VIII. Ekologik nazoratni va atrof muhit muhofazasi sohasidagi davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari
21.
Ishlab chiqarish ustidan ekologik nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish:
ishlab chiqarish ustidan ekologik nazoratni amalga oshirishda maqsadlar, vazifalar, faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va javobgarlik choralarining dolzarbligini ta’minlash;
ishlab chiqarish ustidan ekologik nazoratning samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar;
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassisliklar, o‘quv rejalari va mutaxassislar tayyorlash dasturlarining dolzarbligini ta’minlash, shu jumladan ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
atrof muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi (yuqori va o‘rta darajadagi xavf-xatar) xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologik xizmatlar tashkil etilishi amaliyotini joriy etish va bunda majburiy ravishda mutaxassislarning malakasini muntazam oshirish.
2020-yil 1-sentabr
—
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar
Ishlab chiqarish ustidan ekologik nazorat bo‘yicha samarali ishlovchi zamonaviy tizimning yaratilishi.
22.
Atrof muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi faoliyat turini amalga oshiruvchi (yuqori va o‘rta darajadagi xavf-xatar) xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishilgan holda ekologik talablar va me’yorlarni bajarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tegishli obyektlarda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni tasdiqlash.
Tashkiliy choralar
Har yili 25-yanvarga qadar
—
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar,
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Xo‘jalik faoliyatining ekologik talablar va me’yorlarga muvofiqligini ta’minlash.
23.
Ekologik ekspertizadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish.
Xalqaro tajribani o‘rganish.
2020-yil 1-dekabr
—
Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar
Ekologik ekspertizadan o‘tkazishning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish.
Milliy normativ-h�quqiy bazani xatlovdan o‘tkazish.
2020-yil 1-sentabr
Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri hamda ekologik ekspertiza o‘tkazishni tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ekologik xavflilik toifasini xalqaro standartlar asosida belgilashning shafof tizimini yaratish;
“eng yaxshi arzon texnologiyalardan foydalanish” tamoyiliga o‘tish, ekspertiza obyektlarining ta’sirini modellashtirish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning atrof muhitga ta’sirini baholash natijalarini ko‘rishning zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
ekologik me’yorlarni yakka tartibda belgilash usulidan tarmoq bo‘yicha belgilash usuliga o‘tish;
ifloslantiruvchi moddalarni tashlash, chiqarish, shuningdek, ekologik-xo‘jalik rayonlarining chiqitlarini joylashtirishni kvotalashning aniq mezonlarini belgilash;
“quvurdan chiqindi chiqish joyi”ni nazorat qilish emas, balki ifloslantirishni bartaraf etish va kamaytirishning ustuvorligi;
ekspertlardan keyingi nazoratning samarali mexanizmi;
suv, xomashyo iste’moli va energiya resurslaridan samarali foydalanish hisobga olinadigan nazoratning samarali, arzon texnik usullaridan foydalanish mexanizmi.
2021-yil 1-mart
Qonun va tegishli qonunosti hujjatlari loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
2021-yil 1-avgust
Qonun va tegishli qonunosti hujjatlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil 1-noyabr
24.
Ekologik sertifikatlash va standartlashtirish tizimini takomillashtirish.
Xalqaro tajribani o‘rganish.
2020-yil 1-yanvar
—
Davlat ekologiya qo‘mitasi, aloqador �azirliklar va idoralar
Ekologik sertifikatlashning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish.
Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan o‘tkazish.
2020-yil 1-iyun
Shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish:
2020-yil 1-dekabr
ekologik menejment tizimini yaratishning xalqaro standartlarini joriy etish;
MDH, YI mamlakatlari va boshqa davlatlar bilan ekologik sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘zaro tan olish mexanizmini joriy etish;
ekologik sertifikatlashtirish tizimini, shu jumladan g‘ildirakli transport vositalarini sertifikatlashtirishni takomillashtirish;
amaldagi standartlarni ISO va XEK xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
2021-yil 1-mart
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil 1-iyun
25.
Atrof tabiiy muhitni ekologik monitoring qilish tizimini takomillashtirish.
Atrof tabiiy muhit ustidan davlat monitoringini olib boruvchi vazirlik va idoralar laboratoriyalarining moddiy-texnik va metodik ta’minotini tubdan yaxshilash.
2021-yil 1-dekabr
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, ITSV, TIV, aloqador vazirliklar va idoralar
Atrof tabiiy muhitni ekologik monitoring qilishning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish.
Respublika ichida atmosfera havosining ifloslanishini avtomatik ravishda o‘lchovchi postlar tizimini yaratish.
2021-yil 1-dekabr
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari
“O‘zgidromet” markazi, Moliya vazirligi, ITSV, TIV, Davlat ekologiya qo‘mitasi
Atrof muhitga ta’siri bo‘yicha I toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 20 foizini atmosfera havosiga ustuvor turg‘un (tashkillashtirilgan) ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash.
Atrof muhitga ta’siri bo‘yicha I toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 20 foizini suv obyektlari va yer relyefiga ustuvor ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash.
2021-yil 1-dekabr
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar
26.
Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning tarkibiy tuzilmalariga belgilangan tartibda fuqaro aviatsiyasining, shu jumladan videoregistrator bilan ta’minlangan, uchuvchisiz uchish apparatlarini, olib kirish uchun ruxsatnoma berish.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqarolik aviatsiyasi agentligi zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning tuzilmaviy bo‘linmalariga fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosa berilishini ta’minlasin.