5.3. Umuminsoniy ma’naviyat va uning zaminlari
Umuminsoniy ma’naviyat har bir inson, jamiyat va barcha toi-
fadagi kishilar uchun eng oliy qadriyat sifatida e’zozlanadigan va
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy hodisalar, madaniy
boyliklar, adabiyot, fan, san’at yutuqlari, din, siyosat, huquq sohasi-
dagi natijalarni anglashdagi tushuncha. Umuminsoniy ma’naviyatning
mazmun-mohiyati Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat
– yengilmas kuch» asarida alohida o‘rin egallagan.
Ma’naviy mazmun kasb etadigan narsa va hodisalarga nisbatan
ishlatiladigan umuminsoniy ma’naviyat har qanday xalq, jamiyat va
davlat hayot tarzining asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. «Umumin-
soniy ma’naviyat» tushunchasida ma’naviyatni tirik tabiatning bir
qismi bo‘lgan odamzotning hayoti va kamoloti hamda tarixiy, siyosiy
va boshqa birliklar (ijtimoiy subyektlar) uchun ahamiyati ham o‘z
123
aksini topadi. Umuminsoniy ma’naviyatning namoyon bo‘lish
shakllari orasida o‘z ahamiyatini ijobiylik hamda foydalilik
xususiyatlarini doimo saqlab keladiganlari ham bor, ularga inson
vujudining tirikligi, uning ijtimoiyligi, inson umri va hayoti, sihat-
salomatligi, ijtimoiy faoliyati va munosabatlar, mehnati, bilimi,
muomalasi va shu kabilar kiradi. Ular inson va jamiyat bor ekan,
o‘zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qoladi, ularga qarama-qarshi
bo‘lgan o‘lim, kasallik, ma’nosiz hayot kechirish, bilimsizlik va
boshqalar ham tarixiy jarayonlarning doimiy hamrohidir.
Umuminsoniy ma’naviyatning eng oliy shakllariga ma’naviy
ideal sifatida qaraldi. Jamiyat tarixining hamma davrlarida odamlar
ana shu ideallarga intilib, ularga erishishni orzu qilib yashaydilar,
kundalik hayotda va ilmiy adabiyotda eng oliy ideallar bir qator ibora
va tushunchalar orqali ifodalanadi. Masalan:
·
Ma’naviy va axloqiy poklikning umumiy belgisi – yaxshilik.
·
Nafosat belgisi – go‘zallik.
·
Bilimlarimiz va fan yutuqlarining amaliyotga mosligi –
haqiqat.
·
Inson huquqlarining oliy ifodasi – erkinlik va tenglik.
·
Siyosatning to‘g‘riligi – adolat.
·
Odamlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar – do‘stlik.
·
Eng hokisor va beg‘araz tuyg‘ular asosidagi qalblarning
mushtarakligi – muhabbat.
·
Orzu-umidlarga erishish – baxt-saodat.
·
O‘z yurtini sevish va ardoqlash-vatanparvarlik va shu kabi-
lardir.
Voqelikda ushbu ideallar bilan birga, yomonlik, xunuklik,
yolg‘on, erksizlik, tengsizlik, adolatsizlik, dushmanlik, nafrat, xiyonat
kabilar ham muayyan tarzda namoyon bo‘ladi. Tarixiy taraqqiyot
jarayonida umuminsoniy ma’naviyatni barqarorlashtirish yo‘llari va
usullarining bu boradagi maqsadlar bilan uyg‘unlashtirilishi ijtimoiy-
siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirish davrida nihoyatda qat’iy
ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda uch asosiy jihatga e’tibor berish
lozim.
1.
Kishilarning umuminsoniy ma’naviy va ularga erishish yo‘l-
lari haqidagi qarashlarida o‘tmish avlodlardan meros qolgan orzu-
124
umidlar, tasavvurlarning ham ahamiyati beqiyosdir. Zero, har bir
avlod umuminsoniy ma’naviyatni barqarorlashtirish va oliy
maqsadlarga erishish borasida o‘tmish avlodlarning tasavvur va
xulosalarini meros qilib oladi, o‘z faoliyati, zamonasidagi o‘zgarish
va jarayonlarga ham ana shunday nuqtayi nazardan yondashadi.
2.
Har bir avlodning o‘tmishdoshlaridan meros bo‘lib kelgan
umuminsoniy ma’naviyat to‘g‘risidagi tasavvur va orzu-umidlardan
tashqari, o‘zi to‘plagan tajriba, ana shu tajriba asosida vujudga
kelgan qarashlar ham bor. Demak, har qanday davrda ma’naviy
idealga erishish yo‘lida harakatlar boshlanganda, ularni amalga
oshirishning reja va dasturlari tuzilayotganda, kishilarning ruhiy-
ma’naviy tayyorgarligi bu boradagi maqsad, qiziqish, ehtiyoj va
talablarini hisobga olish zarur.
3.
Umuminsoniy ma’naviyat to‘g‘risidagi tasavvurlar ehtiyojlar,
intilishlar asosida vujudga kelgan turli reja va dasturlarda ko‘proq bu
boradagi faoliyatning nazariy, umumiy jihatlariga e’tibor beriladi. Bu
hol ayniqsa, jamiyat taraqqiyotida tub burilish va chuqur o‘zgarishlar
yuz berayotgan davrda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ammo bu boradagi rejalardan amaliyotga o‘tilganda, tajribada
maqsadlarga erishish uchun bevosita harakat boshlanganda kutilma-
gan holatlar yuzaga chiqa boshlaydi. Bular esa o‘z navbatida, bosh
maqsadga erishish borasidagi kundalik faoliyatda turli xil yo‘llar,
usullardan foydalanishni talab qiladi. Umuminsoniy ma’naviyatning
ba’zi shakllari bilan bog‘liq yana bir masala bor: ularning hayotda
qaror topishi muayyan to‘siq va qiyinchiliklar orqali kechadi.
Natijada, ideal mutlaq to‘la-to‘kis amalga oshmaydi, uning ba’zi bir
jihatlari hayotga tatbiq etiladi, boshqalari esa kelajak avlodlarga
meros bo‘lib qoladi. Odamzod esa idealsiz, unga intilmasdan,
kelajakka umid ko‘zlarini tikmasdan yashay olmaydi.
Inson hayotda faqat ideallar, ularga erishish to‘g‘risidagi orzular
bilan qanoatlanib qolmaydi. U o‘z ideallariga erishish, ularni barqa-
ror qilish yo‘lida boshqa ehtiyoj, talab va qiziqishlarini qondirishi,
o‘zga kishilar bilan munosabatda bo‘lishi, jamiyat talablarini
bajarilishi, o‘z burchini ado etish va boshqa sohalarda faoliyat
yuritishi lozim. Shu ma’noda kishilar doimo idealga intilib, real
hayotdagi vazifalarni bajarib, orzu-umidlar bilan real voqelik orasida
umr o‘tkazadilar. Ideallarga intilish orzusi bilan real hayotda yashash
125
zarurati o‘rtasidagi muayyan ziddiyat odamzotni yashashga unday-
digan, umrining eng qiyin, murakkab davrlarda ham umid uchqunlari
saqlanib qolishi uchun asos bo‘ladigan umrguzaronlikning asosiy ta-
mal toshi, inson hayotining mazmuni, ma’nosi va qadrini belgi-
laydigan obyektiv jarayondir.
Umuminsoniy ma’naviyat omilkor faoliyatga chorlovchi opti-
mistik g‘oyalar, shiorlar rolini o‘ynashi ham mumkin. Bunday holda
ular kishini amaliy ishlar qilishga undaydigan, uning faoliyatiga
ma’no va mazmun bag‘ishlaydigan, maqsadini aniqlash imkonini
beradigan, biror jarayonga, jamiyatda amalga oshirilayotgan vazifa-
larga nisbatan shaxs yoki ijtimoiy subyektlarning qanday muno-
sabatda bo‘layotganini oydinlashtirish imkonini beradigan ma’naviy
mezonga aylanadi.
Insonning yashash joyi, o‘tmish avlodlarining hoki yashiringan
zamin, o‘zi tug‘ilgan yurt bilan bog‘liq umuminsoniyatga xos bokira
tuyg‘ulari bor. Bu tuyg‘ular tug‘ilgan uyidan, mahalla, qishloq, shahar
ko‘chasida tarbiyalana boshlaydi, kishi mansub bo‘lgan tarixiy birlik,
uning o‘tmishi bilan bog‘langan ijtimoiy hududga nisbatan
munosabatda namoyon bo‘ladi. Har bir kishi Yer sayyorasining
farzandi ekanligini, o‘zi uchun suyukli hudud, sayyoraning tarkibiy
qismi bo‘lgan Vatanning talabiga mos keladigan inson bo‘lishiga
intiladi. Sayyoramiz kishilariga xos umuminsoniy ma’naviyatning
shakllanishi va takomillashuvi uchun Yer yuzida tiriklikning vujudga
kelishi, rivojlanishi, odam zotining ongli faoliyati, mehnati,
madaniyat va ma’naviy kamolotga erishish bosqichlari, tabiat va
jamiyatda amalga oshirilgan ishlari bilan bog‘liq jarayonlarni
ifodalaydigan tarix ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |