Jamiyat ichdan iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, g“oyaviy, ma’daniy va
boshqa bir-biri bilan bog‘liq va biri ikkinchisini taqozo etuvchi
qatlamlardan tuzilgan murakkab ijtimoiy tizimdir
. Bu qatlamlar o‘zaro
ta’sirda bo‘lganligidan, masalan, iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar
madaniy va siyosiy hayot o‘zgarishiga, madaniy va siyosiy hayot
o‘zgarishlari esa g‘oyaviy va ma’naviy sohalardagi o‘zgarishlarga
olib keladi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot sohalari teng kuchli emas,
ularning zaminini iqtisodiy munosabatlar tashkil qiladi.
Jamiyatning qaysi sohasini olmang, uning ne’matlari inson mehnati,
aqli, qalbi bilan ishlov berib yaratilgan. Jamiyatning tabiatdan tub
farqi uning aynan madaniyat olamiga mansubligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |