko‘klik» kabi hayotdagi-
buyumlardan alohida mavjudlik mavqeiga ega bo‘lmaydigan sifatlardan mavhum : tushunchalar
paydo bo‘ladi.
Aniq tushuncha esa, buyumlarning mustaqil mavjudligini ifrdalaydi. Chunonchi,
«Konstitutsiya», «huquq - targ‘ibot idoralari» kabilar mavjud narsalarning ko‘pligini aks ettiradi.
Bundan tashqari, ijobiy va salbiy. sanaladigan.va sanalmaydigan, isbatan va nisbatsiz.
taqkoslanadigan va takkoslanmaydigan. sigishadigan va sigishmaydigan turlarga ham bo‘linadi.
Ijobiy tushunchalar buyumlarga xos - sifatlarning mavjudligini bildiradi. Masalan, «qizil
qalam». Salbiy tushunchada esa, buyumlarga muayyan sifatlarning mansub emasligi qayd
egiladi. Masalan «insofsiz kishi», «noinsof sotuvchi», «intizomsiz talaba»,«tartibsiz bola».
Sanaladigan va sanalmaydigan tushunchalar. Sanaladigan tushunchada qayd etilishi lozim
bo‘lgan buyumlarning yig‘indisi ifodalaniladi. Masalan, «2-45-guruh tinglovchilari» , «a’lochi
talabalar» kabilar. Sanalmaydigan tushunchaga hajmdagi buyumlarni sanab bo‘lmaydigan
ko‘plikdagi fikrlar kiradi. Masalan, «yulduz», «jinoyat», «inson» kabilar.
Mazkur tushunchalar ifodalangan buyumlar sanoqsiz va noaniq bo‘lib, ularni qayd
etishning iloji yo‘q..Ularning son- sanog‘i mavhumdir.
Tushunchada ifodalangan buyumlarning mustaqil yohud bir - biri bilan aloqadorlikda
mavjud bo‘lganligiga qarab ular nisbatan va nisbatsiz bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: