I. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar
1.
|
Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish.
|
Orol dengizi qurigan tubi O‘zbekistondagi hududining 30 foizida mahalliy daraxt va buta o‘simliklari bilan o‘rmonzorlar barpo etish choralarini ko‘rish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Davlat budjeti, mahalliy budjetlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari
|
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, FVV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi
|
Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilayotgan qum hajmining kamayishi, bioxilma-xillikning qayta tiklanishi, turizm salohiyatining oshishi.
|
2.
|
Respublikaning viloyat markazlari va yirik shaharlari atrofida “yashil belbog‘”lar yaratish.
|
Nukus, Urganch va Xiva shaharlari atrofida mahalliy daraxt va buta o‘simliklaridan “yashil belbog‘” lar yaratish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Mahalliy budjetlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, FVV, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi
|
Hududning yirik shaharlarida atmosfera havosini yaxshilash va qulay ekologik vaziyat hosil qilinishi.
|
II. Yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar
|
3.
|
Yer resurslarining ifloslanish darajasini kamaytirish.
|
O‘simliklarni himoya qilishda qo‘llanilishi taqiqlangan hamda cheklangan faol va nofaol ingrediyentlar reyestrini qayta ko‘rib chiqish.
|
2020-yil 1-yanvar
|
Aloqador vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davyergeodezkadastr, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, Fanlar akademiyasi
|
Yer resurslarining sifat bo‘yicha holati yaxshilanishi.
|
2018-yilda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlar hajmining kamida 10 foizini 2021-yilgacha bosqichma-bosqich organik o‘g‘itlar bilan almashtirish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini keng joriy etish choralarini ko‘rish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Organik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va qabul qilish.
|
2020-yil 1-dekabr
|
Aloqador vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi
|
4.
|
Yer resurslari degradatsiya sur’atlarini kamaytirish bo‘yicha oldini oluvchi choralar ishlab chiqish va amalga oshirish.
|
Quyidagilarni o‘z ichiga olgan kompleks o‘rmon-meliorativ, agrotexnik va meliorativ chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:
qirg‘oqni mustahkamlovchi va ihota daraxtzorlari tizimini barpo etish;
tog‘ yonbag‘irlarida supa olish hamda o‘rmon va mevali daraxtzorlar hosil qilish;
tuproqning unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini saqlab qolish va oshirish maqsadida qisqa-rotatsion va paxta-beda almashlab ekishning keng qo‘llanilishini ta’minlash;
buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilish hamda ularning kamida 5 foizi tiklanishini ta’minlash;
yerlarni meliorativ yaxshilash maqsadida kollektor-drenaj tarmoqlarining kamida 20 foizi rekonstruksiya qilinishi va qayta tiklanishini, shuningdek, yangi suv omborlari qurilishini ta’minlash.
|
2020-yil 1-mart
|
Davlat (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida) va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari
|
Davyergeodezkadastr, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi
|
Agrotexnik kompleksning atrof tabiiy muhitga salbiy ta’siri kamayishi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |