Abduraxmon Jomiy
(1414 - 1492) falsafiy qarashlarini «Bahoriston»,
«Xaj qilish yo`llari xaqida», «Voxid atamasi haqida» risolalarida bayon
etgan. Uning fikricha, xudo abadiy, mutloq. U mavjud bo‘lgan
vaqtda xali borliq yo‘q edi, dunyo o‘z boshlanishini olloxdan olgan.
Jomiy buyuk shoir sifatida o‘z falsafiy qarashlarida insonparvarlik
g‘oyalarini tarannum etdi, tasavvufning naqshbandiya tariqatini
nazariy va amaliy jixatdan asoslash va rivojlantirishga harakat qildi.
Sufiylik, mutafakkir fikricha, xalol va pok yashash, kasb-xunar bilan
tirikchilik qilish, qanoatli va olijanob bo‘lish, ta’magirlikdan o‘zoqroq
yurish, nafsni jilovlash demakdir. Tasavvufona she’riy satlarda u
xudoni «go‘zal ma’shuka» deb ta’riflaydi, sufiylik e’tiqodidagi
insonning oliy maqsadi xudoning vasliga etishdir, deydi.
Jomiyning ijtimoiy qarashlarida odil jamiyat, adolatli shox, tenglik,
erkinlik, insof va diyonat, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro yordam, mexr-
shafkat, do‘stlik va birodalik xaqida orzu qiladi.
Temuriy allomalaridan buyuk shoir va mutafakkir
Do'stlaringiz bilan baham: |