Ma’muriy yakuniy nazorat javoblar 1-Kazus



Download 117,16 Kb.
bet7/50
Sana22.06.2022
Hajmi117,16 Kb.
#690912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
Ma\'muriy YN-javoblar

Javob
Arizachi: K.A.
Javobgar: Guliston MFY xodimi, Tuman hokimi
Talab predmeti: Guliston MFYning 2018 yil 15 iyundagi 222-sonli hamda tuman hokimining 2018 yil 14 avgustdagi 333-sonli qarorlarini haqiqiy emas deb topish.
Ushbu kazusga javob berishdan avval, ushbu muammoli vaziyat ma’muriy sud ish yurituviga taalluqlimi yoki yo’qmi shuni aniqlashimiz lozim bunda biz MSIYUTKning 27-moddasiga asoslanamiz. Uning 2-bandiga binoan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriyhuquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi masala ma’muriy sudga taalluqli.
MSIYuTKning 186-moddasiga ko’ra, Agar ushbu Kodeksda yoki o‘zga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin.
Ariza (shikoyat) berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
MSIYuTKning 118-moddasida protsessual muddatlarni o’tkazib yuborish oqibatlari keltirilgan. Unga ko’ra, Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat o‘tishi bilan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi. Protsessual muddatlar o‘tgandan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar o‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud uni qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Kazusga ko’ra, arizachi K. A. shikoyat arizasini Guliston MFYning va tuman holimining 2018-yil iyun, avgust oyidagi qarorlarni haqiqiy emas deb topish bo’yicha 2019-yil oktabr oyida sudga taqdim etgan. Yuqoridagi 186-moddaga asosan, uch oyda ichida shikoyat qilishi kerak edi. Lekin, arizachi bir yildan oshiq muddat o’tgandan so’ng sudga murojaat qilgan. Xususan, 24-sonli Oliy Majlis senati Pleunum qarorining 19-bandida ko’ra, arizani qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni o’tkazib berilishi uni qaytarish uchun asos bo’lmaydi. Bunday hollarda ish yurituviga ariza qabul qilinib, mazmunan ko’rib chiqilishi lozim.
Sud har bir ish bo‘yicha arizachi tomonidan qonun bilan belgilangan sudga murojaat qilish muddatlariga rioya qilinganligini aniqlashi, mazkur muddatlar buzilganda esa, manfaatdor shaxs ushbu holatga e’tibor qaratganligidan qat’i nazar ularning o‘tkazib yuborilishi sabablarini muhokama qilishi lozim.
Sudga murojaat qilish muddati arizachiga quyidagilar ma’lum bo‘lgan kunning ertasidan boshlanadi:
uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
uning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishga to‘siqlar vujudga keltirilganligi;
uning zimmasiga biror-bir majburiyat yuklanganligi.
Sudga murojaat qilish muddatiga rioya qilinishi masalasi ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega holat ekanligi sababli, uni tiklash yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi xulosalar, MSIYutK 156-moddasi birinchi qismining 2-bandiga ko‘ra, sudning hal qiluv qarorida asoslantirilishi lozim.
Agar sudga murojaat qilish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash sud tomonidan rad etilgan bo‘lsa, arizani qanoatlantirish rad qilinadi.
Demak, kazusdagi vaziyat bo’yicha birinchi instansiya sudi arizani muddati o’tganligidan qat’iy nazar arizani qaytarishi emas balki, ish yurituviga qabul qilishi zarur edi. Bunda quyidagi arizani qanoatlantirilishni rad etish to’g’risidagi hal qiluv qarori qabul qilinishi lozim bo’lardi:

Download 117,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish