Globallashuv jarayonining ma'nаviyatga ta'siri



Download 130,74 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi130,74 Kb.
#889518
Bog'liq
Globallashuv jarayonining ma\'nаviyatga ta\'siri


Globallashuv jarayonining ma'nаviyatga ta'siri

Hozirgi kunda globallashuv hamda bu jarayon xususida ko'plab ta'rif berilmoqda. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo'lgan o'zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983-yildagi "Garvard biznes revyu" jurnalida e'lon qilingan maqolasida qo'llanilgan edi.
Aslida, globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli darajada va ko'rinishlarda mavjud bo'lgan va hozirgi davrimizga kelib bu jarayonning avj olishi ro'y bermoqda. Buning ayrim jihatlari mamlakatimiz uchun ijobiy bo'lsa, ayrimlari salbiy ta'sir etadi. Bu ayniqsa, ma'naviyatga yetarlicha zarar keltiradi.
Albatta, bu jarayonlardan ko'z yumib bo'lmaydi. Muammoning qay darajadaligidan qat'iy nazar uning oldini olish, bunga qarshi kurashish choralarini izlash bizning oldimizda turgan vazifadir.
Shu xususda Yurtboshimiz shunday fikr bildirgan: «Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki, ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda»
Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bo'lsa, yovuzlikni maqsad qilgan taraqqiyot mahsuli esa buning tamomila aksidir.
Globallashuv jarayonida tahdidlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, u barcha sohalarda bo'lgani kabi ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda.
Avvalo, globallashuv – bu ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayondir. Shuningdek, xalqlarning madaniyatiga kuchli ta'sir etuvchi hodisa sifatida o'rganiladi. U dunyoda iqtisodiy integratsiyaning ijobiy omili va milliy iqtisodiyotning natijali o'zgarishga ko'makchi sifatida qabul qilingan.
Ammo, dunyoda axborot alma­shi­nuvining o'sishi bilan u madaniyat, ilm-fan sohasiga ham kirib keldi. Natijada millat madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ongini individualizm, egotsentrizm g'oyalari bilan zaharlovchi ushbu ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishimiz zarur. Bebaho boyligimiz milliy ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirgan holda ma'naviy tahdidlarni oldini olishga erishishimiz mumkin. Ma'naviyat haqida gap ketganda, shuni alohida ta'kidlash lozimki, u eng avvalo, millatni, milliy madaniyatni, milliy turmush tarzini muhofaza qiladi. Shunday ekan globallashuv jarayonida mamlakat milliy madaniyatiga rahna soluvchi ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarni oldini olishda insonlarni yuksak ma'naviyatli bo'lishi muhim omil hisoblanadi. Buning uchun jamiyatda ma'naviy-mafkuraviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Ya'ni, birinchidan, mamlakat kelajagi bo'lmish yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish; ikkinchidan, manaviy tahdidlarni aynan nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab yetish; uchinchidan, atrofimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo'lmasdan, dahldorlik hissini oshirish.
Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan "ommaviy madaniyat" niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash lozim. Bunda:
– ularda, turli xildagi ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish;
– yoshlarni ma'naviy merosimiz namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;
– yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter o'yinlarining inson sog'ligi, ma'naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim.
S hundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni har qanday yovuz kuchlar va ma'naviy tahdidlar to'fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat, vatanga muhabbat tuyg`ularini shakllantira olamiz.

O‘zbekiston Respublikasi turli millat va diniy e’tiqodga mansub fuqarolar bir oila kabi inoqlikda yashab kelayotgan, dini, irqi va millatidan qat’i nazar, inson sharaflanadigan bag‘’rikeng mamlakatdir. Xalqimizning butun tarixi davomida hech qanday diniy nizo, odamlarni millati va diniy mansubligiga qarab ayirish hollari bo‘lmagan. Etnik, madaniy xayrixohlik, ochiq ko‘ngillik o‘zbek xalqining o‘ziga xos tug‘ma fazilatlaridan biriga aylangan.


Biroq mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiy etib borayotganini, mavjud barqaror tinchlikni, o‘zbek xalqining osoyishta turush kechirayotganini ko‘rolmayotgan yovuz kuchlar borligidan ham ko‘z yumolmaymiz. Bunday kimsalar turli yo‘llar bilan xalqlar orasiga rahna solishga, o‘z mafkurasi va g‘oyasini fuqarolarimizga, ayniqsa voyaga yetayotgan o‘smirlar va yoshlar ongiga singdirishga harakat qilishmoqda. Missionerlik ma’naviyatimizga, milliy mentalitetimizga tahdid solayotgan harakatlardan biridir.
Ma’lumki, yigirmanchi asr oxirlarida sobiq ittifoqning parchalanib ketishi bu tuzumni abadiy deb bilgan toifadagi odamlarni sarosimaga solib qo‘ydi. SHu bois, ba’zi kishilar ongida mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu hol buzg‘inchi oqimlar, jumladan missionerlar uchun ayni kutilgan hol edi. «Missionerlik» so‘zi aslida lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish» ma’nolarini anglatadi. «Missioner» esa «vazifa bajaruvchi» degan ma’noni bildiradi. Qomusiy manbalar ta’rifiga ko‘ra, missionerlik bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatdir. Ya’ni biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishdir.
Hozirda missionerlik nafaqat diniy ulamolarni, balki keng jamoatchilikni tashvishga solmoqda. CHunki missionerlik harakati ostida uzoqni ko‘zlagan siyosiy maqsadlar yotadi. Bu harakat ortidagi shaxslar shunday uzoqni ko‘zlagan yo‘llar bilan o‘z ta’sir doiralarini kengaytirish, o‘zga davlatning yer osti va yer usti boyliklari ustidan nazorat o‘rnatishga urinmoqda. SHuning uchun missionerlarni ham moddiy, ham ma’naviy qo‘llab-quvvatlab turgan yirik markazlar mavjud. Demakki, missionerlik harakatlari mustamlakachilik, biror xalqni tobe qilib olish, boylik orttirish, terrorchilik va boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab amalga oshiriladi.
Missionerlar turli mintaqalarga ilmiy va tibbiy xodim, turli kasb-hunar mutaxassislari qiyofasida maxsus topshiriqlar bilan kirib borishadi. So‘ngra yerli aholini har xil yo‘llar bilan o‘zlariga og‘dira boshlashadi. Masalan, bepul tibbiy yordam ko‘rsatishadi, tungi klublarda turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazib, yoshlarni jalb qilishadi. Bepul kitoblar, bukletlar va audio-video disklar tarqatiladi. Hatto o‘zlarini mehribon ko‘rsatishib, ma’lum miqdorda pul ham berishadi va ularni cherkovlarga taklif etishadi. Bolalarni yozda dam olish oromgohlariga bepul qabul qilib, shu vositalar bilan ularning ongini zaharlashadi. Bu yo‘lda missionerlar tuzog‘iga, birinchi navbatda, diniy e’tiqodi sust, yengil-elpi hayot kechirishga intiladigan, vaqtincha ishsiz fuqarolar hamda kam ta’minlangan va ota yoki onasi yo‘q oilalar farzandlari ilinadi.
Har bir toifadagi insonlar uchun alohida dasturlar ishlab chiqilib, shu dasturlar asosida faoliyat olib borilishi missionerlarga qo‘l kelmoqda. Missionerlar tuzog‘iga ilinib, o‘zini, oilasi a’zolarini, qolaversa, mahalla-ko‘yini qiyin ahvolga solib qo‘ygan kimsalar haqida ko‘plab hayotiy misollar keltirish mumkin. Ayniqsa, bunday ayanchli voqealar missionerlar ta’sirida o‘zga dinni qabul qilgan shaxslar vafot etganda sodir bo‘layotgani bor haqiqat.
SHunday ekan, ota-onalar, ustozlar, ziyoli yurtdoshlarimiz, din ulamolari, mahallalar faollari, mehnat faxriylari, ko‘pni ko‘rgan, hayotiy tajribaga ega ishchi-xizmatchilar — hamma-hamma doimo ogoh bo‘lib, xalqimizni, farzandlarimizni ma’naviy tahdidlardan asrashimiz lozim. Muqaddas dinimiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizning haqiqiy mohiyatini hayotiy, ta’sirchan misollar asosida keng xalq ommasiga muntazam yetkazishni davrning o‘zi talib qilmoqda.
Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarimizda milliy ma’naviy tuyg‘ularni tarbiyalash va ularni turli zararli oqimlardan asrash davlatimiz rahbari Islom Karimov yuritayotgan siyosatning muhim yo‘nalishlaridandir.
Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida yosh avlodni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish, ularning qalbi va ongida mafkura immunitetini kuchaytirish zarurligi alohida qayd etilgan. Mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, iste’dodini namoyon etishi, Vataniga xizmat qilishi borasida yaratilgan barcha shart-sharoitlar ana shu ezgu maqsadni amalga oshirishga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamkorligida tashkil etilgan “Ma’naviy jasorat – eng buyuk jasorat” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ana shular haqida so‘z bordi.Harbiy oliy ta’lim muassasalari kursantlari, ofitserlar va askarlar ishtirok etgan tadbir harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ruhiy, siyosiy tayyorgarligini oshirish, yurtimiz mustaqilligi va xavfsizligini mustahkamlashda ularning ijtimoiy-siyosiy sohadagi bilimini, ayniqsa, ma’naviyatini boyitish masalalariga bag‘ishlandi. Ma’naviy tahdidlar, mamlakatimiz tinchligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan g‘oyalar va oqimlar haqida ma’lumotlar berildi. Yoshlar mamlakatimiz sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bilan birga, xalqimizning, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy olamini axborot xurujlaridan saqlash haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
O’zbеk xalqi o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan buyon yoshlarimiz va bolalarimiz ma'naviy-aqloqiy tarbiyasi tizimida Vatan tuyqusi, vatanga e'tiqod, vatanparvarlik, insonparvarlik va milliy-ma'naviy qadryatlarni shakllantirish, ularni o’z xalqi va vatanining sodiq farzandlari qilib tarbiyalash hayotimiz ma'naviyati va mazmuniga aylanmoqda.
Bugungu kunga kеlib yoshlar ma’naviyatini shakllanishida milliy–ma’naviy qadryatlarning aqamiyatini oshirish, ularni milliy an'analarga sodiq ruhda tarbiyalash, ularni barkamol shaxs etib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Zеro yurtboshimiz ta'kidlaganidеk:«O’zbеkistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an'analarini qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va dеmokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir»1.Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy havfsizlik, mintaqaviy havfsizlik va xalqaro havfsizlik va ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e’tibor ortib bormoqda bugungi dunyoning axborot havfsizlik holati “Havfsizlikka bo‘lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy-mintaqaviy xalqaro havfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undalmoqda”.
Axborot globallashuvi va yoshlar ma’naviyati har qanday axborot oqimining yoshlar ma’naviyatiga ta’siri xususidagi masalalar zamirida jamiyatimizning davlatimizning milliy havfsizligi nazarda tutiladi.Bugungi yoshlarimizning aksariyati asosiy axborot manbai sifatida internetga murojaat qilmoqda lekin ularda axborot immuniteti shakllanmaganligi bois “internet orqali ma’naviyatga salbiy tasr vujudga kelishi mumkin”.
Ularning ma’naviyatiga ijobiy ta’siri esa zehni o‘tkir dunyo bilimlarini egallagan bo‘lishi, vatan manfaati yo‘lida hizmat qilishlariga begona g‘oyalarga berilmasligiga undaydi. Ularni eng avvalo vatanga etiqodli, urf-odat qadiryatlarimizga sadoqatli bo‘lishi istalgan buzg‘unchi axborotlarga nisbatan o‘z axboroti shakllanadi.Butun jahonda bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot ilm-fandagi yangiliklar ixtirolar bularning hammasi ommaviy axborot vositalari orqali namoyon bo‘lmoqda.Globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab kundan – kunga oshib bormoqda demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari tele-radio kanallar muhim ahamiyatni kasb etadi.
Globallashuv jarayoni qonuniy jarayon bo‘lib, o‘ziga xos hususiyatlarga ega ulardan biri davlatlarni xalqaro maydoga erkin chiqishi, ular bilan yaqindan hamkorlik olib borish hamda o‘z milliy manfaatlarini turli xil xalqaro tashkilotlar doirasida taminlashga keng imkoniyatlarini ochib beradi.
Globallashuv jarayonining o‘ziga xos ijobiy tomonlari bilan yonma-yon salbiy jihatlari mavjud har bir davlatdagi xoh ijobiy xoh solbiy voqea xodisalar dunyoning boshqa bir mintaqasida juda tez tarqalib o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda buning oqibatida mintaqa havfsizligi va barqarorligiga jiddiy taxdidlar vujudga kelmoqda bu holat esa milliy va mintaqaviy havfsizlikni ta’minlashda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
“Aslida hayotning o‘zi turli-tuman g‘oyalar kurashidan bahsu-munozaralardan iborat taraqqiyotining ma’no-mazmuni kerak bo‘lsa falsafasi ham shunda ammo har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishida, Ogoh va sergak bo‘lishdadir”.2 degan edi. Prezidentimiz I.A. Karimov.
Inson omili nuqtai nazaridan o‘rganadigan bo‘lsak, mafkuraviy immunitet – har qanday axborot ta’sriga tushub qolmaslik avvalo o‘ziga o‘sha inson ong-u tafakkuri idroki o‘tkirligiga, chuqur mushohada qilish qobiliyatiga bog‘liq.
Umuminsoniy ma’naviyat turli – tuman millatlarning o‘ziga xos boshqa millatlar uchun ham ma’naviy ozuqa bera oladigan qirralarini o‘zida mujassamlashtirganligi bois, tabiiyki keng yoyilib boradi hamda jahonda yashayotgan turli millatlarning ma’naviyati rivojlanishiga yordam beradi.
Uning zamirida zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘zga millat va ellatlar ongi, qalbini egallash maqsadi turmaydi, balki ma’naviy tenglik,samimiylik, o‘zaro do‘stlik, qardoshlik va bir-birini ulug‘lash kabi umuminsoniy qadryatlar turadi. Shuning uchun ham turli millatlar qadryatini boyitib boradi. Ularni yaqinlashtiradi va ma’naviyatini yuksalishiga yordam beradi. Yoshlar ma’naviyati uni milliy qadriyatlari asosida shakllantirish kun tartibidagi dolzarb vaziatlaridandir. Shakllanish jarayoni o‘ziga xos to‘siqlar (ichki va tashqi)dan o‘tib amalga oshiriladi.
Shuning bilan birga umuminsoniy ma’naviyatning shakllantirish jarayonining o‘zi ham milliy ma’naviyatlar rivojlanishiga yordam beradi. Chunki bu jarayonda turli millat va elatlar teng huquq imkoniyatga ega bo‘lib, ularning har biri o‘z ma’naviyatining boshqalar uchun ham zavq – shavq va ilhom bera oladigan jihatlarini rivojlantirishga harakat qiladi hamda uni ommaviylashtirishda o‘zi faol ishtirok etadi. Uning zaminida zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘zga millat va elatlar ongi, qalbini egallash maqsadi turmaydi, balki ma’naviy tenglik, samimiylik, o‘zaro do‘stlik, qardoshlik va bir-birini ulug‘lash kabi umuminsoniy qadriyatlar turadi. Shuning uchun ham turli millatlarni o‘zaro boyitib boradi, ularni yaqinlashtiradi va ma’naviyatlarning yuksalishiga yordam beradi.
Axborot globallashuvi va yoshlar ma’naviyati, har qanday axborot oqimining yoshlar ma’naviyatiga ta’siri xususida so‘z yuritganimizda avvalo bu masala zamirida jamiyatimizning, davlatimizning milliy xavfsizligi yotganini nazarda tutishimiz lozim. Zero bu mavzuda so‘z yuritar ekanmiz avvalo ikki masala mavzuning dolzarb nuqtasiga aylanadi: birinchisi axborot oqimi-mafkuraviy tahdid; ikkinchisi – yoshlar ma’naviyati, ya’ni turli xildagi axborotlarga nisbatan yoshlarimizda shakllangan immunitet masalalaridir.
Gap shundaki, axborot oqimi o‘z mohiyatiga ko‘ra ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning qanchalik yoshlarimizga ta’sir qilishi uning oldiga qo‘yilgan maqsad sari puxta yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Tabiiyki, axborot oqimining salbiy ta’siri esa ularda shakllangan mafkuraviy himoya tizimining mukammalligi omiliga bog‘liq.O‘tish davrida axborot mafkuraviy idrok etish bilan bog‘liq vaziyatning murakkabligi, ya’ni davlat, jamiyat va shaxsda mafkuraviy raqobat borasida yetarlicha demokratik tajriba yo‘qligida hamdir. Ommaviy axborot vositalari tinglovchilarining ko‘pchiligi siyosiy mavzudagi har qanday axborotni rasmiy axborot sifatida qabul qiladi. Axborotlar xarakteri va tartibi siyosiy osoyishtalik va barqarorlikning o‘ziga xos barometri bo‘lib xizmat qiladi. Agar fikrlar xilma-xilligi holati namoyon bo‘lsa, beqarorlik ko‘rsatkichi, siyosiy munosabatlar tizimida muammoli vaziyat yetilib kelayotganining o‘ziga xos alomati sifatida talqin qilinadi. Ikkinchi masalada avvalo, yoshlarimizning mafkuraviy immuniteti bugungi kunda qanday shakllangan degan savol paydo bo‘ladi. Masalani inson omili nuqtai nazaridan o‘rganadigan bo‘lsak, mafkuraviy immunitet – har qanday axborot ta’siriga tushib qolmaslik, avvalo, o‘sha inson ongu-tafakkuri, idroki nechog‘lik o‘tkirligiga, chuqur mushohada qilish qobiliyatiga bog‘liq.
To‘g‘ri, avvalo hammada ham bunday qobiliyatlar birdek rivojlangan emas. Ammo, bu qobiliyatlarni shakllantirish, idrok ko‘nikmalarini hosil qilish, inson tug‘ilganidan to shaxs sifatida shakllanguniga qadar davom etadi. Xususan, bunda ma’lum bir yoshning ko‘p kitob o‘qishi, o‘z mamlakati tarixini o‘rganishi, urf-odatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiya topishi, bir so‘z bilan aytganda, unda milliy e’tiqod – milliy faxr shakllanishi muhim o‘rin tutadi. O‘z millati qadriyatlarini qadrlagan, o‘z tarixini bilgan, Vatanga e’tiqodi shakllangan yoshlarning axborot oqimlarining ta’siriga tushib qolish ehtimoli kam. Chunki bunday yoshlarda o‘ziga xos psixologiya va masalaga o‘ziga xos yondashuv paydo bo‘lgan bo‘ladi. U har qanday axborot zamirida ma’lum bir maqsadni o‘rgana boshlaydi.
Sobiq ittifoq davrida chetdan kirib kelayotgan axborot oqimi qattiq nazorat qilingan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, axborot oqimiga keng yo‘l ochildi. Tabiiyki, hali axborotga “och bo‘lgan” aholi kirib kelayotgan axborotni saralamay turib, “iste’mol” qila boshlaydi. Ular hali yaxshi va yomon, kerakli va keraksiz axborotning farqiga bormasdilar, bir so‘z bilan aytganda, aholida xolis axborot oqimidan noxolisini ajratib olish uchun idrok shakllanib ulgurmagan edi. Shuning asorati hozirgi kunda, ayniqsa, sezilmoqda. Bu ba’zan yoshlarimizda har qanday axborotni mutloq haqiqat sifatida qabul qilinishini keltirib chiqarmoqda.
Download 130,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish