O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti
“Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ishi” kafedrasi
5111700- Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ishi yo’nalishi
IV kurs talabasi
Mamatova Xumora Raxmatilla qizining
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi”
fanidan
KURS ISHI
MAVZU: “Faoliyatda tarbiya metodlari hamda ulardan amaliyotda foydalanish yo‘llari”
Ilmiy rahbar: Muxammadiyeva X.
Toshkent 2021
MUNDARIJA
KIRISh
I BOB. Uzluksiz ta’lim tizimida barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillari .
1.1. Barkamol shaxsni tarbiyalashda ta’limni tarbiya turlari bilan uzviy bog‘lash va funksiyalarini ifodalash …………….
1.2. Barkamol shaxs tarbiyasini ta’lim-tarbiya jarayoniga
tadbiq etish ………………………………………………
II BOB Tarbiya yoshlar kelajagini belgilovchi omil
sifatida …………………………………..
2.1. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish ….
2.2. Barkamol shaxsni tarbiyalashda itellektual va ijodiy sifatlarni rivojlantirishning ahamiyati ……………………….
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI
KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar yoshlarning, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarning, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalanishini taqozo qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shunday deyiladi: ”Mazkur dasturning maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir”.
Yuqorida tilga olingan qarorda yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning ahamiyati qayd etilishi bilan birga, bu ishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar g‘oyat katta rol o‘ynashi ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Bu qaror kurs ish uchun tanlangan mavzuning naqadar dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatuvchi muhim hujjatdir. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan juda muhim vazifa ekani mamlakatimiz yoshlarining qo’lida
Mavzuning dolzarbligi yana shu bilan ham izohlanadiki, “Har qanday jamiyat taraqqiyoti, eng avvalo, yoshlarning ma’naviy-axloqiy yetukligi, ishlab chiqarish salohiyatiga egaligi bilan belgilanadi.”
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muhim vositasi ekanligini bir qator olimlarimiz o‘z risolalarida ham ta’kidlaydi.
Ta’lim muassasalarining aksariyatida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga ta’lim va tarbiyaning qo‘shimcha vositasi sifatida qaraladi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ta’lim-tarbiyaning qo‘shimcha vositasi funksiyasini ham bajarishi bilan birga, ta’limning asosiy shakllari tarkibiga singdirilib, ular bilan uyg‘unlashtirilganda ko‘proq samaralarga erishiladi. Ayni paytda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tarbiyaviy salohiyati va ularni ta’lim jarayoni bilan uyg‘unlashtirish metodikasi mamlakatimiz olimlari tomonidan o‘rganilmoqda va ishlab chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |