Demokrit
va
Levkipp
borliqning tuzilishi
va substantsiya xaqidagi
atomistik ta’limotga
asos soldilar. Atom
bundan keyin bo‘linmas eng mayda zarrachadir. Olam, mazkur
mutafakkirlar fikricha, atomlar va bo‘shliqdan tashkil topgan. Jismlar
atomlarning turlicha nisbati birikishidan vujudga keladi, ular
parchalanganda jism xalokatga uchraydi. Atomlar miqdor jixatidan
bexisob, sifat jixatidan bir xildir. Xarakat atomlardan iborat
moddaning abadiy tabiiy xolatidir. U zaruriy qonuniyat buyicha
amalga oshadi, tasodifiyatning bo‘lishi aslo mumkin emas. «Na
tabiatda, na jamiyatda xech bir narsa tasodifan paydo bo‘lmaydi» -
deb yozadi Demokrit. Bu bilan mutafakkir sababiyat, yani butun
borliq sabab – oqibat zanjiridan iboratdir, degan tamoyilga asos
solgan. Falsafada bu
detenminizm
tamoyili deb yuritiladi.
Demokrit atomistik va deterministik qarashlarni kosmoginik, ya’ni
samoviy jismlarning kelib chiqishi va rivojlanishi xaqidagi nazariyaga
tadbiq etgan. Atomlar fazodagi tartibsiz xarakat jarayonida, bir
tomondan, o‘zaro to‘qnashib, birikadilar, yoki parchalanib, xalok
bo‘ladilar. Biri – ikkinchisi bilan birikishidan, tuproq, suv, xavo, olov
yuzaga keladi, ularning quyun shaklida xarakatlanuvchi ko‘plab
boshqa osmon jismlari, samoviy olamlar paydo bo‘ladi, deydi
Demokrit.
Demokrit xatto inson ongi xam nafis atomlardan tuzilgan, deb
xisoblagan. Ongda moddiy olam aks etadi, binobarin, faylasuf
fikricha, sezgilar, tasavvurlar, bilimlar tashqi olamning inson ongidagi
in’ikosidir.
Demokritning ijtimoiy-siyosiy va axloqiy falsafasi xam diqqatga
molik. Uning fikricha, yaxshi boshqarilayotgan davlat – buyuk
qo‘rg‘ondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha manfaatlardan ustun
bo‘lmog‘i kerak.
Demokritning atomistik ta’limoti ko’plab izdoshlari tomonidan
rivojlantirilgan. Masalan,
Epikur
( Er. av. 341 - 270)ning fikricha,
moddiy olam cheksiz, borliq jismlar va bo’shliqdan iborat.
Demoqritga qo‘shimcha qilib, Epikur jismlarni ikki guruxga bo‘ladi:
jismlarni tashkil etuvchi atomlar va atomlar birlashishidan tashkil
topgan jismlar. Xarakat atomlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardan
yuzaga keladi. Epikur
gedonizm
ta’limoti tarafdori sifatida xayotdan
lazzatlanish g‘oyasini ilgari surgan, biroq an’aviy gedonistlardan farqli
ularoq, shoxona maishat, kayfu – safoni emas, balki jismoniy
uqubatlar xamda ruxiy tashvishlardan xalos bo‘lishni, ozodlikni
ulug‘lagan. Uning fikricha, davlat kishilarning o‘zaro kelishuvi asosida
tuzilishi maqbuldir. Epikurning ushbu ijtimoiy keliqhuv g‘oyasi
keyinchalik ko‘plab mutafakkirlar tomonidan qabul qilingan,
ayniqsa, XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari xamda XX asr faylasuflari
bu g’oyani ijodiy rivojlantirishga salmoqli xissa qo‘shdilar.
Epikurning izdoshlaridan rimlik faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |