Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Globallashuv
(lot. 
globus
shar, Yer sayyorasi) – XX asrning 
ikkinchi yarmi - XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan 
yangi umumsayyoraviy tartibotlar, davlatlar va kishilar o‘rtasida 
o‘zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miq-
yosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi 
integratsiyalashuv, atrof-muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, 
ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, axborot-
mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini 
ifoda etuvchi tushuncha. «Globallashuv» atamasi dastlab amerikalik 
olim T. Levittning 1983-yili «Garvard biznesrevyu» jurnalida chop 


126
etilgan maqolasida tilga olingan edi (u yirik transmilliy korpo-
ratsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining 
birlashuv jarayonini globallashuv deb atagan). 1985-yilda esa taniqli 
amerikalik olim R.Robertson 
«Globalization» 
iborasini ilmiy 
muomalaga kiritib, bu tushunchani «odamlar ongida sayyoramizning 
torayishi hamda dunyoning yaxlit tarzda anglanishi»ni aks ettirib, 
«dunyoning birlashuvi va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning 
kuchayishini» ifoda etadigan jarayon sifatida talqin etadi. Mazkur 
atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara hamon davom 
etayotgan hamda bu borada yagona umumiy qarash shakllanmagan, 
yaxlit konsepsiya yaratilmagan bo‘lsada, gumanitar ilmning turli 
sohalarida, chunonchi, ijtimoiy fanlarda ushbu jarayonning o‘ziga xos 
xususiyatlari, namoyon bo‘lish shakllari har tomonlama o‘rganil-
moqda. Jumladan, iqtisodiyot fanida diqqat-e’tibor asosan moliyaviy 
globallashuv, global transmilliy korporatsiyalarning (TMK) 
shakllanishi, iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, jahon miqyosida 
savdoning jadallashuvi kabi masalalarga qaratilgan. Tarixiy asarlarda 
esa globallashuv jarayoni insoniyatning ko‘p asrlik taraqqiyot 
bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Siyosatshunoslikda transmil-
liylashuv jarayonining tezlashuvi, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlikning kuchayishi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar 
ishtirokida yangi umumsayyoraviy tartibning shakllanishi tadqiq 
etilmoqda. Sotsiologiya sohasi mutaxassislari madaniyatning univer-
sallashuvi ta’sirida turli mamlakat va mintaqa xalqlari turmush 
tarzining yaqinlashuvi hamda birxillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni 
izlamoqda. Ba’zi faylasuflar XXI asrda dunyoda yagona axloq, umu-
miy ma’naviyat, global madaniyat qaror topishini bashorat 
qilmoqdalar. Boshqalari esa, Kantning yaxlit abadiy dunyo hamda 
umumdunyoviy hukumat haqidagi g‘oyasiga tayanib, turli millat va 
xalqlar qadriyatlarining uyg‘unlashuvini asoslashga intilmoqda. 
Keyingi-yillarda ilmiy adabiyotlarda turli fan yutuqlarini uyg‘unlash-
tirish asosida hamda insoniyatning birlashuvi, ijtimoiy voqelikning 
universallashuvi va kishilar dunyoqarashining kengayishi tendensiya-
lariga tayanib, globallashuv jarayonining umumiy nazariyasini 
yaratish borasida intilishlar ko‘zga tashlanmoqda. Shu bilan 
birgalikda, globallashuv jarayonining turli davlatlar va xalqlarning 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga salbiy 


127
ta’sirini ilmiy tadqiq etishga e’tibor kuchayib bormoqda. 
Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida 
globallashuv mazmun-mohiyati quyidagicha tavsiflanadi: «...global-
lashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-
falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatishini 
ta’kidlash lozim

Umumiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu jarayon 
mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, 
tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, 
mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi 
muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda».
1
«Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani 
singari», globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi 
paytda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha 
sohalarda ko‘rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar 
o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy 
investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati 
uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining 
yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari-
ning, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarniig 
umuminsoniy negizda uyg‘unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning 
yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam 
ko‘rsatish imkoniyatlarining ortishi - tabiiyki, bularning barchasiga 
globallashuv tufayli erishilmoqda».
2
Mazkur xulosaga tayangan holda globallashuv jarayonining 
quyidagi umumiy jihatlariga e’tibor qaratish mumkin:
a) globallashuv insoniyat tamadduni rivojining ichki 
ehtiyojlarini ifoda etadigan obyektiv, tabiiy-tarixiy jarayon;
b) globallashuv - ijtimoiy aloqalarning kengayishi va murakkab-
lashuvi oqibatida sayyoramiz miqyosida iqtisodiyot, texnika va 
texnologiya, axborot-kommunikatsiya, siyosat, huquq, boshqaruv va 
boshqa sohalardagi integratsiyalashuv jarayonlarining kuchayishi 
oqibatida vujudga kelgan, o‘ziga 
xos 
tuzilma va institutlarga tayangan 
holda faoliyat yuritadigan murakkab tizim;
d) globallashuv jarayonining tobora keng ko‘lamda namoyon 
bo‘lishi jamiyat hayoti, kishilar turmush tarzi va mentalitetiga (yangi 
1
Каримов
И
.
А

Юксак
маънавият

енгилмас
куч

Т
.: «
Маънавият
», 111-
бет

2
Ўша
асар
, 111-112 
бетлар



128
ehtiyojlarning, kommunikatsiya shart-sharoitlari va shakllari, qadri-
yatlarning paydo bo‘lishi, ommaviy madaniyat namunalarini sing-
dirish
 
orqali

jiddiy ta’sir
 
ko‘rsatadi;
e) globallashuvning zamonaviy tadrijiy rivojining yuqori bos-
qichi sifatida madaniyat bilan o‘ziga xos munosabatlar tizimi shakl-
lanib bormoqda (bir tomondan, madaniy faoliyatning yangi shakl va 
usullari, uning botiniy mohiyatida tub o‘zgarishlar ro‘y bersa, ikkin-
chi tomondan, madaniyatning globallashuv jarayoniga ta’siri kucha-
yadi).
Hozirgi davrda O‘zbekistonda, bir tomondan, globallashuv 
jarayonining afzalliklaridan (jumladan, iqtisodiyotning barcha 
sohalarini zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida jihozlash
investitsiyalarni keng jalb etish, jahon bozoriga integratsiyalashuv)
oqilona foydalanish, ikkinchi tomondan, uning salbiy ta’sirini 
(dunyoning yetakchi davlatlari va transmilliy korporatsiyalarning 
tabiiy zaxiralarga egalik qilishga intilishi, demokratiyani siljitish 
strategiyasining amalga
 
oshirilishi, ommaviy madaniyat namunala-
rining keng tarqalishi, terrorizm va ekstremizmning global tus olishi) 
bartaraf etish borasida pishiq-puxta o‘ylangan izchil siyosat olib 
borilmoqda. Islom Karimov ta’kidlaganidek,
 
«...hozirgi sharoitda u 
mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning
nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har 
xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayot-
ganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi 
muqarrar».
1
Shu bois globallashuv jarayonining ijobiy jihatlarini 
e’tiborga olgan holda uning g‘oyaviy-mafkuraviy ta’siridan ogoh 
bo‘lish, ayniqsa, yoshlarimizni bunday xurujlardan asrab-avaylash 
g‘oyasi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish