Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Bozor iqtisodiyoti sharoitida millatlararo madaniy-ma’naviy



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
5.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida millatlararo madaniy-ma’naviy 
munosabatlarning kengayishi va chuqurlashuvi 
Iqtisodiyotning ma’naviy qirralari – iqtisodiy munosabatlar jara-
yonida shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlarni hisobga olish, 
halollik, poklik, bag‘rikenglik, ishonchlilik kabi fazilatlarning amal 
qilishini anglatadigan tushuncha. Iqtisodiyotning o‘ziga xos obyektiv 
qonun-qoidalari, sir-asrorlari borki, ular bilan hisoblashmaslik 
1
Каримов
И
.
А

Юксак
маънавият
– 
енгилмас
куч

Т
.: «
Маънавият
», 2008. 113 
бет



129
mumkin emas. Ularni mensimaslik nafaqat iqtisodiy salohiyatning 
yetishmasligi, balki ma’naviy qashshoqlik belgisi hisoblanadi. 
Iqtisodiy munosabatlarda ma’naviy masalalar, xususan, insoniylik 
talablari va me’yorlari yetarlicha hisobga olinmasa, texnokratik 
qarashlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarishning o‘sishi, iqtisodiy 
rivojlanish bo‘lishiga qaramay, jamiyatda axloqiy munosabatlar 
tanazzulga uchraydi, o‘zaro ishonchsizlik kuchayadi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida ko‘p millatli davlatlar 
uchun milliy siyosatni to‘g‘ri, aniq ko‘zlangan maqsad asosida olib 
borish juda muhim. Bu esa taraqqiyotning jadallashuviga yordam 
beradi. Millatlar va ular madaniyatining bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi 
ko‘p millatli davlatlarda yashayotgan xalqlarning ma’naviy-axloqiy
boyishi uchun yaxshi manba bo‘lib xizmat qilib kelgan. 
Millatlararo totuvlik – millatlararo ahillik, xalqaro do‘stlik; 
milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri: muayyan 
hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, 
hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Yer yuzidagi 
1600 dan ortiq millatdan 200 ga yaqini o‘z davlatchiligiga ega, xolos. 
Bunday sharoitda butun dunyoda millatlararo totuvlikni ta’minlash 
uchun ularning manfaatlari, ruhiyati, intilishlarini muntazam o‘rganib 
borish, siyosiy-ijtimoiy hayotda buni doimo e’tiborga olish zarur. 
Jahon tajribasi millatlararo totuvlikni ta’minlashga biryoqlama, 
yuzaki yondashuv jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini 
ko‘rsatadi. Xususan, davlatga o‘z nomini bergan millat bilan o‘sha 
joyda yashaydigan boshqa millatlar o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy 
e’tiborni talab qiladi. Aks holda, jamiyat hayotidagi tinchlik va 
barqarorlik izdan chiqishi mumkin. 
Bu masala bizning mamlakatimiz uchun ham juda muhim. 
O‘zbekiston hududida qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari 
bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular o‘rtasida asrlar davomida 
milliy nizolar bo‘lmagani xalqimizning azaldan bag‘rikengligini 
ko‘rsatadi. Millatlararo munosabatlarda uyg‘unlik vujudga kelgan 
mamlakatlarda ko‘p millatlilik jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivoj-
lanishiga samarali ta’sir etadi. Millatlararo totuvlik g‘oyasi umum-
bashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan 
mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi 
tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi 


130
kunda yer yuzida 7 milliarddan ortiq aholi mavjud. O‘zbekiston 
hududida esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda. Har 
bir millat yaratganning mo‘jizasi bo‘lib, o‘z tili, dini, maslagi, 
qadriyatlari, an’analariga ega. Shu bois mazkur ma’naviy omillarning 
amal qilishi millatlararo totuvlik shartlaridan sanaladi. Zero, 
millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, 
butun jahondagi vaziyat va imkoniyatlar bilan ham bog‘liqdir. Butun 
dunyoda, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlarda yonma-yon 
yashayotgan etnoslar o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, 
hamkorlik, hamjihatlik, teng huquqli munosabat bo‘lmasa, ulardan 
hech biri o‘zining porloq istiqbolini ta’minlay olmaydi. 
Shu bilan birga bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng 
qondirish, ular rivojini ta’minlash juda murakkab masala ekanini ham 
anglamog‘imiz darkor. Millatlararo totuvlik g‘oyasi ana shu masalani 
to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Bu g‘oya-bir jamiyatda yashab, 
yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga 
mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning 
ma’naviy asosidir. Bu g‘oya – har bir millat vakilining iste’dodi va 
salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni 
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar 
sari safarbar etadi. Mamlakatimizda ushbu g‘oyani amalga oshirishga 
katta e’tibor berilmoqda. 
Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, 
oliyjanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqi-
mizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar 
avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 8-moddasida «O‘zbekiston xalqini millatidan 
qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», 
deb aniq belgilab qo‘yilgan. «O‘zbekiston xalqi» tushunchasi 
mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan 
turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, 
do‘stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Yurtimizda bugungi kunda 130 dan ortiq milliy-madaniy markazlar 
ishlab turibdi. Ularning turli yo‘nalishdagi faoliyati, birinchidan, o‘z 
vakillarini milliy tarix, urf-odat va an’analardan xabardor qilishga, 
ikkinchidan, xalqning o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir etib, millatlararo 
totuvlikni mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. 


131

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish