Tarbiya tizimining yetakchi bo‘g‘ini
Yoshlarni tarbiyalash o‘quv jamoalaridagi tarbiyachilar, bolalarning turar joylaridagi mavzelar, mahallalar, oiladagi ota-onalar, ommaviy axborot vositalari, adabiyot, san’at va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi. Mazkur tizimda yosh avlodga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning yetakchi bo‘g‘ini umumta’lim maktablari hisoblanadi. Maktabga kuni uzaytirilgan tizim kiritiladi, o‘quv klublari, oromgoh ishlari tashkil qilinadi, darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilarga o‘quv xonalari, sport zallari va kutubxonalardan keng foydalanish imkoniyati ochiladi. Ularning maktab madaniyat muassasalari bilan aloqasi kuchayadi. Malakali pedagogik xodimlarga ega bo‘lgan maktab, oila va korxona va turar-joy jamoatchiligi bilan birgalikda muntazam ishni pedagogik jihatdan yo‘naltiradi.
Bolalar tarbiyasi bo‘yicha o‘quv maskani, oila va jamoatchilikning faoliyatini muvofiqlashtirish asosan quyidagi tashkiliy shakllarda amalga oshadi:
Ta’lim muassasasining pedagogika jamoasi, ota-onalar qo‘mitasi, korxonalar va turar-joylari, klublar, kutubxonalar, sport maydonlari bo‘yicha jamoatchilik kengashlari vazifasi aniq taqsimlangan holda tarbiyaviy ish rejalariga muvofiqlashtiriladi.
O‘qituvchilarning kuchi bilan ota-onalar va jamoatchilik vakillarini bolalar bilan ishlashning eng samarali pedagogik usullarini muntazam joriy qiladilar.
Tarbiyaviy ishlarning borishi va natijalarini sinchkovlik bilan o‘rganish, topilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlash va uni bartaraf etish tadbirlari birgalikda amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda bolalarning oiladagi tarbiyasini yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya. O‘zbekiston mustaqil davlatga aylangan bir sharoitda ma’naviy va axloqiy tarbiya qator omillar ta’sirida amalga oshiriladi. Axloqiy sifat shaxsning barcha muhim xususiyatlarini yaxlit holga keltiradi.
O‘zbek xalqining moddiy va madaniy darajasining ko‘tarilishi yangi axloqning kelajakdagi rivojlanishi va mustahkamlanishining sotsial bazasini kengaytiradi, shaxs ehtiyojlarini yangi darajasi va undan oqilona fodalanishni shakllantiradi.
Axloqiy tarbiyaning maqsadi shaxsni axloqiy shakllantirshdir. Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari bo‘lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish: vatanparvarlik, vatanga muhabbat, O‘zbekiston gerbi, bayrog‘i, madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, ongi intizom va boshqa tuyg‘ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning asosiy vazifasidir.
Axloqiy tarbiyaning ba’zi asosiy sifatlari mazmunini tavsiflaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |