V. Biologik resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar
8.
|
O‘rmon daraxtlari maydoni va zichligini oshirish, shuningdek, ularning sifatini yaxshilash.
|
Quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:
qurg‘oq (arid iqlimli) mintaqalarda o‘rmonlarni qayta tiklash va o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish;
respublikaning o‘rmonlari atlasini yaratish maqsadida o‘rmon fondini xatlovdan o‘tkazish;
o‘rmon daraxtzorlarini, shu jumladan noqonuniy kesish, yong‘inlar va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishni yaxshilash;
daraxtzorlar bilan qoplangan o‘rmon fondi �aydonini 3, 3 million gektarga yetkazish va bunda majburiy ravishda o‘tkazilgan daraxtlar sifati hamda turlar xilma-xilligini mahalliy daraxt va buta navlari yordamida oshirish;
asosan biologik va ekologik jihatdan xavfsiz usullardan foydalangan holda zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
masofaviy usullar asosida o‘rmonlarni monitoring qilishning zamonaviy tizimini joriy etish;
o‘rmon fondining sifat tarkibini yaxshilash hamda uning o‘rmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi chidamliligini oshirish maqsadida ilmiy va seleksiya ishlarini takomillashtirish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Davlat (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida) va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari.
|
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi
|
Respublikada atmosfera havosining ifloslanish darajasini kamaytirish hamda biologik xilma-xillikni saqlash va qayta tiklash.
|
9.
|
Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar (keyingi o‘rinlarda — QTH) tarmog‘ini kengaytirish va rivojlantirish.
|
I — V toifadagi QTH maydonlarini respublika hududining 7 foizigacha yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Davlat va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari.
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,
Fanlar akademiyasi
|
Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya tavsiyalarining respublika tomonidan bajarilishi, QTHlarni boshqarish samaradorligining oshishi.
|
10.
|
Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari, QTHning davlat kadastrini yuritish va ularni monitoring qilish jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilish.
|
Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari, QTHni muhofaza qilish va to‘g‘ri foydalanish maqsadida ularning davlat kadastri yagona ma’lumotlar bazasini yaratish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida monitoring qilishni ta’minlash.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Davlat va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari.
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi
|
Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari, QTHning davlat kadastrini yuritish va ularni monitoring qilishning takomillashtirilishi.
|
11.
|
Biologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
Xalqaro tajribani o‘rganish.
|
2020-yil 1-yanvar
| |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi
|
Autentik (asl) bioxilma-xillikni, shu jumladan hayvonot va nabototning indemik turlarini saqlash va qayta tiklash, shuningdek, aholi salomatligini himoya qilishning ta’minlanishi.
|
Quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning yagona tizimini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasining “Biologik xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish:
|
2020-yil 1-iyun
| |
davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini belgilash;
| | |
biologik xavfsizlikni kuchaytirish;
| | |
tabiiy turkumlar va qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat qilish;
tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar bo‘lgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish..
| | |
Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
|
2020-yil 1-sentabr
| |
Qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish
|
2021-yil
1-mart
| |
12.
|
Biologik xilma-xillikni saqlashning qonuniy asoslarini takomillashtirish.
|
Quyidagilar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rish:
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini qo‘riqlashni kuchaytirish, shuningdek, ulardan foydalanishni nazorat qilish;
pitomniklarda o‘stirilgan biologik xilma-xillik obyektlaridan foydalanishni rag‘batlantiruvchi soliq va bojlar tizimini yaratish hamda ularni tabiiy muhitdan tortib olish hajmlarini qisqartirish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
—
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar
|
Tabiiy muhitdan tortib olishni kamaytirish hisobiga bioxilma-xillikni saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish.
|
13.
|
O‘simlik dunyosi obyektlarini saqlash va qayta tiklash chora-tadbirlari.
|
Dorivor, ozuqa va texnik o‘simliklarning yovvoyi holda o‘suvchi turlari tabiiy zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish.
|
2020-yil 1-iyun
|
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari
|
Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi
|
Dorivor, ozuqa va texnik o‘simliklarning yovvoyi holda o‘suvchi turlari zaxiralarini aniqlash, o‘simliklar dunyosining ayrim obyektlarini yovvoyi tabiatdan tortib olish hajmlarini kamaytirish.
|
Qizilmiya, kavrak, qovul hamda boshqa turdagi dorivor, ozuqa va texnik o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha plantatsiyalar tashkil qilish va shu yo‘l bilan ushbu turlarni tabiatdan tortib olish darajasini 2018-yildagiga nisbatan 20 foizga kamaytirish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi
|
14.
|
Hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash va qayta tiklash chora-tadbirlari.
|
Hayvonot dunyosining yo‘qolib ketish arafasida turgan obyektlarini ko‘paytirish bo‘yicha mavjud pitomniklarni kengaytirish va yangilarini tashkil qilish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi
|
Hayvonot dunyosi obyektlarining tabiatda ko‘payishini oshirish va yovvoyi tabiatdan tortib olish hajmlarini kamaytirish.
|
Pitomniklarda yetishtirilgan, Qizil kitobga kiritilgan tuvaloqlarni tabiatga qo‘yib yuborish miqdorini yiliga 2000 tagacha ko‘paytirish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari
|
Buxorodagi “Jayron” ixtisoslashtirilgan pitomnigidagi jayronlar bosh sonini 850 taga yetkazish choralarini ko‘rish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |