Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida Reja


Tushunchaning mohiyati va uning ifodalanishi



Download 349,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana28.07.2021
Hajmi349,79 Kb.
#130709
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mantiq ilmining predmeti

Tushunchaning mohiyati va uning ifodalanishi 

Buyumlarning  umumiy,  muhim  belgilarini  inson  ongida  aks  ettiruvchi  tafakur  shakliga 

tushuncha  deb  ataladi.  Tushuncha  borliqning  odam  tafakkurida  in’ikos  etishining  shakllaridan 

biridir.  Uning  yordamida  hodisalar,  jarayonlarning  mohiyati  bilib  olinadi,  ularning  umumiy  va 

muhim tomonlari, belgilari umumlashtiriladi. Tushuncha tarixan rivojlanuvchi bilim mahsuli, bu 

bilim quyidan yuqoriga ko‘tarilib borib, amaliyot asosida qo‘lga kiritilgan natijalarni mazmunan 

chuqurroq 

tushunchalarda 

yakunlaydi. 

Eski 


tushunchalarni 

mukammallashtiradi, 

konkretlashtiradi  va  yangisini  shakllantiradi".  Tushunchalar  uzul-kesil,  absolyut  bo‘lmasdan, 

rivojlanish, o‘zgarish holatida bo‘lib, voqelikni aks ettirib, taraqqiy qilib boradi. Tushunchaning 

mohiyatini chuqurroq tushunish uchun buyumlarning belgilarini va ularning turlarini bilish zarur. 

Begilar  deb  buyumlarning  bir-biriga  o‘xshashligi  yoki  bir-biridan  farq  qiladigan  tomonlari  va 

xususiyatlariga aytiladi. 

Buyumlarning  belgilari  cheksiz,  shu  bilan  birga  turli-  tumandir.  Ularning  ba’zilari  faqat 

bir bo‘lishga. xos bo‘lib, yakkalikni ifodalaydi, boshqalari buyumlarning muayyan guruhiga xos 

bo‘lib,  ularning  umumiyligini  bildiradi.  Masalan,  har  bir  odam  ma’lum  belgiga,  ya’ni  yuz 

tuzilishi,  yurishi,  gapirishi,  qaddi-qomati  va  hokazo  konkret  odamga  xos  bo‘lib  boshqa 

odamlardan farqini ajratib turadi. Boshqa belgisi, kasbi, millati, ijtimoiy ahvoli kabilar umumiy 

xarakterga ega bo‘lib, ko‘pchilikka xos belgilardir. shuningdek, buyumlarning muhim va muhim 

bo‘lmagan belgilarini aniqlash ham zarurdir. 




Buyumlarning  ma’lum  nisbatdagi  tub  xususiyatlarini,  ichki  tabiatini,  mohiyatini 

ifodalovchi belgi muhim belgi deb ataladi. 

Buyumning tub mohiyatini, xususiyatini ichki tabiatini ifodalamaydigan belgilari muhim 

bo‘lmagan  belgilar  deb  ataladi.  Logika  fani  narsalarning  tushunchalarda  aks  etgan  muhim 

belgilarini o‘rganadi. Muhim belgilar tushunchalar shakllanishida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. 

Tushunchalar buyumlarning belgilarini aks ettirib, bunga umumiy, muhim belgilar kiradi. 

Masalan,  insonning  mehnat  qurollarini  yaratish  kabi  umumiy  belgisi  muhim,  belgisidir. 

Tushuncha  narsalarning  muhim  belgilarini  aks  ettirib,  hissiy  bilish  shakllaridan  farq  qiladi. 

Shunday qilib, logika. buyumlarning tushunchalarda aks etgan muhim belgilarini o‘rganadi. 

Muhim  belgilarning  asosiy  xislati  uning  ob’ektivligidadir.  Demak,  muhim  va  nomuhim 

belgilar  o‘rtasidagi  tafovut  ham  ob’ektivdir.  Buyumlardagi  qator  belgilarni  ajratib  yaxlit 

ifodolovchi tushuncha buyumlar mohiyati haqidagi tushuncha bo‘ladi. Tushuncha fikr shakli, u 

moddiy borliq in’ikosidir. 

Tushuncha  voqelikni  ilmiy  bilishning  asosiy  shakllaridan  biridir.  Tafakkur  til  bilan 

qanday  bog‘langan  bo‘lsa,  tushuncha  ham,  so‘z  bilan  shunday  bog‘langan.  Tushunchaning 

moddiy asosi so‘zdir, so‘zdan ajralgan hech qanday tushuncha yo‘qdir. So‘zsiz tushuncha paydo 

bo‘lmaydi.  Har  bir  tushuncha  so‘z  orqali  ifodalanadi.  So‘z  tushunchaning  moddiy  qobig‘idir. 

Tushunchaning  tabiatini  bilish  so‘zlar  orqali  amalga  oshiriladi.  Demak,  tushuncha  so‘z  bilan 

uzviy bog‘liq, shu bilan birga, so‘z o‘z xususiyatlari bilan tushunchadan farq qiladi. Binobarin, 

tushuncha buyumning muhim belgilarini in’ikos ettirsa, so‘z buyum nomini ifodalaydi. In’ikos 

va nom bir hil ma’noni bildirmaydi. 

Tushunchani  vujudga  keltirish  uchun  narsalarning  muhim  belgilarini  ajratib  olish  zarur. 

Narsalarning muhim belgilari bevosita namoyon bo‘lishi ham bo‘lmasligi ham mumkin. Uning 

mohiyatini ochish muayyan mantiqiy usullar yordamida o‘zida   ifoda   etaolmaydi.    Shu   bois   

tushunchada   eng   asosiy   belgilargina jamlanadi. 

Tushunchani vujudga keltirishda inson muayyan mantiqiy amallardan foydalanadi. Ba’zi 

hollarda esa masalan, fan sohasida mazkur jarayon insonning ihtiyorida ham bo‘lishi, ya’ni inson 

erkin  tarzda  ba’zi  tushunchalarni  shakllantirishi  mumkin.  Insonning  faol  amaliyotida  ana  shu 

jihat  ko‘proq  zarurdir.  Bu  o‘rinda  u  turli  mantiqiy  amallardan  foydalanadi.    Bunday  mantiqiy 

amallarga qiyoslantirish, tahlil qilish, sintez (jamlashtirish), mavhumlashtirish va umumlashtirish 

kiradi. 

Masalan,  «Ona»  tushunchasining  kishi  ongida  qay  yo‘sinda  paydo  bo‘lishini  olib 

ko‘raylik.  Inson tug‘ilganda unda olam buyumlari to‘g‘risida bilim bo‘lmaydi.  U hali o‘zligini 

anglamagan holda yashaydi. Yosh go‘dak barcha ayollardagi mehribonlikni, muruvvatni kuzatib, 

o‘z  onasiga  nisbatan  yaqinlik  sezadi.  Mazkur  xususiyatlar  unga  haqiqiy  «ona»  tushunchasini 

shakllantirishga  yordam  beradi.  Mazkur  jarayon  mantiqiy  qiyoslash  deb  ataladi.  Ikkinchi 

mantiqiy  amal-tahlil  qilishdir.  Mazkur  amal  onalar  vazifasini  kuzatishga,  ya’ni  qay  «ona»  suti 

bilan mehribonlik ko‘rsatish, qay biri esa, sutsiz (opa, xola, ammalar) ekanligini ilg‘ab olishga 

qaratilgandir. 

Uchinchi  mantiqiy  amal  sintezdir.  Sintezda  go‘dak  o‘z  onasiga  xos  bo‘lgan  fazilatlarni 

mo‘shtarak shaklga keltiradi. Bu o‘rinda ham onaga xos xususiyat sut berib boqish, mehribonlik 

kabilar bir butun holda gavdalanadi. 

To‘rtinchi  mantiqiy  amal  -  mavhumlashtirishdir.  Mazkur  amalda  go‘dak  o‘z  onasi  va 

barcha  onalardan  uzoqlashadi.  Shu  tarzda  o‘z  onasining  mohiyatli  belgilariga  nisbatan  e’tibor 

paydo  bo‘la  boshlaydi.  Nihoyat,  beshinchi  mantiqiy  amal-  umumlashtirish  bo‘lib,  bunda 

mavhumlash natijasida paydo bo‘lgan barcha muhim jihatlar sut- bilan boqish, mehribonlik  va 




boshqalar  umumlashtirilib,  go‘dakda  ilk  marta  «ona»  tushunchasi,  «ona»  so‘zi  bab  baravar 

paydo bo‘ladi. Mazkur tushuncha go‘dakning balog‘ati davomida yangi- yangi mazmunlar bilan 

boyitib boriladi.  


Download 349,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish