Ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa bo'lib, bu ezgu maqsad yo'lida amalga oshirayotgan ishlarimizni izchil va qat'iyat bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat



Download 2,34 Mb.
bet15/24
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#788556
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
diplom (Восстановлен)

Vоrislik - qo‘shilish pоlimоrfizmining muhim tаrkibiy qismi.
Hаmmаvаqt bаzаviy sinfgа imkоn dаrаjаdа yaqinlаshtirilgаn dаrаjаdаdаsturlаshgа uringаn hоldа o‘rinbоsаrlik munоsаbаtlаrini o‘rnаtishgа hаrаkаt qilish kеrаk. Bundаy usul dаsturdа ishlоv bеrilаyotgаn obyеktlаr turlаri miqdоrini оshirаdi.
Puхtа o‘ylаb ishlаb chiqilgаn tаbаqаlаnish o‘rinbоsаrlik munоsаbаtlаrini o‘rnаtishgа yordаm bеrаdi. Umumiy qismlаrni аbstrаkt sinflаrgа оlib chiqish kеrаk hаmdа obyеktlаrni shundаy dаsturlаsh kеrаkki, bundа obyеktlаrning iхtisоslаshtirilgаn nusxаlаri emаs, bаlki ulаrning o‘zlаri dаsturlаshtirilsin. Bu kеyinchаlik hаr qаndаy vоris sinfni dаsturdа qo‘llаsh imkоnini bеrаdi.
Аgаr til vоsitаlаri bilаn intеrfеys vа jоriy qilinishni to‘liq аjrаtish mumkin bo‘lsа, u hоldа оdаtdа mаnа shu vоsitаlаrdаn fоydаlаnish kеrаk, vоrislikdаn emаs. Intеrfеys vа jоriy qilinishni аniq аjrаtib, o‘rinbоsаrlik imkоniyatlаrini оshirish vа shuning bilаn pоlimоrfizmdаn fоydаlаnishning yangi imkоniyatlаrini оchib bеrish mumkin. Birоq ko‘p o‘rinlаrdа tаjribаsiz lоyihаchilаr pоlimоrfizmni kuchаytirish mаqsаdidа хulq-аtvоrni judа bаlаnd tаbаqаviy dаrаjаgа оlib chiqishgа urinаdilаr. Bu hоldа hаr qаndаy аvlоd hаm bu хulq - аtvоrni ushlаb turа оlаdi. Shuni esdаn chiqаrmаslik kеrаkki, аvlоdlаr o‘z аjdоdlаrining funksiyalаrini chiqаrib tаshlаy оlmаydilаr. Dаsturni yanаdа pоlimоrf qilish mаqsаdidа puхtа rеjаlаshtirilgаn vоrislik tаbаqаlаrini buzish yarаmаydi. Hаmmа nаrsаning hisоb-kitоbi bоr. Hаqiqiy pоlimоrfizmning kаmchiligi shundаki, u unumdоrlikni pаsаytirаdi. Pоlimоrfizmdаn fоydаlаngаndа dаsturni bаjаrish pаytidа tеkshiruvlаr o‘tkаzish tаlаb qilinаdi. Bu tеkshiruvlаr turlаri stаtik rаvishdа bеrilgаn qiymatlari ishlоv bеrishgа qаrаgаndа ko‘prоq vаqt tаlаb qilаdi.
2.4. Boshlang`ich ta`limda obyektga mo`ljallangan dasturlash tillarini o`qitish usullari.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng hayotga ilk qadam qo‘yayotgan avlodga yangi talablar qo‘yildi. O‘zining ish faoliyatini rejalashtirish, qo‘yilgan masalani yechishga zarur bo‘lgan axborot topa olish, o‘rganilayotgan obyekt yoki jaroyonni informatsion modelini qura olish va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olish kabi malakalarga ega bo‘lish zarurati tug‘ildi.
Bunday malaka har bir yosh avlodga zarurdir. Shuning uchun, o‘rta maktab informatika kursining birinchi va muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir.
O‘qitish shakli va usuli yosh o‘quvchilarning fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni shundaki, bir tomondan o‘quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg‘un ko‘rinishda berishdir.
Boshlang‘ich informatika kursida quyidagilarga erishish nazarda tutiladi:
1.O‘quvchilarda turli fikrlash usullarini, jumladan, algoritmik fikrlashni shakllantirish. O‘qitish jaroyoni grafik va tovushli ta’minot asosida mantiqiy va abstrakt fikrlashni o‘stirishni o‘z ichiga oladi.
2.Axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy dasturiy ta’minot bilan tanishish. Kompyuterni o‘zlashtirish o‘quvchilarga darslarda kompyuterdan o‘quv quroli sifatida foydalanishga imkon beradi.
3.Kompyuterdan o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrirlash, dam olish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
4.O‘quvchilarda hisoblash texnikasiga ijobiy munosabatlar uyg‘onishiga va rivojlanishiga asos bo‘ladi. Kompyuter informatika darsini qiziqarli o‘yinga aylantirishga imkon yaratadi.
Kompyuter o‘quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yahshiroq tushunish, o‘z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, bunday fikrlash uyg‘unligi matematika va boshqa fanlarni o‘zlashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Informatika fanining boshqa fanlarga o‘xshamasligi o‘quvchilarda yoqimli o‘yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o‘z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo‘lib hizmat qiladi. O‘quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi tadqiqodchiga aylanishadi. Bunda o‘z tajribalariga tayangan holda hulosa chiqarish va umumlashtirishga o‘rganadilar.
Taqdim etilayotgan zamonaviy kasblar o`zining intelektualligi bilan ajralib turadi. Xalqaro mehnat bozorida hozirgi zamon informatsion texnologiyalarni egallagan ishchilar yetakchi o`rindadirlar. Agar konkret texnika bilan ishlash ko`nikmalarini ish joyida qabul qilish mumkin bo`lsa, o`z vaqtida rivojlanmagan tafakkurni esa hech qachon oshirib bo`lmaydi. Tafakkurni rivojlantirishda kechikish - bu umrbot kechikish demakdir . Shuning uchun yosh bolalarni hozirgi zamon informatsion jamiyatda yashashga tayyorlash birinchi navbatda ularning mantiqiy fikrlashini analiz (obyektning tarkibini ajratib bilish o`zaro bog`liqlikni aniqlab bilish, tashkillashtirish prinsiplarini tavsiflab bilish) va sintez (yangi sexema, tarkib modellarni yaratish ). Shuni ta’kidlash zarurki, ushbu o`qitish texnologiyasi ommabop, barchaga yetkaziladigan va faqat maktab yoki ota - onalar imkonyatiga bog`liq bo`lmasligi kerak. Aynan informatika darslarida nimani va qanday o`qitish kerak savoliga bu kurs mazmuni javob beradi va uning dolzarbligi shu bilan belgilanadi.
Bolalarning fikrlash qobilyatini rivojlantirishda informatika o`qitish kursining hozirgi kundagi modellashtirish loyihalash metodika sohasining yangi ishlanmalari bilan boyitilgani katta rol o`ynaydi. Asosan obyektga yo`naltirilgan modellashtish va loyihalash, bu esa insonning ongli fikrlashiga tayangan, fikrlashning zaruriy qismidir. Har qanday predmet sohasida tushunchalar tizimini ajratib bilish ularni amallar va setributlar birlashmashi, ko`rinishida tasvirlash mantiqiy xulosalar sxemalarini va amallar algoritmlarini tavsiflab bilish (yangi informatsion mantiqiy modellashtirishda hosil bo`ladigan jarayonlar) insonning shu predmet sohasidagi bilimini oshiradi va uning rivojlangan mantiqiy fikrlashi haqida ma’lumot beradi. Informatikani o`rganishning ikki yo`nalishi ko`rib chiqiladi :
1) Bugungi kunda eng ilg`or texnologiyalarni rivojlantirishga yo`naltirilgan texnologik yo`nalish, bunda informatika ta’lim potensiyalini shakllantirishda vositasi sifatida ko`riladi.
2) Umumta’limiy bunda informatika mantiqiy fikrlar, analiz qila bilish, asoslari va munosabatlarini aniqlash, amallarini rejalashtirishni tavsiflash va mantidiq xulosalar chiqara bilish vositasi sifatida ko`riladi.
Bundan tashqari informatikani o`qitishning ikki asosiy yo`nalishini ajratish mumkin:
1) Bu ma`lum axborot texnologiyalarni o`qitish. Buning uchun maktablarni kompyuter va dasturlar bilan ta’minlash zarur. Bunday o`qitishni yuqori sinflarda tashkil qilgan ma`qul, chunki o`quvchilar hozirgi zamon vositalarni o`rganishadi. Boshlang`ich va o`rta maktab o`quvchilariga propedevtik (boshlang`ich o`rgatish) darslarda ularnini yoshlariga mos dasturiy vositalarni qo`llab o`zlarining maqsadlari uchun kompyuterni uskuna sifatida qo`llashlari mumkin(jurnallar, devoriy gazetalar chiqarish, chizish, komyuter klublar va boshqalar).
2) Informatikani o`qitishning ikkinchi yo`nalishi bu – uning fan sifatida o`rganishi. Buning uchun komyuterning bo`lishi shart ham emas. Psixologlarning ta`kidlashicha, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy vaqti bu 5 – 11 yoshlar orasida va bundan kechiktirishi yuqorida aytib o`tilgan maqsadlarga katta qiyinchiliklar bilan erishiladi, demak bolalarni o`qitish bu yo`nalishda boshlang`ich maktabda shakllantirishi maqsadga muvofiqdir.
Kursning asosiy maqsadi – o`quvchilarga informatika bilan fundamental bilimlarni berish, bog`liq sohalardagi. Chunki apparat vositalarini tez yangilanib borishi jamiyatning ilmiy axborot texnologik potensialini shakllantishda bu bilimlar birinchi o`ringa chiqadi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish