Маънавий-маърифий ишларда ўҚувчи-ёшлар шахсини ахлоқий тарбиялаш



Download 0,62 Mb.
bet12/15
Sana26.02.2022
Hajmi0,62 Mb.
#465143
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mamatova Xumora Raxmatilla qizi

Vatanparvarlik. Vatanparvarlik Vatanga muhabbat, uning himoyasiga tayyor bo‘lish, vatanning gullab-yashnashi uchun mehnat qilish demakdir.
Insonning ma’naviy qiyofasida bu tuyg‘ular o‘zini namoyon qiladi. Unda ijtimoiy burch bilan belgilanadigan hatti-harakatning eng yuqori asoslari o‘z aksini topadi. Fuqarolik burchi inson hayotiy faoliyatining barcha sohalaridagi ijtimoiy faolligini kuchaytiradi. Vatan manfatlarini himoya qilishda, mehnatda, ijtimoiy faoliyatda o‘zining fuqarolik majburiyatlarini sidqidildan bajarishga rag‘batlantiradi.
O‘quvchilarda baynalmilal tuyg‘u va baynalmilalchi sifatlarini tarbiyalash jarayonida ularning O‘zbekiston xalqlarining milliy birligi, umumdavlat manfaatlarining ayrim viloyat yoki millat manfaatlaridan ustunligini tushuntirish alohida ahamiyatga ega.
Jamoatchilik faoliyati shaxsning xususiyatlari sifatida namoyon bo‘ladi va insonning jamiyat maqsadlari bilan birdamligini aks ettiradi. Uning tuzilmasiga mehnat va jamoatchilik faolligi, burch va javobgarlik tuyg‘usi, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam, jamoa va butun jamiyat manfaatlari yo‘lida boshqalarga va o‘ziga talabchanlik tuyg‘ulari kiradi.
Mehnatsevarlik. Bu axloqning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Mehnatga mas’uliyatli munosabatning asosiy begilari: beg‘arazlik mehnat majburiyatlariga ongli, mas’uliyatli yondashish, intizomlilik, ijodiy izlanish, tashabbus, faoliyat natijalarini oldindan ko‘ra bilish va mustaqil qaror qabul qilish, jamoatchilik hamkorligi, o‘rtoqlariga yordam ko‘rsatishga tayyorgarlik, mehnat kishisining qadr-qimmati tuyg‘usini rivojlantirish.
Ongli intizom. Ongli intizom axloqning tarkibiy qismi hisoblanadi. Intizom deganda burchni bajarish - shaxsiy va ijtimoiy, davlat, shaxsiy va jamoatchilik majburiyatlarini kam-ko‘stsiz bajarish hamda ijtimoiy hayotda kishilarga jamiyat qabul qilgan hatti-harakat me’yorlarida amal qilish tushuniladi.
Intizom ma’naviy va siyosiy hodisadir. U qandaydir alohida intizomiy tadbirlarning natijasi emas, balki tarbiya natijasidir. Ongli intizom nuqtai nazar va e’tiqoddan o‘sib chiqadi. O‘quvchilarni intizomlilikni tarbiyalash ularning e’tiqodini shakllantirish, umumiy madaniyatini o‘stirish, muntazam mehnatga va vazifasini qat’iy bajarishga o‘rganish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Axloqiy tarbiyaning mazmuni avvalo o‘quvchilarning amaliy faoliyatlarida, o‘qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish usullari, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirishlarida namoyon bo‘ladi.
Axloqiy tarbiyaning mazmuni o‘quv dasturlari va darsliklarga joylangan bo‘lib, u o‘quv jarayonida amalga oshiriladi.
Axloqiy ideal hayotiy rejalar va xulq-atvor namunalarida, hayotiy nuqtai nazarlarda namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar tasavvurida barkamol shaxs va uning jamiyat bilan munosabatlarida amalga oshiriladi. Bu tasavvur umumlashgan, saylangan, axloqiy faoliyatning dasturi ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi mumkin.
Axloqiy ideal o‘quvchilarning hayotiy rejalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ideal va hayotiy rejalarning o‘zaro bir-biriga ta’siri o‘quvchilarning axloqiy tuyg‘u va irodasi, o‘z-o‘zini anglashining rivojlanish darajasi bilan bog‘liqdir. Axloqiy ideallar o‘quvchilarning jamiyatning ijtimoiy qadriyatlari tuyg‘usidagi tasavvurlarini aks ettirish barobarida bevosita ularning kasbiy intilishlari bilan bog‘liqdir.
O‘spirinlik va ayniqsa ilk o‘smirlik yoshlarida o‘quvchilar boshqa kishilarning asosiy hatti-harkati va ishlarini tahlil qiladilar, oqibatda shakllangan qarashlarini o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa axloqiy namunalarni o‘zlashtirishlariga ijobiy ta’sir qiladi.
Har qanday ijtimoiy me’yor-siyosiy, huquqiy, axloqiy xulq-atvorni tartibga solish vazifasini bajaradi. Huquqiy va axloqiy me’yorlarning o‘ziga xoslik va o‘zaro aloqadorlik tomonlari nimada?
Axloqiy dunyoqarash tegishli yurish-turish me’yorlari bilan chambarchas bog‘langan. Huquqiy sohada har qanday qarashlar huquqiy normalarda mujassamlashavermaydi. Shu bilan birgalikda axloqiy me’yor inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, huquqiy qonunlarga nisbatan ancha keng tarqalgan.
Axloqiy me’yorlarning ta’sirchanligiga tartibga solish mexanizmlari vositasida erishiladi. Ular yordamida me’yoriy talablar shaxsning ichki zararuriy munosabatlariga, uning axloqiy sifatlariga aylanadi.
Shunday qilib, axloqiy sifatlarni shakllantirish tarbiyachining axloqiy ong, axloqiy tuyg‘u va axloqiy fe’l-atvorni ko‘zda tutgan holda shaxsga butunligicha yondashish tizimi orqali amalga oshiriladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish