Zaruriyat – ro‘y berishi muqarrar hodisa, jarayon,
tasodif esa ro‘y
berishi ham, ro‘y bermasligi ham mumkin. Masalan, o‘lim har bir
jonzotning boshida bor narsa, ammo u qachon va qayerda, qay
ko‘rinishda yuz berishi tasodiflarga bog‘liaq. Demak, «sof» tasodif
yo‘q, u zaruriyat bilan bog‘langan, zaruriyatning ifodasi va
qo‘shimchasi tarzida yuzaga chiqadi. Tasodifiy xodisalar
takrorlanaversa, bilingki, u qonuniyatga aylanadi, demak, zaruriyat
yuzaga keladi. Masalan, bir necha yil davomida ob-havo surunkali
seryog‘in kelaversa, demak, iqlim o‘zgarayotgani (zaruriyat) haqida
xulosa chiqarish mumkin.
Demak, olamda hamma narsa qat’iy zaruriyat deyish qanchalik
biryoqlamalik bo‘lsa, tasodifiyatni yakka xukmron deyish ham