Ma’mur qahhorov


Gedonizm uni yaxshi yeb-ichish, lazzatlanishda,  al’truizm



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/143
Sana11.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#444229
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   143
Bog'liq
Ma’mur qahhorov

Gedonizm
uni yaxshi yeb-ichish, lazzatlanishda, 
al’truizm
deb nomlangan boshqa bir falsafiy – ahloqiy oqim fikricha, 
boshqalarga yaxshilik qilish, sahovat ko‘rsatishdadir. Bunda sahovat 
ko‘rsatilayotgan kishi kimligining aslo farqi yo‘q. 
Hozirgi zamon falsafasining nuqtai - nazari, tabiiyki, yuqoridagi 
yondoshuvlardan birmuncha farqlanadi, shunga ko‘ra hayotning 
ma’nosi mavhum tushuncha emas. U konkret ijtimoiy- tarixiy 


mazmunga ega, jamiyat ijtimoiy-sinfiy tuzilmasi bilan bog‘langandir. 
Negaki har bir ijtimoiy qatlam, sinf, jamiyatning, kishilar siyosiy, milliy 
va boshqa hil uyushmalarining, guruhlarining aniq maqsad va 
hayotiy manfaatlari mavjud. Hayotning ma’nosi har bir konkret guruh 
yoki uyushma a’zosi uchun ana shu muqaddas ideallarni ro‘yobga 
chiqarish bilan bo‘glanib ketadi. Bunda ijtimoiy o‘zlikni, o‘z 
mavjudligi, ildizlari, qadriyatlari, istiqbol imkoniyatlarini anglab yetish 
o‘ta muhim ahamiyatga egadir. “Qanday yashamoq kerak?” 
degan savolga javob topish uchun avvalo odam o‘ziga-oz‘i “Men 
o‘zi kimman?” degan savol bilan murojaat qilmog‘i kerak.
Shunisi ham muhimki, inson ma’naviy jihatdan hur, erkin 
bo‘lgandagina uning ijodiy salohiyati yuz ochadi, uning hayot 
ma’nosini anglab yetsihi uchun shart-sharoit etiladi. Umr deganlari 
boshdan kechirilgan yillar miqdori bilan emas, balki amalga 
oshirilgan ezgu ishlar bilan o‘lchanadi. “Hayot,-degan edi J.J. Russo- 
o‘z-o‘zicha hech narsani anglatmaydi, hayotning qimmati qanday 
yashashga bog‘liq.” Rimlik faylasuf Seneka fikricha, inson umri 
masalga o‘xshaydi: uzunligi bilan emas, mazmuni bilan qadrli. 
Muhimi uzoq yashash emas, to‘gri yashay bilishdir.
Umr qisqa, ammo uni mazmun bilan to‘ldirib, uzaytirish mumkin. Bu 
insonning o‘ziga havola. Zero fransuz donishmandi Mishel Monten 
qayd etganidek, hayot o‘z-o‘zicha yaxshilik ham, yomonlik ham 
emas, sen uni nimaga aylantira olsang o‘shadir. Ba’zilar uchun umr 
hali yashamay turib tugagan. Odam ikki karra dunyoga kelmaydi, 
lekin bir marta yashashni ham eplolmayotganlar kammi?! Har 
daqiqasi oltinga teng umrni sovurayotganlarni nima deb atash 
mumkin?! “Benaf yashashdan o‘lim afzal!-degan edi I. Gyote,-
ammo bundan ham yomonrog‘i tirik murda bo‘lishdir”. Shoir 
M.Shayhzoda yozganidek:

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish