“Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi , ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standartlari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi bilan belgilanishi bejiz emas.
Taqdim etilayotgan zamonaviy kasblar o`zining intelektualligi bilan ajralib turadi. Xalqaro mehnat bozorida hozirgi zamon informatsion texnologiyalarni egallagan ishchilar yetakchi o`rindadirlar. Agar konkret texnika bilan ishlash ko`nikmalarini ish joyida qabul qilish mumkin bo`lsa, o`z vaqtida rivojlanmagan tafakkurni esa hech qachon oshirib bo`lmaydi. Tafakkurni rivojlantirishda kechikish - bu umrbot kechikish demakdir . Shuning uchun yosh bolalarni hozirgi zamon informatsion jamiyatda yashashga tayyorlash uchun birinchi navbatda ularning mantiqiy fikrlashini, analiz kilish (obyektning tarkibini ajratib bilish o`zaro bog`liqlikni aniqlab bilish, tashkillashtirish prinsiplarini tavsiflab bilish) va sintez (yangi sexema, tarkib modellarni yaratish ) rivojlantirish kerak. Shuni ta’kidlash zarurki, ushbu o`qitish texnologiyasi ommabop, barchaga yetkaziladigan va faqat maktab yoki ota - onalar imkonyatiga bog`liq bo`lmasligi kerak. Aynan informatika darslarida nimani va qanday o`qitish kerak savoliga bu kurs mazmuni javob beradi va uning dolzarbligi shu bilan belgilanadi.
Bolalarning fikrlash qobilyatini rivojlantirishda informatika o`qitish kursining hozirgi kundagi modellashtirish loyihalash metodika sohasining yangi ishlanmalari bilan boyitilgani katta rol o`ynaydi. Asosan obyektga yo`naltirilgan modellashtish va loyihalash, bu esa insonning ongli fikrlashiga tayangan, fikrlashning zaruriy qismidir. Har qanday predmet sohasida tushunchalar tizimini ajratib bilish ularni amallar va setributlar birlashmashi, ko`rinishida tasvirlash mantiqiy xulosalar sxemalarini va amallar algoritmlarini tavsiflab bilish (yangi informatsion mantiqiy modellashtirishda hosil bo`ladigan jarayonlar) insonning shu predmet sohasidagi bilimini oshiradi va uning rivojlangan mantiqiy fikrlashi haqida ma’lumot beradi. Informatikani o`rganishning ikki yo`nalishi ko`rib chiqiladi :
1) Bugungi kunda eng ilg`or texnologiyalarni rivojlantirishga yo`naltirilgan texnologik yo`nalish, bunda informatika ta’lim potensiyalini shakllantirishda vositasi sifatida ko`riladi.
2) Umumta’limiy bunda informatika mantiqiy fikrlar, analiz qila bilish, asoslari va munosabatlarini aniqlash, amallarini rejalashtirishni tavsiflash va mantidiq xulosalar chiqara bilish vositasi sifatida ko`riladi.
Bundan tashqari informatikani o`qitishning ikki asosiy yo`nalishini ajratish mumkin:
1) Bu ma`lum axborot texnologiyalarni o`qitish. Buning uchun maktablarni kompyuter va dasturlar bilan ta’minlash zarur. Bunday o`qitishni yuqori sinflarda tashkil qilgan ma`qul, chunki o`quvchilar hozirgi zamon vositalarni o`rganishadi. Boshlang`ich va o`rta maktab o`quvchilariga propedevtik (boshlang`ich o`rgatish) darslarda ularnini yoshlariga mos dasturiy vositalarni qo`llab o`zlarining maqsadlari uchun kompyuterni uskuna sifatida qo`llashlari mumkin(jurnallar, devoriy gazetalar chiqarish, chizish, komyuter klublar va boshqalar).
2) Informatikani o`qitishning ikkinchi yo`nalishi bu – uning fan sifatida o`rganishi. Buning uchun komyuterning bo`lishi shart ham emas. Psixologlarning ta`kidlashicha, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy vaqti bu 5 – 11 yoshlar orasida va bundan kechiktirishi yuqorida aytib o`tilgan maqsadlarga katta qiyinchiliklar bilan erishiladi, demak bolalarni o`qitish bu yo`nalishda boshlang`ich maktabda shakllantirishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |