Ma’mur qahhorov



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/143
Sana11.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#444229
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   143
Bog'liq
Ma’mur qahhorov

Ijtimoiy 
borliq
- bu jamiyatning moddiy iqtisodiy hayoti. Bu moddiy ishlab 
chiqarish va kishilarning buyumlashgan amaliy faoliyatidan iborat.
I
jtimoiy ong
- jamiyatning ma’naviy-ruxiy hayoti. U kishilar fikr-o‘yi, 
his-tuyg‘u va kechinmalari, urf-odat va an’analari, g`oyalari, 
qarashlari va nazariyalarini o‘z ichiga oladi. Shu ma’noda ijtimoiy 


ong yakka odam-individ ongidan farqlanadi. Individual ong odam 
tug‘ilganida paydo bo‘lib, uning o‘limi bilan o‘z nihoyasiga etadi. 
Yakka odamning o‘y-fikrlari, qarashlari, jamiyatnikidan tafovutlanishi 
unga muvofiq yoki nomuvofiq, xatto zid bo‘lishi mumkin. Ayrim buyuk 
zotlarning dohiyona g‘oyalari ijtimoiy ongga kuchli, ba’zan inqilobiy 
ta’sir ko‘rsatish qudratiga ega bo‘ladi. Shunga qaramay individ ongi 
u yoki bu darajada ustivor, hukmron g‘oya va nazariyalar ta’sirida 
bo‘ladi. Jamiyat individlar jamlanmasi bo‘lgani kabi ijtimoiy ong 
jamiyat a’zolariga xos eng umumiy va mushtarak ong xususiyatlarini 
mujassamlashtirib ifoda etadi. Shu bilan birga ijtimoiy ong kishilar 
uyushmasiga xos jamoaviy (korporativ) va sinfiy ongdan ham 
farqlanadi, chunki u mohiyat – e’tibori bilan yakkalik ham, umumiylik 
ham emas, balki jamiyat a’zolari ongini ifoda etuvchi eng 
umumiylikdir.
Urf-odat, marosimlar ichida umrboqiylari ham (masalan, Navro‘z, 
hosil bayrami, xotirlash kuni), mazmunan eskirganlari ham (dabdabali 
to‘y- hashamlar yoki dafn marosimlari, xurofot va bidatlar) bo‘ladi. 
Mustaqillik tufayli zamonga hamoxang, asl o‘zbekona urf-odatlar 
qayta tiklanyapti, mazmunan boyitilyapti. Biroq asrlar mobaynida 
turmushga singgan odatlar, shu jumladan, yomon odatlar ham 
yashovchan bo‘ladi. Aytaylik, poraxo“rlik, yulg‘ichlik, terro‘rchilik, 
giyoxvandlik kabi istiqlol ma’naviyatiga yot illat, odatlarni kishilar 
ongidan birdagina siqib chiqarish qiyin. Buning uchun, bir tomondan, 
ularni takror hosil qilayotgan ijtimoiy ildizlarni qirqish, ikkinchi 
tomondan, 
ma’naviy-axloqiy 
tarbiyani 
kuchaytirish, 
ijtimoiy 
munosabatlarni sog‘lomlashtirish kerak.
Ijtimoiy ongning yuqori darajasi bo‘lmish nazariy ong ilmiy bilimlar va 
mafkuradan iborat. Kundalik ong elementlari tashqi turtkisiz o‘z 
xolicha tarkib topsa, ilmiy bilimlar va mafkura aniq metodologik 
tamoyillar asosida va maqsadga muvofiq ilm ahli, arboblar, 
mutaxasislar tomonidan yaratiladi.
Ilmiy bilimlar manbai fandir. U borliqning in“ikosidan boshqa narsa 
emas. Ingliz faylasufi G.Sisitenning tabiricha, fan bu tartibga solingan 
bilimdir. Fannning tarixiy ildizlari eramizdan oldingi IV asrga, aqliy 
nazariy faoliyat jismoniy mehnatdan ajralib chiqqan davrlarga borib 
taqaladi. Fanning ijtimoiy mohiyatini ta’kidlab, atoqli olim 
A.Eynshteyn «Fan tafakkurning dunyoda biz bilgan hodisalarini 
ma’lum uslub vositasida bir erga jamlash yo“lida ko‘p asrlik xormay-
tolmay qilgan mehnatidir», - degan edi. Tabiiy, ijtimoiy, gumanitar, 
texnikaviy bilimlar vositasida inson borliqni to‘laqonli ask ettiradi, 
qonunlarni ifodalaydi, nazariy o‘zlashtiradi va takror hosil qiladi.


Yangi O‘zbekistonga yangi mafkura zarur. U tayyor holda qo‘lga 
kiritilmaydi. Balki millatning o‘tmishi, buguni, kelajagini chuqur idrok 
etib, ilg‘or dunyoqarash va tafakkurga asoslanib shakllantiriladi va 
hayotga singdirib boriladi. Respublikamiz konstitutsiyasida g‘oyalar 
xilma-xilligi qonunlashtirilgan va huquqiy kafolatlangan. Shunga ko‘ra 
hech bir mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin 
emas. Mustaqillik davri milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini 
qo‘ydi.
Uning o‘zagini, xalqni, millatni jipslashtirishga qodir maqsad, 
muddao bo‘lmish «milliy g‘oya» tashkil qiladi. Prezidentimiz ilgari 
surgan «O‘zbekiston kelajagi – buyuk davlat» shiori xalqqa 
yaratuvchilik ilhomi, kuch bag‘ishlovchi ana shunday milliy g‘oyadir. 
Milliy istiqlol mafkurasi, 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish