MAVZU:O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
REJA:
1. FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI TUSHUNCHASI, UNING
MA’NO VA MAZMUNI.
2. RIVOJLANGAN G’ARB DAVLATLARIDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI
3. MAMLAKATIMIZNI DEMOKRATIK YANGILASH JARAYONIDA
FUQAROLIK INSTITUTLARINING ROLI VA AHAMIYATINING
KUCHAYTIRILISHI.
“Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik
qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning
muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi,
ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit
yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda”.
Islom Karimov
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – erkin bozor
munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik
jamiyatini barpo etish, odamlar turmush darajasini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish,
mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.
Fuqarolik jamiyati muayyan hududda yashovchi, erkin va ozod kishilardan iborat aholi,
millat va xalqning yashash tarzini anglatadi. Fuqarolik jamiyati demokratiyaga asoslangan
davlatchilik sharoitida shakllanadigan va rivojlanadigan ijtimoiy muhitdir. Fuqarolik jamiyati
shunday ijtimoiy muhitki, bunda fuqarolar o‘zaro hamkorlik asosida ijtimoiy va boshqa
ehtiyojlarini qonuniy ravishda o‘zlari qondirib boradi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi:
birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy
mulk egalari hisoblanadi. O‘rta mulkdorlar sinfi – jamiyat umumiy aholisining ko‘pchiligini
tashkil qiladi. Binobarin, xususiy mulk – fuqarolik jamiyati shakllanishi va
funksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi.
Fuqarolik jamiyati amal qilishining ikkinchi muhim omili erkin bozor iqtisodiyotidir.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun keng
imkoniyatlar yaratilishi mumkin.
Fuqarolik jamiyatining uchinchi muhim belgisi quyidagilardan iborat: har qanday
demokratik davlat fuqarolarning ehtiyojlari va manfaatlarini yuqori darajada qondirib borishni
nazarda tutadi. Ammo hozirgi zamonning o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
sharoitida davlat tashkilotlarining fuqarolar ehtiyojlari va manfaatlarini aniqlash, ulardan
xabardor bo‘lish imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. Bu muammoni bartaraf etishning
yagona yo‘li – davlat tashkilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi ko‘plab
funksiyalarini bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlar, birlashmalarga ya’ni fuqarolik jamiyati
institutlariga o‘tkazish hisoblanadi.
O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo
etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar -
ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat
tipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar,
jamg‘armalar va b.)ning faoliyatini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar jamiyat
hayotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida,
fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat
notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, turli sohalar bo‘yicha markazlar, jamg‘armalar,
assotsiatsiyalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, diniy tashkilotlar bo‘lib, ular, mamlakatimizda
fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. Ular, fuqarolarning ijtimoiysiyosiy
faolligini oshirishda, hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlashda
muhim rol o‘ynaydi.
Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tib borish
jarayonida, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini, qiziqishlarini qondirib borishda davlat
tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining roli
kattadir. Fuqarolik jamiyatiga yaqinlashgan sari boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat
tasarufidan o‘z-o‘zini boshqaruv tizimiga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, ayrim olingan
shaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu
asnoda jamiyat o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbar
xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati bilan emas, balki demokratiyaga asoslangan,
fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor bo‘ladi va har qanday ijtimoiy
faoliyat asosini tashkil qiladi.
Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati: unga a’zo bo‘lgan kishilar,
shaxs, ijtimoiy guruhlar, kasb–kor egalarining tub manfaatlarini, hayotiy ehtiyojlarini, amal
qilish mazmuniga mos holda qondirib borishdan iboratdir. NNTlarning har qanday faoliyati,
o‘tkazadigan ommaviy tadbirlari ana shu maqsadga qaratiladi.
Hozirda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi
uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat a’zolarining
manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash va himoya qilishdan iborat. Fuqarolik jamiyati
institutlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolarning o‘zligini anglashga, ijtimoiy munosabatlarda
o‘zini o‘zi boshqarishga qaratilgan, ixtiyoriy tarzda birlashgan, muayyan bir maqsadga erishishni
nazarda tutgan nodavlat tipidagi tashkilotlardir.
Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari
va jamoat birlashmalari o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat muassasalaridan farq qiladi. O‘zbekiston
Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasida “nodavlat
notijorat tashkiloti” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Nodavlat notijorat tashkiloti –
jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad(foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni
(foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish
tashkilotidir” 1.
“Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy
maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini
amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi” 2.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat
notijorat tashkilotlari 3-sektor deb ham yuritiladi. 1-sektor davlatga qarashli bo‘lgan
muassasalar(masalan, umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim
muassasalari kabilar shular jumlasidandir), 2-sektor esa turli ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda
faoliyat ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari(masalan, birlashmalar, kichik va o‘rta
biznes, hususiy korxonalar shular jumlasidandir), hisoblanadi. Bunga yirik sanoat korxonalaridan
tortib o‘rta va kichik korxonalar, kichik, o‘rta biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi turli
xususiy korxona va tashkilotlar kiradi.
Nodavlat va jamoat birlashmalari o‘zini o‘zi boshqarish organlari sifatida fuqarolar
manfaatlarini himoya qiladi. Kishilar o‘z qiziqish va manfaatlarini individual holda emas, balki
fuqarolik institutlari orqali amalga oshirishi mumkin. Fuqarolar o‘z manfaatlarini qonun
ustuvorligiga asoslangan tarzda himoya qila olsagina hayotdan qoniqib yashaydi, o‘zi
yashayotgan jamiyatni adolatli deb biladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy adolat
tamoyilining ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to‘liq amal qilib borishida nodavlat va jamoat
birlashmalarining roli beqiyosdir. Aynan mana shu nodavlat va jamiyat tashkilotlari
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, Prezident
Islom Karimov: “Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda aholining turli ijtimoiy
guruhlari va keng qatlamlari manfaatlarini ifoda etadigan mustaqil va barqaror nodavlat notijorat
tashkilotlar, erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining
rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi,” 3 – deb bejiz aytmagan.
Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, nodavlat va jamoat
tashkilotlarining faoliyati jamiyatda qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, fuqarolarning ulardagi
ishtiroki qanchalar faollashsa, shunga mos ravishda ijtimoiy adolat tamoyillari ham to‘laroq amal
qilib boradi.
Fuqarolik jamiyati ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal
qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar -birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar,
markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyati darajasi bilan belgilanadi. Mazkur
tuzilmalar ijtimoiy munosabatlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, diniy, ta’lim-tarbiya
va turmush tarzi kabi sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z
navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi. Ushbu tashkilotlarning
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular davlat tomonidan emas, balki fuqarolarning o‘zlari
tomonidan tashkil qilinadi va mavjud qonunlarga amal qilgan holda davlat tashkilotlari
tasarrufidan xoli ravishda faoliyat yuritadi.
Fuqarolik jamiyati institutlari davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma’lum qonunqoidalar
va me’yoriy hujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar, ya’ni
nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, jamoat fondlari kabilarni
o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) aholining ayrim yoki muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab
ishlashga ixtisoslashgan, hukumatga qarashli bo‘lmagan umummilliy tashkilotlar. Bunday
tashkilotlar jumlasiga “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nogironlar”
uyushmasi, “O‘zbekiston ekologik harakati”, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kabi
tuzilmalar kiradi;
2) ixtisoslashgan milliy va xalqaro jamg‘armalar: “Ekosan”, “Sog‘lom avlod uchun”,
“Amur Temur”, “Matbuotni demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash”, “Orolni qutqarish”
jamg‘armalari, “Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat va fan arboblari anjumani” singari
tashkilotlar;
3) hukumatga qarashli bo‘lmagan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar: Shaxs
huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Inson huquqlari va gumanitar huquqni o‘rganish markazi,
Inson huquqlarini himoya qilish milliy markazi, Huquqiy yordam ko‘rsatish jamiyati va
boshqalar;
4) ijodkor ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari: yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar,
arxitektorlar, kinematograflar, shuningdek, sudyalar va advokatlarning jamoat uyugmalari;
5) milliy madaniyat markazlari. Ular O‘zbekistonda yashovchi milliy (ozchilikni tashkil
etuvchi) jamoalar vakillarining madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlarini saqlab qolish va
avloddan-avlodga yetkazib berish maqsadida tuzilgan tashkilotlar sanaladi. Respublikamizda
hozirgi paytda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150ga yaqin milliy-madaniy markaz
(MMM)lar faoliyat olib bormoqda;
6) umummilliy jamiyatlar va jamg‘armalar: Bolalar, mehribonlik uylari
tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish, Talabalar jamg‘armalari, “Mehr nuri” jamg‘armasi
kabilar;
7) ijtimoiy ahamiyat va ijodiy qiziqishlar bilan bog‘liq, asosan, ekologiya masalalari
bo‘yicha mahalliy birlashmalar: sayyohlik va badiiy havaskorlik klublari, nogiron bolalar otaonalarining
birlashmalari;
8) jamoat muassasalari: “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Jurnalistlarni tayyorlash
xalqaro jamoatchilik markazi singari hukumatga qarashli bo‘lmagan ijtimoiy muassasalar shular
jumlasidandir.
Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari nodavlat va jamoat birlashmalari orqali
shakllanadi. Pirovardida, jamiyat hayotida avtoritar va totalitar boshqaruvga xos xususiyatlar
barham topib boradi. Shu o‘rinda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat muassasalaridan
farqlanuvchi xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim.
Davlat muassasalarida xodimlar muayyan tartib-qoidalarga bo‘ysungan holda, ma’muriy
yo‘riqnomalar, buyruq va talablar asosida faoliyat yuritadi. Bizningcha, subordinatsiya (o‘zidan
yuqori turgan xodimlar, rahbarga qat’iy bo‘ysunish qoidasi – K.Yu.) shaxsning erkin faoliyat
ko‘rsatishini muayyan tarzda cheklaydi. Davlat muassasalarida ma’muriy-buyruqbozlikka
asoslangan boshqaruv shaxs faolligi, tashabbuskorligiga to‘siq bo‘ladi. Demokratik tamoyillarga
asoslangan, liberal, ochiqko‘ngil, har qanday individualizm, volyuntarizm va sub’ektivizmdan
xoli, adolatli, tanqidga bardoshli, har bir masalaga xolis yondashuvchi rahbarni har bir tashkilot
yoki muassasada uchratish qiyin.
Fuqarolik jamiyati institutlari esa o‘zlarining mohiyatiga ko‘ra, davlat tashkilotlaridan
farq qiladi va ularga ijtimoiy konstruktivlik, ya’ni jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishga
yo‘nalganlik xosdir. Bunday jamoat tashkilotlari ma’lum bir ijtimoiy makon – jamiyatda tashkil
topadi. Bu esa ularning ushbu hududning tarkibiy qismi, instituti ekanligini anglatadi. Modomiki,
jamiyat tub o‘zgarishlarga yuz tutgan ekan, fuqarolik jamiyati institutlari ushbu jarayonlardan
chekkada tura olmaydi. Shu ma’noda, ular jamiyat muammolarini bartaraf etishda faol ishtirok
etadi.
Ularning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
milliy qadriyatlarimizni dunyo hamjamiyatiga targ‘ib qilish;
yurtimizga qarshi qaratilgan, jamiyatimiz hayotiga tahdid soluvchi buzg‘unchi, yot
g‘oyalar, g‘oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, diniy ekstremizmga qarshi
kurashish yuzasidan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish;
yangidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, chetdan g‘arazli maqsadlar bilan hayotimizga
suqilib kirishga yo‘naltirilgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi aholining turli qatlamlari
o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
yoshlar ijodini rag‘batlantirishga, rivojlantirishga qaratilgan faoliyat ko‘rsatish;
kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar, yoshlar orasida
komil axloq, o‘zaro insoniy munosabatlar, mehr-muruvvat, millatlararo totuvlik, dinlararo
bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini olib borish;
Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismonan
baquvvat avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;
Vatan ozodligi yo‘lida kurashib, jon fido qilgan buyuk ajdodlarimizning ibrati, o‘tmish
saboqlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida odamlar qalbida milliy g‘urur
va hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaslik tuyg‘usini kamol toptirish kabilar shular
jumlasidandir.
Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti tomonidan aniqlanishicha, hozirda O‘zbekistonda
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining 40 foizi –
ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarni himoya qilishga, 14,2 foizi – ayollar va yoshlar muammolarini hal
etishga, 13,6 foizi – sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya sohasiga, 12 foizi esa boshqa ijtimoiy
ahamiyatga molik vazifalarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.4
2005 yilning may oyida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 150 ga yaqin NNT vakillari
tashabbusi bilan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosatsiyasi tashkil etilgan
bo‘lib, ayni paytda, ushbu tashkilot 450 dan ortiq NNTlarni o‘zida birlashtirgan.
XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi boshida qator arab (Misr Arab Respublikasi, Tunis,
Suriya, Yaman, Liviya, Bahrayn, Sudan kabi) mamlakatlarida ijtimoiy noroziliklar, xalq
chiqishlari avj olib, ularning ba’zilarida fuqarolik urushi natijasida minglab kishilar qurbon
bo‘ldi. Bizningcha, bu voqealar shu mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining
cheklanganligi, aholi turli qatlamlarining ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa manfaatlari
hamda ehtiyojlarini qondirilmaganligi oqibatida yuz bermoqda. Shu o‘rinda aytish lozimki,
demokratiya fuqarolik jamiyatining nafaqat birlamchi zaruriyati, balki bunday jamiyatning
shakllanishi va rivojlanishining muhim talabi hamdir.
Rivojlangan G‘arb davlatlarida ko‘plab fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatadi.
Ular jamiyat hayotining aniq bir muammosi bilan shug‘ullanishiga ko‘ra farq qiladi. Aksariyat
nodavlat notijorat tashkilotlari insonparvarlik maqsadlarida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Hattoki, ularning ba’zilari umummilliy, mamlakat, halqaro miqyosda faoliyat ko‘rsatish
darajasiga ham erishgan. Ayniqsa, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashkil topgan
fuqarolik jamiyati institutlari bir mamlakat doirasidan chiqib, xalqaro miqyosda faoliyat
yuritmoqda. G‘arb davlatlaridagi “Grin Pis” (“Yashillar harakati”) kabi tashkilotlar shular
jumlasidandir. Masalan, hozirda AQShda 1 milliondan ortiq fuqarolik jamiyati institutlari
mavjud bo‘lib, har 305 kishi boshiga bittadan to‘g‘ri keladi.
Rivojlangan G‘arb davlatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi
Fuqarolik jamiyati bir vaqtning o‘zida muayyan g‘oya va mafkura, aniq asosga ega bo‘lgan voqelikni qamrab olmasada uning amaliy xarakteri bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Chunki bunday o‘z-o‘zini institutsional boshqaruv shakli bir tomondan, shaxsiy erkinlik, o‘zaro munosabatning turi va predmetini erkin tanlashga imkon beruvchi ijtimoiy munosabatlarning aniq sohasi va qizqishlarni sub’ektiv qondirish usuli sifatida talqin qilinsa, boshqa tomondan, yuzaga kelgan aniq voqea-hodisaga o‘ziga xos “kuchli va mustaqil shaxs” nuqtai nazaridan yondoshish imkonini beruvchi ijtimoiy tizim sifatida rivojlanib boradi. Masalan, AQSHda fuqarolik jamiyatining dastlabki rasmiy institutlari diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar sifatida faoliyat olib borgan. G‘arbiy Evropada esa bundan farqli ravishda fuqarolik jamiyati institutlari iqtisodiy sohada o‘z-o‘zini namoyon qilib, bu yangi va eski tipdagi, oldingi uyushmalar va korporativ birlashmalar asosida tashkil topgan mustaqil bozor tashkilotlari sifatida faoliyat yuritgan. Germaniyada fuqarolik jamiyati institutlarining o‘ziga xos faoliyati gildiyada o‘z aksini topib, o‘z vaqtida hunarmand va savdogarlarning o‘z-o‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazishning dastlabki shakli sifatida qaror topgan. O‘z navbatida Evropaning Florensiya, Paduyava boshqa shaharlari o‘zini gildiya-shahar(townsmen) sifatida shakllantirgan.
Hozirgi davrda rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi. YA’ni shaxs erkinligi oliy qadriyat sifatida baholanadi. Masalan, AQSH, Buyukbritaniya, Avstraliyada mazkur prinsip sabab davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kuchli davlat an’anasi SHarq davlatlari kabi ko‘pgina G‘arb mamlakatlariga ham xos, ayniqsa Germaniya davlat boshqaruv tizimida bu holatga bevosita guvoh bo‘lishimiz mumkin. YA’ni Germaniya ijtimoiy-siyosiy hayotida davlatning roli jamiyat hayotini barqarorlashtirishdagi ahamiyati kuchli hisoblanadi. SHu boisdan ham davlat tuzilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda milliy birdamlik g‘oyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham shaxsiy erkinlik davlat qudratiga bog‘lab talqin etiladi. Unga ko‘ra davlat kuchli bo‘lsagina, shaxs qiziqishlari va erkinligini himoya qila oladi. YA’ni, davlat tartibi g‘oyasi, milliy birdamlik
shaxs erkinligidan ham ustun qo‘yiladi. Bunday xokimiyat boshqaruv tizimi Germaniyadan tashqari Fransiya va YAponiyaga mamlakatlariga xosdir. SHuningdek, Germaniyada fuqarolik jamiyati sohasida va uning faolligini oshirishda fuqaroga nodavlat sektorni rivojlantirishning muhim maqsadli ob’ekti sifatida e’tibor qaratiladi. Germaniyada muhim siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishida hamda insonning qonuniy huquq va erkinliklari himoya qilinishidafuqarolik jamiyati institutlari muhim rol o‘ynaydi. Bunda davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining ta’minlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining muhim vazifasi deb qaraladi. Davlat tizimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishida nohukumat tashkilotlarining rolini kuchaytirish davlatning jamiyat bilan samarali o‘zaro aloqada bo‘lishi mexanizmlarini mustahkamlaydi.
Germaniyada fuqarolarning davlat organlari faoliyati to‘g‘risida erkin axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish ko‘p qirrali va murakkab jarayon sifatida baholanadi. SHuning uchun ham mazkur jarayonlar axborot erkinligiga oid huquqiy mexanizmlar asosida tartibga solinadi. CHunki bugungi kunda ommaviy axborot vositalari xodimlarining zamonaviy axborot bozori sharoitida jamiyat oldidagi mas’uliyati hamda javobgarligini yanada chuqur anglashiga xizmat qiluvchi zarur mexanizmlarni ishlab chiqish muhimdir. SHuning uchun ham 2003 yilning mayida Germaniyada oila, keksa fuqarolar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mitaning kichik bo‘limi (Fuqarolik faolligi bo‘yicha kichik qo‘mita)tashkil etilgan. Uning vazifasiga Germaniyaning fuqarolik jamiyatini tadqiq etish tavsiyalarini bajarishga ko‘maklashish hamda o‘z yo‘nalishidagi qonun loyihalari va tashabbuslarini muhokama qilish kiradi.
SHuningdek bu mamlakatda aholining davlat, tijorat va jamoat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchi “uchinchi sektor”ni rivojlantirishning muhim mezonlari hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonidagi «birinchi» va «uchinchi» sektorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni institutsionallashtirish har ikki tomon uchun foydali hisoblanadi. Bunday hamkorlik siyosatini belgilab beradigan hujjatlar davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muayyan bosqichi uchungina foydali bo‘ladi. Ularda davlat hokimiyatining fuqarolik jamiyati roliga nisbatan yangicha nuqtai-nazari aks etadi va uchinchi sektor tashkilotlari bilan samarali o‘zaro hamkorlik asoslari yaratiladi161.
Germaniyada “uchinchi sektor” fuqarolik jamiyati, faol fuqarolik va birdamlik hissi – yaqin yaqingacha faqat siyosatshunoslarni qiziqtirgan tushunchalar endilikda barcha ijtimoiy-gumanitar soha vakillari tomonidan muhokama qilinmoqda. Buning siri nimada? Nima sababdan bugun uning ahamiyati bunchalik oshgan? Birinchidan “uchinchi sektor” – fuqarolik jamiyatining tashkiliy infratuzilmasi – uzoq yillar davomida rivojlanuvchi iqtisodning muhim tarmog‘iga aylandi. Masalan, birgina Germaniyaning o‘zida 1990 yildan 1995 yilgacha u 30% o‘sdi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, uchinchi sektor mehnat bozori uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 90 yil o‘rtalariga kelib Germaniya aholisining tahminan 2,1 mln. (ish bilan banlarning 5%) notijorat sektorda bo‘lgan. Boshqa mamlakatlarga nisbatan Germaniyaning “uchinchi sektori” o‘zining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra “o‘rtacha” hisoblanadi. Unchalik katta bo‘lmagan boshqa G‘arb mamlakatlari - Niderlandiya, Irlandiya, Belgiya – bu jihat bo‘yicha 10% gacha chiqqan xolos. Sababi davlat va “uchinchi sektor” o‘rtasida bevosita va uzluksiz hamkorlik bu
mamlakatlarda Germaniya darajasida rivojlantirilmagan. Germaniyada davlat va “uchinchi sektor” o‘rtasidagi subsidarlik tamoyilining qo‘llanilishi beg‘araz yordam bilan chegaralanadi.
Iqtisodiy jihatdan Germaniyada “uchinchi sektor” davlat moliyaviy resurslariga bog‘liq. Beg‘araz fondlar va ularning davlat tomonidan moliyalashtirilishi “uchinchi sektor”ning davlatga bog‘liqligini oshiradi. Va bu jihat ayniqsa boshqa davlatlar bilan solishtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Katta moliyaviy yordam olishda ifodalanuvchi siyosiy partiyalar va davlatga yaqinlik “uchinchi sektor” elementlarini fuqarolik jamiyatidan tashqarida bo‘lishiga va kvazidavlat sektoriga kirishiga olib keladi. Biroq “uchinchi sektor” “ezgu ishlar homiyligidan” iborat emas. Tashkilotlarda o‘tgan vaqt uchun to‘lanmaydigan pul miqdori to‘liq bandlikdagi millionlab odamlarga to‘lanadigan pulga teng bo‘lgan. Jamoatchilik asosidagi faoliyatning manbai bo‘lgan birdamlik hissi fuqarolik jamiyati mavjudligining muhim asosi hisoblanadi. Oxirgi tadqiqotlar ko‘rsatishicha, Germaniyada 14 yoshdan katta bo‘lganlarning 34% jamoatchilik asosida (“uchinchi sektor” tashkilotlarida - 80%) faoliyat olib borib, bunga haftasiga o‘rtacha 5 soat vaqtini sarflaydi.
Oxirgi uch o‘n yillikda Germaniyada fondlar soni tobora oshib bormoqda. Ularning faoliyati qonuniy asos bilan mustahkamlanadi. Ular orasida yangi turdagi fuqarolik yoki shahar fondlari bo‘lib, bunda tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar hamkorlik asosida mahalliy miqyosda u yoki bu muammoni bartaraf qilish yo‘lida birlashadi. Germaniyaning yangi erlarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 1990 y. SHarqiy Germaniyada haqiqiy “portlash” bo‘lgan, bunda 80.000 to 100.000gacha jamiyatlar tashkil topgan. Germaniyada tuzilgan tashkilotlar o‘ziga xos jihati ijtimoiy-siyosiy jihatdan markaziy sohalar – atrof-muhitni saqlash va xalqaro faoliyat jabhasidagi dinamikasi bilan bog‘liq. “Uchinsi sektor” tashkilotlari a’zolarining tobora oshib borishi uning odamlar hayotiga kirib borganligidan dalolat beradi. Qolaversa, “uchinchi sektor” ko‘p jihatdan jamiyatning o‘z-o‘zini tashkillashtirish va innovatsiyalarga nisbiy layoqatidan dalolat beradi. YA’ni bu faoliyatdagi yangilik asosan hukumat faollik ko‘rsatmagan sohalarda yuzaga keladi. SHu nuqtai nazardan bu hodisani ijobiy baholash mumkin. AQSHda kuzatilayotgan "Bowling alone" – ijtimoiy faollik halokati fenomeni Germaniya jamiyatiga xos emas.
Qiziqishlarni ifodalash funksiyasi bunda qanday amal qiladi? degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Eng yangi jarayonlar shuni ko‘rsatadiki, “mavzu advokat”lari deb nomlanuvchi atrof-muhitni saqlash va xalqaro faoliyat tashkilotlariga pulni sarflash va ularda jamoatchilik asosida ishtirok etish modaga aylanyapti. “Mavzu advokatlari” ga o‘xshashlarning mavjudligini, “uchinchi sektor”ning davlat funksiyalariga ta’sir qilishi yoki davlatning amal qilish chegarasini ko‘rsatishga qodirmi? Germaniya misolida biz buning qarama-qarshi, ammo umuman olganda ijobiy natijalarini ko‘ramiz. Aynan yangi va o‘ziga mustahkam ishonchi bo‘lgan, davlat otalig‘idan tashqarida vujudga kelgan tashkilotlar o‘ziga xos fuqarolik jamiyatidan dalolat beradi. “Uchinchi sektor” va siyosatning boshqa sohalarini oladigan bo‘lsak, fuqarolik jamiyati ustuvorliklari, pruss-protestant etatizm va katolik paternalizmni o‘zida mujassam etgan Germaniya an’anasiga ziddir. Mazkur etatistik-paternalistik an’ana subsidarlik konsepsiyasida o‘z ifodasini topadi. Subsidar hisoblangan va shu bilan birga markaziy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga munosib bo‘lgan tashkilotlar avvalo huquqiy chegaralar bilan belgilanadi, bu o‘z navbatida unchalik katta bo‘lmagan tashkilotlar imkoniyatlarini chegaralaydi. Bunda fuqarolik jamiyatining emas balki davlat va kommunalar qiziqishlari himoya qilinadi.
Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining
roli va ahamiyatining kuchaytirilishi.
Hozirda, O‘zbekistonda, jamiyat hayotini demokratik yangilash jarayonida fuqarolik
jamiyati institutlarining faoliyati, ularning ijtimoiy munosabatlardagi ishtiroki, roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. “Bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari demokratik qadriyatlar,
odamlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy,
sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishning muhim omiliga aylanmoqda”14
Boshqaruvning ko‘plab funksiyalari bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan o‘z-o‘zini boshqarish
organlariga o‘tkazib borilmoqda. Aholining turli qatlamlari nodavlat va jamoat tashkiloti orqali
jamiyat boshqaruvida faol qatnashmoqda.
So‘nggi yillarda “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunlar,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari
rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul
qilindi hamda ular fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim
ahamiyat kasb etdi.
Yurtboshimiz tomonidan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning
o‘z-o‘zini boshqarish organlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilarini saylash
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ekologik
nazorat to‘g‘risida”gi Qonunlarni, inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini qabul qilish
zarurligi to‘g‘risidagi takliflari yurtimizda kuchli fuqarolik jamiyatini barpo qilish uchun muhim
zamin hozirlaydi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini shakllantirish
va rivojlantirish istiqbollarini muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining yuzga yaqin
ma’ruza va nutqlarida hamda asarlarida, ularni tashkil qilish, davlat tomonidan qo‘llabquvvtlash,
rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusidagi istiqbollari bilan
bog‘liq qarashlarini asoslab berdi.
Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, mamlakatimizda demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynamoqda.
Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
va Senatining2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi”ga bag‘ishlangan ma’ruzasining beshinchi bobi “fuqarolik jamiyati institutlarini
shakllantirish va rivojlantirish”ga bag‘ishlangan. Ushbu konsepsiyaning beshinchi bobi bevosita
fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda ushbu tuzilmalarning nechog‘liq ahamiyat kasb
etishi, bu borada kelgusida qilinadigan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida yaqin
yillarda qabul qilinadigan muhim qonunlar, amaldagi qonunlarga kiritilishi lozim bo‘lgan
o‘zgartirishlar xususida fikrlar bayon qilingan. Bular asosan quyidagilardan iborat:
Hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi,
Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarini tobora rivojlantirish
maqsadida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul
qilindi.
“Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish choratadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llabquvvatlashni
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror “uchinchi sektor” deb
nom olgan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tashkiliy-texnikaviy va iqtisodiy negizini
mustahkamlamoqda.
Islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash uchun “Ijtimoiy sheriklik
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilish.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish.
“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.
“O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish. Inson
huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish. O‘zbekiston Respublikasining
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.
Sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan
ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim davlat
dasturlarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy asosini
yaratib beradigan qonun hujjatlari majmuasini ishlab chiqish.
“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.
Hozirga kelib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining huquqiy asoslari
barpo qilingan. Konsepsiyada ta’kidlab o‘tilganidek, “O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizni
demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga,
fuqarolarning eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan 200 dan ortiq
qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu soha rivojiga bo‘lgan katta e’tiborni ko‘rsatadi”15
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy
manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z
salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy
madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini
ta’minlashga ko‘maklashmoqda”16.
Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida yurtimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida nodavlat
notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini yanada kuchaytirish to‘g‘risida fikr
bildirib, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini
kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat
kasb etishini alohida qayd etib o‘tdi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini
amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining
huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat
tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarni takomillashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bizningcha, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida uchta sektor o‘rtasidagi
o‘zaro ijtimoiy sheriklik munosabatlari va bu munosabatlarning huquqiy asoslari o‘z ifodasini
topmog‘i lozim. Chunki mazkur faoliyat mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashda
alohida ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy sheriklik davlat hokimiyati organlari (ayniqsa, Adliya
vazirligi va unga qarashli bo‘lgan boshqarmalar, viloyat, shahar va tuman hokimliklari kabilar) tomonidan 2- va 3-sektorning muhim tarmoqlarini shakllantirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi
uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sharoitlar yaratib berishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustda e’lon qilingan “Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini
shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, mamlakatni
modernizatsiya qilish jarayonida nodavlat, xususiy tashkilotlari faoliyatini yanada kengaytirishda
muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etadi. Bu bejiz emas. Chunki odamlar ongida
demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda,
mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirish va
chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Har qanday nodavlat tashkiloti va jamoat birlashmasining jamiyat ijtimoiy hayotida
samarali faoliyat ko‘rsatishini asosiy va muhim sharti ularning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan
ta’minlanganligidir. Zero, moddiy-moliyaviy jihatdan baquvvat bo‘lgan nodavlat notijorat
tashkiloti aholi turli qatlamlari, ijtimoiy guruhlarining turli maqsad-manfaatlari, ehtiyojlarini
to‘laroq qondirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. NNT mablag‘larining salmoqli qismini aholi
o‘rtasida ma’naviy-mafkuraviy ishlarni amalga oshirishga sarflanmog‘i lozim. Chunki aholini
yuksak ma’naviyatga, siyosiy va huquqiy madaniyatga erishuvi orqaligina huquqiy demokratik
davlat va fuqarolik jamiyati asoslari barpo qilinadi. Bu borada ham mamlakatimizda muhim
ishlar amalga oshirib borilmoqda.
2008 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati
Kengashining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Unda nodavlat
notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyaviy jihatdan qo‘llabquvvatlash
jamoat fondi, Fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasini
tashkil qilish yuzasidan qaror qabul qilindi.
Qo‘shma qaror jamoat fondlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga moliyaviy ko‘mak
berish orqali ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish va shu orqali fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatini amalda kuchaytirishni nazarda tutadi. Ushbu Fond va
Parlament komissiyasi “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari
to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonunlarga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan ajratilgan
mablag‘lar taqsimlanishini tashkil etish, NNTlarni moddiy, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
dasturini shaklllantirish hamda amalga oshirish maqsadida tuzildi.
Hozirda “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorga binoan,
NNTlar faoliyatini moliyalashtirish manbalarini shakllantirishning demokratik tamoyillarga
asoslangan tizimi yaratildi. Bugungi kungacha ushbu fond tomonidan respublikada nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 30 milliard so‘mdan ortiq
mablag‘ ajratildi.
AQShda 1 mln.dan ko‘proq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritadi. Umumiy
aholisining har 300 kishisiga bittadan NNT to‘g‘ri keladi. Ularda Amerika aholisining 7,8 foizi
xizmat qiladi. Rivojlangan 22 ta mamlakatda ish bilan band aholining 4,9 foizi bevosita nodavlat
sohada mehnat qiladi. Bu ko‘rsatkich Niderlandiyada 12,4, Irlandiyada 11,5, Belgiyada 10,5,
Isroilda 9,2, Avstraliyada 7,2 va Buyuk Britaniyada 6,2 foizga tengdir. Rossiyada hozirda 600
mingdan ziyod NNTlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib (hozirda Rossiya aholisi 142 millionga
yaqin), har 236 kishiga bittadan NNT to‘g‘ri keladi. Rossiya Federatsiyasining birgina Yaroslavl
viloyatida 4000 ga yaqin NNT rasman ro‘yxatga olingan. Ammo hozirda ularning 30 foizigina
faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda esa jami 7 mingga yaqin fuqarolik jamiyati institutlari
faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, aholining har 4300 kishiga bittadan nodavlat tashkilotlari va
jamoat birlashmalari to‘g‘ri keladi. Ularning salmog‘i yildan-yil ortib bormoqda.
“Mazmun-mohiyatiga ko‘ra, – deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, – sotsial-iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy islohotlarni, biz tanlagan davlat va jamiyat qurilishi modelini tatbiq etish
jarayonida fuqarolarning mamlakat boshqaruvidagi rolini oshirib borishni asosiy o‘ringa
qo‘yadigan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” dasturini amalga oshirish
bo‘yicha ishlarni yanada faollashtirish masalasini bugun hayotning o‘zi kun tartibiga tobora
qat’iy qilib qo‘ymoqda. Bu amalda fuqarolik jamiyati institutlarining butun tizimini
rivojlantirish, uning mamlakatni, ma’muriy-hududiy tuzilmalarni boshqarish jarayoniga uyg‘un
ravishda integratsiyalashuvini anglatadi”17.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy-madaniy
markazlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ular O‘zbekistonda istiqomat
qilayotgan 130dan ziyod turli millat va elat vakillarining maqsad hamda manfaatlarini
ta’minlashga, milliy qadriyatlari, udumlarini saqlashga ko‘mak berib kelmoqda. Yurtboshimiz
ta’biri bilan aytganda, “Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, Respublika baynalmilal
madaniyat markazi o‘z faoliyati davomida mamlakatimizda millatlararo va fuqarolararo
totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslar paydo bo‘layotgan
haqiqiy do‘stlik uyiga aylandi”18.
Respublikada hozirgi paytda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliymadaniy
markaz (MMM) faoliyat olib bormoqda. Ulardan 14 tasi respublika maqomiga ega.
MMMlarning 31 tasi koreyslar, 23 tasi ruslar, 10 tasi tojiklar, 9 tasi qozoqlar, 9tasi tatarlar
tomonidan (3 tasi tatar-boshqird MMM) tuzilgan. Shuningdek, 8ta ozarbayjonlar, 7ta
turkmanlar, 6 tadan ukrainlar va qirg‘izlar, 5 tadan turklar va Yevropa yahudiylari milliymadaniy
markazlari faoliyat yuritmoqda. Nemislar, polyaklar va armanlar tomonidan 4 tadan,
uyg‘urlar va Buxoro yahudiylari tomonidan 3tadan, beloruslar va qrim tatarlari tomonidan 2
tadan, arablar, bolgarlar, boshqirdlar, greklar, gruzinlar, litvaliklar, qoraqalpoqlar, xitoylar va
dunganlar tomonidan esa 1 tadan MMM tashkil etilgan.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi va MMM faollaridan 71 kishi yuksak davlat
mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shu jumladan, 32 kishi “Do‘stlik” ordeni, 2 kishi “Mehnat
shuhrati” ordeni, 13 kishi “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 7 kishiga faxriy unvon, 17
kishiga O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i berilgan. Mukofotlanganlar orasida 24
millat vakillari bor. O‘zbekiston Qahramoni Vera Borisovna Pak Xorazm viloyati koreys MMM
boshqaruvi a’zosidir. Respublika rus markazi raisi Svetlana Ivanovna Gerasimova esa senator,
O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi.
Televidenie va radioda 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman,
tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi. Gazetalar 10 tilda (o‘zbek,
qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, koreys, tojik, turkman, ukrain, ingliz), jurnallar esa 8 tilda
(o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) bosiladi. O‘rta va oliy ta’lim 7
tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi.
Milliy madaniy markazlar faoliyati mamlakatimizda turli millat vakillarining emin-erkin
umrguzaronlik qilayotganligini, ularning O‘zbekiston fuqarosi sifatida konstitutsiyaviy huquqlari
davlat tomonidan kafolatlanganligini bildiradi. Millatlararo totuvlik esa fuqarolik jamiyati
shakllanishining muhim belgilaridan biridir. Bu tamoyil O‘zbekistonda to‘la amal qilyapti, desak
xato qilmagan bo‘lamiz.
2006 yil O‘zNNTMA tomonidan hududlarda NNTlar faoliyatini yanada rivojlantirish uchun
respublikamizning barcha viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida resurs
markazlari tashkil etildi. Mablag‘larni tejash maqsadida resurs markazlari yuridik shaxs, filial yoki vakolatxona shaklida emas, balki mavjud NNT negizida shartnoma asosida tuzildi. 2006
yilda O‘zNNTMAning Resurs markazi sifatida faoliyat yuritish uchun tanlov asosida 5 ta NNT,
2007 yilda esa 7 ta NNT bilan shartnoma tuzildi. Bu tashkilotlar shartnomaga binoan joy,
kompyuter texnikasi, “Norma” huquqiy bazasi bilan ta’minlandi. Shuningdek, 1 ta xodimga
oylik maosh va Internetdan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi. 2007 yil 13 yanvardan
boshlab respublikamizning barcha hududlarida resurs markazlari faoliyat boshladi.
“O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida resurs markazlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi
Nizom O‘zNNTMAning 2008 yil 12 martdagi kengash majlisida tasdiqlangan.
Mazkur markazlar faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- O‘zNNTMAning hududlardagi a’zolarini axborotlar, assotsiatsiya va hamkorlar bilan
birgalikda tashkil etilayotgan loyihalar, grant tanlovlari xususidagi yangiliklar bilan ta’minlash;
- O‘zNNTMAning hududlardagi a’zolarini NNT faoliyati borasidagi yangiliklardan
xabardor qilish;
- O‘zNNTMAga yangi a’zolarni jalb qilish;
- NNT va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini axborot va texnik jihatdan qo‘llabquvvatlash.
Resurs markazlari tashkil etilishi natijasida O‘zNNTMAning hududlardagi amaliy
harakatlari yanada faollashdi, NNT faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari ham ijobiy samara bera
boshladi, shuningdek, NNT va boshqa jamoat tashkilotlarining O‘zNNTMA faoliyati to‘g‘risida
axborot olish imkoniyati kengaydi.
Umuman olganda, resurs markazlari faoliyatining tahlili NNT va O‘zNNTMA a’zolarining
o‘zaro tezkor fikr, tajriba almashish va axborot tarqatish mexanizmining samarali faoliyatiga
ehtiyoji borligini ko‘rsatayapti.
O‘zNNTMA a’zolari va keng jamoatchilikni O‘zbekistondagi NNT faoliyati haqidagi
ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zNNTMA veb-sayti (www.ngo.uz) tashkil etilgan
va u muntazam ravishda yangilanib borilayapti. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari
bilan doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. O‘zNNTMA va uning a’zolari tomonidan tashkil
etilayotgan barcha tadbirlar, konferensiyalar radio-televidenie, gazeta va jurnallarda keng
ko‘lamda yoritilmoqda.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik institutlarining O‘zNNTMA orqali
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati ham ortib bormoqda. Fikrimizga misol sifatida
quyidagi ma’lumotlarga e’tiboringizni jal qilamiz. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda O‘zNNTMA
ishtirokida tanlab olingan jami 1,3 mln. Yevroga teng 6 ta o‘zaro hamkorlik loyihasi amalga
oshirilmoqda.
O‘zNNTMA O‘zbekistonda IBPP loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va monitoringini yuritish
guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi hamda Yevropa Uyining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston-Evropa Ittifoqi Komissiyasi Hamkorlik Byurosi
bilan ushbu tashabbusni amalga oshirmoqda.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
bilan ham o‘zaro hamkorlik faoliyati davom etmoqda. Xususan, NNTlar loyihalarini qo‘llabquvvatlash
maqsadida YeXHT bilan hamkorlikda kichik ijtimoiy loyihalar tanlovi o‘tkazildi.
Natijada jami 63, 6 mln. so‘mga teng 10 ta NNT loyihasi tanlab olindi va bajarilmoqda.
Xalqaro moliyaviy resurslarni NNT loyihalariga jalb etish maqsadida memorandum asosida
Jahon Banki bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. O‘zNNTMA ishtirokida amalga oshirilgan
grant tanlovi natijalariga ko‘ra, jami 55 ming dollarga teng 8 ta loyiha tasdiqlandi va
O‘zNNTMA yordamida amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladi.
Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ta’lim, madaniy sohalarini rivojlantirish
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatisiz amalga oshmaydi. Bu esa keng aholi ommasining
ijtimoiy faolligi orqali kechadi. Shuning uchun aholi ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida
davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy mazmundagi turli dasturlarni hayotga tatbiq qilib borishda davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning dolzarb ijtimoiy masalalarini hal etish
maqsadida maxsus guruh va turli idoralar tashkil etildi. Huquqni muhofaza qilish
organlarining inson huquqlariga rioya qilish ahvolini o‘rganish bo‘yicha idoralararo ishchi
guruhi tarkibida O‘zNNTMA, Advokatlar palatasi va boshqa jamoat tashkilotlari vakillarining
mavjudligi demokratik institutlarning ushbu jarayonlardagi faol ishtirokini davlat tomonidan
kafolatlanganligining belgisidir.
Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo guruh faoliyatida ham "Istiqbolli
avlod" nodavlat tashkiloti faol ishtirok etib kelmoqda.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishda Fuqarolik jamiyati
shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va uning viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan
hududiy bo‘limlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan
nodavlat notijorat tashkilotlari, turli sohalar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan markazlar va
jamg‘armalar faoliyatini o‘rganib borish, ularning o‘zaro aloqasini, ijtimoiy sheriklik asosida
faoliyat olib borishini ta’minlash kabi muhim vazifalarni hozirda ana shu mintaqaviy axborottahlil
markazlari bajarmoqda. Ushbu institutning asosiy maqsadi – fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirish jarayonlarini tizimli monitoring qilish, mamlakatni demokratik yangilash va
modernizatsiyalashda, fuqarolarning siyosiy madaniyati, huquqiy ongi, ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirishda fuqarolik institutlarining rolini kuchaytirishdan iborat.
Bugungi kunda mazkur nodavlat tashkiloti va uning hududiy bo‘limlarida, xususan,
Andijon hududiy bo‘limi tomonidan fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini tizimli
tadqiq qilish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyatni boshqarishdagi rolini
kuchaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ham o‘zining viloyatlardagi
a’zolari hamkorligida tashkil qilayotgan turli tadbirlarini shu jamoat tashkiloti orqali olib
bormoqda. Ammo joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamg‘arma va markazlarning ushbu
assotsiatsiya tarkibida faoliyat ko‘rsatishiga kam e’tibor berilmoqda.
2005 yilda respublikamizning barcha hududlaridagi 150dan ortiq nodavlat notijorat
tashkilotlarining tashabbuslari bilan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy
assotsiatsiyasi tashkil etildi. Hozirda Assotsiatsiya uchinchi sektorning 450 dan ortiq faol
vakillarini o‘z atrofiga jamlab, turli darajadagi loyihalarni amalga oshirishga qodir, yetarlicha
kuchga ega mexanizmga aylandi.
Ta’kidlash joizki, Assotsiatsiya 600 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda
o‘tkazgan davra suhbatlarida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonuni loyihasi muhokama etildi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga
kiritildi. Buning natijasida 2007 yilda “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun NNTlar manfaatlarini himoya qilishni
kafolatlaydi va huquqlarini mustahkamlaydi, shuningdek, davlat organlari bilan ijtimoiy
sheriklik mexanizmini rivojlantirib, davlat subsidiyasi, davlat granti va davlatning ijtimoiy
buyurtmasi ko‘rinishidagi davlat tomonidan NNTlar faoliyatini moliyaviy qo‘llabquvvatlashning
bir qator chora-tadbirlarini ko‘zda tutadi.
Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 1. Jamiyat hayotining turli soha va yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik
jamiyati institutlari huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslari shakllanishining
muhim shartidir.
2. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi erkin bozor
munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik
jamiyatini barpo etish, odamlar turmushini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish,
mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.
3. Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari nodavlat va jamoat birlashmalari orqali
shakllanib boradi. Natijada jamiyat hayotida avtoritar va totalitar boshqaruvga xos xususiyatlar
barham topib boradi.
4. Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari jahonning
rivojlangan davlatlari va fuqarolik jamiyatining umume’tirof etilgan tamoyillari hamda milliy
o‘ziga xos jihatlar asosida faoliyat yuritmoqda.
5. Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat
tashkilotlari va jamoat birlashmalari, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat muassasalaridan farq qiladi.
Bu tafovut, asosan, fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilib borishi bilan belgilanadi.
6. Fuqarolik jamiyatida boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarrufidan o‘zo‘
zini boshqarish organlariga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, alohida shaxs muayyan
nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu asnoda jamiyat
o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbar xohish-irodasi,
hukmronligi yoki muruvvati emas, balki fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati,
dunyoqarashi ustuvor ahamiyat kasb etadi.
7. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati unga a’zo bo‘lgan
kishilar, shaxslar, ijtimoiy guruhlar, kasb-kor egalarining tub manfaatlari, hayotiy ehtiyojlarini
qondirib borishdan iboratdir.
8. Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim jihati fuqarolarning ijtimoiysiyosiy
faolligiga erishish orqali ularning yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida kamolotini
ta’minlashdir. Bu esa, o‘z navbatida, kuchli fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilishida
ustuvor ahamiyat kasb etadi.
9. “Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy
yo‘naltirilgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish, jamiyat hayotining
barcha sohalarida davlat tashkilotlari bilan nodavlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining
o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishini anglatadi.
10. Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda nodavlat notijorat tashkilotlari
va jamoat birlashmalari faoliyati alohida ahamiyat kasb etib, ularning faoliyati aholi turli qatlam
va guruhlarining ijtimoiy-siyosiy manfaatlari, ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirib borishga
yo‘naltirilgan.
11. Moddiy-moliyaviy jihatdan baquvvat bo‘lgan nodavlat notijorat tashkiloti
faoliyati orqali fuqarolarning ijtimoiy manfaat va ehtiyojlari ko‘proq qondirib boriladi. Bu esa,
o‘z navbatida, jamiyat hayotida ijtimoiy adolat tamoyilining amal qilishini ta’minlaydi.
12. Hozirda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va
rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar
yaratilgan. Ularning soni va faoliyat ko‘lami tobora yanada ortib va kengayib bormoqda.
Masalan, 2010 yilda ularning umumiy soni 5100 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib 7 mingga
yaqinni tashkil qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |