Jamiyatga qarashlarida Mashrab insoniylik, pok muxabbat, do‘stlik,
vafodorlikni ulug‘laydi, takabburlikka, yolg‘onga, nasl-nasabga
ishonmaslikni, e’tiqodni sotmaslikni uqtiradi, ota-onani xurmatlashga
chaqiradi, xukmron tabaqalarni insof-adolat bilan ish ko‘rishga
da’vat etadi. Shu bilan birga Mashrab ijodida adolatga erishib
bo‘lmasligidan tushkunlik, umidsizlik kayfiyati ham namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: