Mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda



Download 312,68 Kb.
bet1/17
Sana18.07.2022
Hajmi312,68 Kb.
#821959
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
PF-5863 30.10.2019




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;

2.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, bu borada o‘tkazilgan tahlil natijalari atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning mavjud emasligi, shuningdek, qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish organining vakolatlari yetarli emasligidan dalolat beradi.
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlash maqsadida:
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]

1. Quyidagilar:
a) 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilsin:
atrof muhit obyektlarini (atmosfera havosi, suv, yer, tuproq, yer qa’ri, bioxilma-xillik, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar) antropogen ta’sir hamda boshqa salbiy ta’sir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini ta’minlash;
ekologik jihatdan eng kam xavf tug‘diruvchi materiallardan, mahsulotlardan, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlardan ustuvor darajada foydalanish;
qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish;
zaharli kimyoviy va radioaktiv moddalardan ekologik xavfsiz foydalanishni ta’minlash;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish;
aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari faoliyatining shaffoflik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish;
b) 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch yil muddatga alohida-alohida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi):
2021-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish yakunlarini puxta o‘rganish asosida keyingi davrga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasining ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlasin;
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi bo‘yicha ta’sirchan monitoring yuritsin.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga — Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga — Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
4. Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi va jamoatchilikning davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy (keyingi o‘rinlarda — moratoriy) joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki:
a) moratoriy 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
b) moratoriy amal qilish davrida vakolatli davlat organlariga davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga ruxsatnoma berish man etiladi, ushbu bandda belgilangan holatlar bundan mustasno;
v) moratoriy:
tabiiy omillar yoki zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari ta’sirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf tug‘diruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga;
yog‘och va mevalar olish uchun o‘stirilayotgan daraxtlar hamda butalarni (terak va tez o‘suvchi boshqa navlar, tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar va butalar) kesishga;
plantatsiyalarda o‘stirilayotgan va/yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblangan daraxtlar hamda butalarni kesishga joriy etilmaydi.
Vazirlik va idoralar, shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, temir yo‘l hamda avtomobil yo‘llari va boshqalar) barpo etishda, shu jumladan daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini qo‘llash orqali ularning saqlab qolinishini qat’iy ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daraxtlar va butalarni himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, ularga zarar yetkazish yoki yo‘q qilish uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ikki hafta muddatda tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Davlat ekologiya qo‘mitasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’at mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi hunarmandlarni yog‘och, shu jumladan daraxtlarning qimmatbaho navlaridan olingan yog‘och bilan ta’minlash bo‘yicha bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Davlat ekologiya qo‘mitasi 2020-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda daraxtlar va butalarni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligidan kelib chiqqan holda, moratoriyning amal qilishini uzaytirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komissiyalari tomonidan yashil dov-daraxtlarni sanitar qirqish va kesishda, shuningdek, ularni qayta ishlash va chiqindilarini utilizatsiya qilish, shu jumladan yog‘ochlardan tijorat maqsadida foydalanishda ekologiya talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirilishini ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
7. Quyidagilar:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Ekologik partiyasi bilan birgalikda yoshlarda atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni shakllantirish, tabiatni saqlash, havo, suv va tuproq ifloslanishiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ziyon yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ekologik aksiyalarni tashkil etish;
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish respublika markazining atrof muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish yuzasidan yiliga kamida bir marta ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
8. 2019-yil 1-noyabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining boshliqlari har yili hududda atrof muhitni muhofaza qilishning holati to‘g‘risida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga hisobot taqdim etadi;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalarining boshliqlari har yili tumanda (shaharda) atrof muhitni muhofaza qilishning holati to‘g‘risida tegishli ravishda xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga hisobot taqdim etadi.
9. 2019-yil 1-noyabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Davlat ekologiya qo‘mitasining davlat inspektorlari quyidagi holatlar aniqlanganda tezkor nazorat tadbirlarini nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ bilan oldindan kelishmasdan, o‘tkazilgan tekshiruv haqida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali tekshiruv boshlangan paytdan boshlab yigirma to‘rt soat ichida vakolatli organni majburiy ravishda xabardor qilgan holda amalga oshiradi:
yonuvchi moddalar va qurilish materiallarini bir joyga to‘plash yoki ochiq olovda yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha talablarga rioya etmaslik;
dalalar va aholi punktlarida maxsus texnik vositalarni qo‘llamasdan bitumni eritish, ang‘izni, to‘kilgan barglarni va daraxt shoxlari yoki boshqa o‘simlik qoldiqlarini yoqish;
oqava suvlarni joy relyefiga yoki ochiq havzalarga, shuningdek, kommunal kanalizatsiya tizimiga normadan ortiqcha yoki ruxsatsiz oqizish;
tabiiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish yoki suv iste’moliga ruxsatnomasiz suv olish;
daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash yoki yo‘q qilish, yovvoyi hayvonlarni (shu jumadan baliqni) ovlash yoki qo‘lga kiritish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik;
daryolar, soylar, kichik daryo va ko‘llarning o‘zanlari va suvni muhofaza qilish zonalarini tozalash, shuningdek, ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik.
10. Quyidagilar:
2020-yil 1-yanvardan boshlab “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish;
2022-yil 1-yanvardan boshlab “Yevro-3”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini, 2023-yil 1-yanvardan boshlab esa “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish;
2022-yil 1-yanvardan boshlab zaharlilik darajasi “Yevro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalaridagi g‘ildirakli transport vositalaridan foydalanish va ularni sotish maqsadida “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish man etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi g‘ildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibini ikki oy muddatda tasdiqlasin.
11. Davlat ekologiya qo‘mitasining yovvoyi hayvonlarni ovlashga va o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar berish bo‘yicha o‘z vakolatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
12. Davlat ekologiya qo‘mitasi:
a) uch oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilgunga qadar, atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub (yuqori va o‘rtacha xavf-xatar) faoliyatning mo‘ljallanayotgan turlari bo‘yicha atrof muhitga ta’sirni baholash loyihalarining majburiy jamoat muhokamalari va eshitishlarini o‘tkazish tartibini;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub (yuqori va o‘rtacha xavf-xatar) faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tozalash inshootlari bilan ta’minlanganligi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ularni majburiy o‘rnatish chora-tadbirlari amalga oshirilganligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflarni;
b) g‘ildirakli transport vositalarini ishlab chiqarishda “Yevro-4”dan past bo‘lmagan talablarni bajarish bo‘yicha g‘ildirakli transport vositalarini eksport qiluvchi davlatlarning qonun hujjatlarini identifikatsiyalash yoki murojaatchilar tomonidan taqdim etilgan, mazkur g‘ildirakli transport vositalarining zaharli moddalar chiqarish darajasi bo‘yicha “Yevro-4”dan past bo‘lmagan ekologik toifa talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan, gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalardagi yangi g‘ildirakli transport vositalari uchun ekologik sertifikatlar berish tashkil etilishini ta’minlasin;
“O‘zstandart” agentligi, “O‘zavtosanoat” AJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” DUK negizida g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifasini aniqlash bo‘yicha zamonaviy laboratoriya kompleksini tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
v) aholining ekologik madaniyatini oshirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga alohida e’tibor qaratgan holda keng ko‘lamli targ‘ibot faoliyatini tashkil etish ishlarini kuchaytirsin;
g) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar xalqaro tajribani hisobga olgan holda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Chiqindilar to‘g‘risida” yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
beshta xavf-xatar toifasi tizimi o‘rniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyo-fizik parametrlar asosida chiqindilarni tasniflash tizimini joriy etish;
ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek, konchilik va qayta ishlash korxonalari chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni iqtisodiy rag‘batlantirish;
sanoat obyektlarida xavfli chiqindilarni ekologik xavfsiz saqlashni tashkil etishni ta’minlash;
o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan va tarkibida xavfli moddalar mavjud bo‘lgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, tarkibida simob mavjud lampalar va boshqalar) yig‘ish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;
tibbiyot chiqindilarini yig‘ish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash tizimini tashkil etish.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:
Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat inspektorlarining tekshirish o‘tkazishiga to‘sqinlik qilganlik, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hududlari va inshootlarini ko‘zdan kechirishga qo‘ymaslik yoxud ular tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarishga boshqacha tarzda to‘sqinlik qilganlik, shuningdek, jismoniy yoki yuridik shaxslarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarmaganligi uchun javobgarlikni kuchaytirish;
ekologik ekspertiza organlarini qayta tashkil etish va optimallashtirish, atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub (mahalliy ta’sir) faoliyat turlari bo‘yicha atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarini soddalashtirilgan shaklda taqdim etish, hujjatlarni topshirish va qabul qilishning elektron tizimini joriy etish, atrof muhitga ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat turlari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish.
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmondan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tumanlar (shaharlar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha tahlil laboratoriyalari va inspeksiyalarni bittadan maxsus avtotransport bilan ta’minlashni hisobga olgan holda, Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 184 ta avtotransport vositalarini saqlash uchun qo‘shimcha limit ajratsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi” amalga oshirilishini yoritishga oid maqolalar va mavzuga oid teleko‘rsatuvlarni tashkil etsin.
[OKOZ:

1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]

16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
17. Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-oktabr,
PF-5863-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoniga
1-ILOVA
2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish
konsepsiyasi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Atrof muhitning joriy holati tahlili, global va mintaqaviy ekologik muammolar, yangi ekologik xavf-xatarlar O‘zbekiston Respublikasida aholining hayot sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning ajralmas qismi hisoblangan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) ishlab chiqish zaruratini vujudga keltirdi.
Konsepsiya ko‘rsatib o‘tilgan davrda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, ularning amalga oshirilishi esa kelajak avlodlarning manfaatlari yo‘lida davlatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash imkonini beradi.
I bob. Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
Quyidagilar Konsepsiyaning maqsadlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi aholisining hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zarur sharti sifatida atrof muhitning qulay holatini ta’minlash;
atrof muhitga va aholining salomatligiga salbiy ta’sirni pasaytiruvchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanish;
atrof muhit obyektlaridan oqilona foydalanishni va biologik resurslar qayta tiklanishini ta’minlash.
Quyidagilar Konsepsiyaning vazifalari hisoblanadi:
atrof muhit obyektlarini (er, suv, atmosfera havosi, yer qa’ri, o‘simlik va hayvonot dunyosi) saqlash va qo‘riqlanishini ta’minlash;
qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish;
iqtisodiyotni ekologiyalashtirish, tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini joriy qilish, ekologik jihatdan eng kam xavf tug‘diruvchi materiallar, mahsulotlardan, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlardan ustuvor darajada foydalanish;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini, shuningdek, atrof muhitning ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish;
atrof muhitni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan ta’minlash;
ekologik xavfsizlikni e’tiborga olgan holda, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, zaharli kimyoviy va radioaktiv moddalardan ekologik xavfsiz foydalanishni ta’minlash;
aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari faoliyatining oshkoralik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish;
atrof muhitga minimal og‘irlik tushiradigan barqaror rivojlanishni ta’minlovchi jamiyatni shakllantirish;
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
II bob. Konsepsiyaning yondashuvlari
Konsepsiyani amalga oshirishda quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:
normativ-huqukiy bazani tizimlashtirish va takomillashtirish — xalqaro normalarni implementatsiya qilish, ekologik qonunchilikni kodlashtirish, ekologik sug‘urtalash, audit va strategik ekologik baholash tizimini joriy etish, ekologik sertifikatlashtirishni muvofiqlik sertifikati tizimiga integratsiya qilish, atrof muhit ifloslanishini hisoblab chiqishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
iqtisodiyotni ekologiyalashtirish — tabiiy resurslardan ularning buzilishini istisno etadigan tarzda oqilona foydalanish, majburiy ekologik ekspertiza o‘tkazish, ekotizimlarning o‘z potensial sig‘imini qayta tiklash imkoniyatlarini baholash;
tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish — tashlanmalarni tashlash uchun to‘lov miqdorlarini ularning hajmiga hamda atrof muhit va aholi sog‘ligi uchun xavfliligiga bog‘liqligi, atrof muhitni muhofaza qilishni budjetdan moliyalashtirishning maqbul darajasi;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida nazoratni kuchaytirish — atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlarining huquq hamda vakolatlarini aniq chegaralash, ekologik yo‘nalishdagi barcha organlarni yagona davlat organi doirasida optimal darajada markazlashtirish va qarorlar qabul qilish uchun unga zarur, asoslantirilgan vakolatlar berish, nazorat organlarini moddiy-texnik jihozlashning maqbul darajasi;
kompleks ekologik monitoringni olib borish — atrof tabiiy muhitning yagona davlat ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish, axborot resurslari fondini shakllantirish;
innovatsion texnologik jarayonlar va metodikalarni ishlab chiqish — ekologik toza texnologiyalar, ishlab chiqarishlar, xomashyo, materiallarning turlari, mahsulotlar va uskunalarning ilmiy ishlanmalariga, ekotizimlarning zaifligini va tabiiy muhit ifloslanish darajasining aholi salomatligiga va atrof muhit obyektlariga ta’sirini tadqiq etishga investitsiyalar kiritish;
ekologik madaniyat va ta’limni shakllantirish — fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan holda, aholining uzluksiz ekologik ta’limi kompleks tizimini tashkil etish, atrof muhit masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda aholining ishtirok etishi;
xalqaro hamkorlikni kuchaytirish — atrof muhitning xavfsiz darajasini saqlab qolish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish ishida xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarida ishtirok etish, atrof muhitni muhofaza qilishga va tabiatdan oqilona foydalanishga qo‘shimcha tashqi investitsiyalarni jalb etish.
III bob. Atrof muhit obyektlarining hozirgi holati
Respublikaning yer fondi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlari yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya uchun mo‘ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari, shuningdek, zaxira yerlaridan iborat.
1990-yildan buyon, 692,6 ming gektar yer turli sabablarga ko‘ra foydalanishdan chiqarildi. Ayrim ingrediyentlar bo‘yicha fon ko‘rsatkichlariga nisbatan tuproqning ifloslanishi Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
O‘zbekistonning suv resurslari qayta tiklanadigan yer usti va yer osti suvlari, shuningdek, antropogen foydalanishdan qaytadigan suvlar (drenaj va oqova suvlar)dan iborat. O‘rtacha ko‘p yillik jami oqar suv hajmi 114,4 km3ni tashkil etadigan Amudaryo va Sirdaryo transchegaraviy daryolar O‘zbekistonda yer usti suv oqimini shakllantiradigan asosiy manbalar hisoblanadi.
O‘zbekiston hududida 17 777 ta tabiiy oqar suv manbalari (Amudaryo havzasida — 9 930 ta, Sirdaryo havzasida — 4 926 ta) va 500 dan ortiq ko‘l bo‘lib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ularning eng kattasi hisoblanadi, shuningdek, prognoz qilingan hajmi sutkasiga 75,5 mln m3ni tashkil etadigan chuchuk suv va biroz sho‘rlangan yer osti suvlari konlarida 26 mingdan ziyod quduqlar mavjud.
Statistik axborotga ko‘ra, 2018-yilda respublika bo‘yicha atmosfera havosiga chiqarilgan jami ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2,492 mln tonnani tashkil etdi, shuning qariyb 63 foizi ko‘chma manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi bo‘yicha “O‘zgidromet” tarmog‘i orqali olinadigan so‘nggi yillardagi ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston shaharlarining aksariyatida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori belgilangan normativlardan past darajadadir.
O‘zbekistonda 1 800 dan ko‘proq konlar va qariyb 1000 ta foydali qazilmalarning istiqbolli joylari, mineral xomashyoning 118 turi mavjud bo‘lib, shularning 65 tasi o‘zlashtirilmoqda.
Respublikada 400 dan ko‘proq ruda konlari, shaxtalar, karyerlar, neft konlari va boshqa korxonalar, 450 ga yaqin suv olish inshootlari, balneologik shifoxonalar, shifobaxsh va shifobaxsh-oshxona suvlarini idishlarga quyish sexlari va zavodlari ishlab turibdi.
O‘zbekistonning butun hududi yovvoyi hayvonlar yashaydigan va o‘simliklar o‘sadigan xilma-xil joylardan iboratdir.
Hayvonot dunyosi salkam 15,7 ming turdan iboratdir (184 turi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan). O‘simlik dunyosi 11 ming turni tashkil etadi (o‘simliklarning 324 turi va qo‘ziqorinning 3 turi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan).
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra 2017-yilda respublikada 114,7 mln tonna ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari, shu jumladan qayta ishlash mumkin bo‘lmagan zaharli chiqindilar — 41,6 mln tonna (36,2 %) va qayta ishlash mumkin bo‘lgan zaharli chiqindilar — 42,8 mln tonna (37,3 %) hosil bo‘lgan.
Mamlakatda chiqindilar ko‘miladigan va utilizatsiya qilinadigan 296 ta joy, shu jumladan qattiq maishiy chiqindilar uchun (221), sanoat chiqindilari (16), qurilish chiqindilari (4), shlam jamlanadigan (21), chiqindi omborlari (15), maxsus poligonlar (19), shuningdek, xavfli chiqindilar utilizatsiya qilinadigan 23 ta joy mavjud.
IV bob. Atrof muhitning sifatli holati bilan bog‘liq mavjud muammolar
Mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga haqiqiy xavf solayotgan atrof muhitning asosiy muammolari global, mintaqaviy va milliy xaraktyerga egadir.

Download 312,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish