Ma’muriy yakuniy nazorat javoblar 1-Kazus


Arizachi : Samarqand davlat chet tillari institutida tahsil olayotgan talaba D.B . Javobgar



Download 117,16 Kb.
bet4/50
Sana22.06.2022
Hajmi117,16 Kb.
#690912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Ma\'muriy YN-javoblar

Arizachi : Samarqand davlat chet tillari institutida tahsil olayotgan talaba D.B .
Javobgar : Samarqand davlat chet tillari instituti .
Nizo predmeti : Samarqand davlat chet tillari institutining 2017 – yil 22 – martdagi 333 – sonli qarori asosida talaba D.B ni talabalar safidan chetlashtirilishi.

Kazus yuzasidan quyidagi muammoli vaziyatlarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin :


1 ) Samarqand davlat chet tillari instituti rektori talaba D.B ni talabalar safidan chetlashtira oladimi va buning huquqiy asosi qanday ?
2 ) Talaba D.B institut rektorining qaroridan norozi bo’lib ma’muriy sudga murojaat qila oladimi ?
3 ) Ma’muriy sud talaba D.B tomonidan institut rektori ustidab yozgan arizasini qabul qilishni rad etishi mumkinmi ?


Birinchi savolga javob beradigan bo’lsak O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017 – yil 26 iyundagi 393 – sonli qarorida talabalarni talabalar safidan chetlashtirish uchun asos bo’ladigan holatlar sanab o’tilgan jumladan ,
a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
i) vafot etganligi sababli.
Demak yuqoridagi VMQ dan xulosa qiladigan bo’lsak Samarqand davlat chet tillari instituti rektori yuqoridagi holatlar sodir bo’lgan taqdirda talaba D.B ni talabalar safidan chetlashtirishi mukin hisoblanadi.
VMQ 393 ning 4 – bobida o’qishni qayta tiklash tartibi belgilangan. Unda aytilishicha :
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qishini qayta tiklash bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshirilishi aytilgan. O‘qishini kuzgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar. O‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish — har yili 15-yanvardan 25-yanvarga qadar davom etadi. Kuzgi semestrga qayta tiklash uchun — har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar. Bahorgi semestrga qayta tiklash uchun — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha ariza ko‘rib chiqilib, oliy ta’lim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga shaxsan ma’lum qilinadi;
Ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar tegishli vazirlik yoki idora tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga ma’lum qilinadi;
Ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
Oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning talabani talabalar safiga qayta tiklashga, belgilangan tartib va muddatlarda darslarga qatnashishiga ruxsat etish to‘g‘risidagi buyrug‘i (ko‘chirib tiklashda talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaxsiy yig‘ma jildi (shaxsiy yig‘ma jild jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda — akademik ma’lumotnomasi) olingandan keyin) rasmiylashtiriladi.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishi tiklanganlarni talabalar safiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i ular tomonidan belgilangan muddatda shartnoma to‘lovlari bajarilgandan so‘ng 10 kun muddatda qabul qilinadi.
Demak yuqoridagi qarolardan hulosa qilib aytadigan bo’lsak Samarqand davlat chet tillari instituti rektori talaba D.B ni o’qishni qayta tiklash uchun berilgan arizasini qanoatlantirishi mumkin ekan. Buning uchun talaba qonunda belgilangan kunlar orasida institut rektori nomiga o’qishni qayta tiklash bo’yicha ariza yozishi kerak va u o’sha yildagi qarzdor fanlarini ham qaytadan o’qishiga to’g’ri keladi.

Download 117,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish