Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligini qo’llanish sohasi. Xulosa va takliflar: Bugungi kunda axborot texnologiyalari tezkor rivojlaniyapti. Shundan kelib chiqib ,,boshlang`ich talimda” informatika fanini o`qitish tashkil qilish yosh avlodning zamonaviy bilimlarni chuqurroq o`rganishiga zamin bo`ladi.
Ishning hajmi va tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, har bir bobning qisqacha xulosasi, xotima, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib jami 66 betda bayon qilingan. I-bob axborot texnologiyalar bo`yicha malumotlar berilgan, II-bobda boshlang`ich ta`limda obyektga mo`ljallangan dasturlash tillarini o`qitish usullari keltirilgan.
Kirish qismi 5 betdan iborat, tushuntirish qismi 67 betdan iborat unda 30 ta rasmdan foydalanildi va 3ta jadval. Bitiruv malakavi ishida 12 ta adabiyotdan foydalanildi.
I BOB. O`RGANILYOTGAN OBYEKT TAHLILI VA MASALALARNING QO`YILISHI.
1.1. Informatika va axborot texnologiyalarning jamiyatdagi o`rni.
Informatikaning asosiy vazifasi- axborotlarni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir.
Informatika quyidagi masalalarni yechadi:
-ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish;
-axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika va texnologiyalarni yaratish;
-jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini echishni yaratish hamda ularni tadbiq etish.
Shartli ravishda informatikani uchta o’zaro bog’liq qismga bo’lish mumkin:
-Apparatli texnika vositasi;
-Dastur muhiti.
-Algoritmlar muhiti.
Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekomunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir.
Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnologiyasi omboridan ixtiyoriy obektlarni boshqarish jarayonlarining axborot ta’minoti metodologiyalarini, tadbiqiy predmet sifatida esa insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot sistemalarini yaratish bilan shug’ullanadi.
O’z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir tarmog’i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo’lsin, undagi axborot o’zining maxsus tomonlari bilan tavsiflanadi. Masalan, iqtisodiy, yuridik faoliyatga va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan bo’lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo’lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma’lumotlar to’plami bo’lib hisoblanadi.
Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri – iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy ma’lumotlaran farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan korxona va shu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidadir.
Iqtisodiy axborot - bu ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalardagi, odamlar jamoasidagi ijtimoiy-iqitisodiy jarayonlarini aks ettiruvchi va ularni boshqarish uchun xizmat qiluvchi ma’lumotlar to’plamidir.
Ko’p hollarda axborot o’rniga berilganlar degan ancha farq qiluvchi jumla ishlatiladi.
Axborot bu - aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Berilganlar esa xabarlar, kuzatishlar natijalarini o’z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug’ilganda, masalan, narsa to’g’risidagi bilimini oshirish paytida bu axborotga aylanadi.
Axborotning amalga qo’llanilishining zarur sharti uning o’z vaqtidaligi va adekvatligidir. Adekvaktlik bu - olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy obektga qanchalik mosligini beradi va u 3 formaga foydalaniladi:
Sintaktik adekvatlatlilik - bu axborotni uzatish tezligi aniqligi kodlashtirish sistemasi, tashqi ta’sirlarning mavjudligi, va shu kabi jarayonlardan iborat;
Semantik adekvatliligi - uzatiladigan axborotning ma’naviy tarkibi, obyekt obraziga va real ko’rinishiga mos kelishligi hisobga olinadi.
Pragmatik adeklatliligi – olingan axborotni asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi;
Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari iboralari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish inson faoliyatning asosiy negizini tashkil etadi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojalanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa - da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan harajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi o’rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog’liq faoliyat sohalari tashkil etadi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga bogan sari ko’proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratilishi mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish , mehmonxona hisob - kitoblari tizimlari misol bo’ladi. Yaratuvchi axborot texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalaniladigan va insonni tarkibiy qism sifatida o’z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo’ladi.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish- inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faolyatning rolini oshirish bilan bog’liq obyektiv jarayon hisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublkamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o’sishi hamda fan – mehanika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini besh asosiy yo’nalishiga ajratish mumkn:
Mehnat, texnalogik va ishlab chiqarish jarayoyonining vosita jarayonini kompleks avtomatlashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.
Tashkiliy – iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
4.Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish. Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Axborot har qanday fan borligini ba’zi tushunchalarni umumlashgan bir- biriga bog’langan holda o’rganadi. Masalan, fizika tabiatdagi voqealar hodisalar ularning kelib chiqish shar - sharoitlari, ulardan hayotda foydalanish kabilar foydalanadi. Fizikani o’qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o’zlashtirilgan bilimni amalda tekshirish tashkil etadi. Har ikki holda ham materialni o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga yetkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |