Mamasoli Jumaboyev



Download 0,53 Mb.
bet24/42
Sana21.06.2023
Hajmi0,53 Mb.
#952700
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Milt etib chiqdi quyosh,
Dedi: — Do'stlar, qish odosh. .
Ko'rsakyo'q qora bulut,
Eryuzi ko'kgilam — o't.
Shukur Sa'dulla bahorni yaratuvchi, insonlarga estetik zavq va mehnat in'om etgan fesl deb ta'riflagach, ko'rkam yoz fasli bilan bolalarni tanishtirishga o'tadi. Yoz kelishi bilan xursand bo'Igan bolalarning sevinchini shoir shunday ifoda etadi:
Keldi ko 'klam kabi soz, Bizlar sevgan issiq yoz.
Shoir Vatanimizning boyligiga boylik qo'shgan, mehnatkashlar dasturxonini bezovchi noz-ne'matlarni vujudga keltirgan, «to'qson xil mevalarni pishirib», «yangi dunyolar ochgan» kishilarni zo'r muhabbat bilan ajoyib misralarda ulug'laydi:
Ekin o 'sdi yerlarda,
Bug'doy pishdi qirlarda...
Poliz to 'la bodring,
Bog'bon, tez uzib bering! .
Sabr qiling siz andek
So *yib beray handalak.
Shukur Sa'dulla yoz faslini ulug'lash bilan kuzning ham o'ziga xos fazilatlarga to'laligini tabiatning oltin davri deb ta'riflaydi, kuz faslining o'ziga xosligini obrazli tasvirlar orqali ochadi:
Quyosh tushar taptidan,
Qo'rqib qishning aftidan
Sarg'ayadi ko 'katlar, .
Barg to'kadi daraxtlar.
Hosil yig'ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Shoir qish faslining ham o'ziga xos chiroyli gashti borligini, kishilarda zavq-shavquyg'otishinilirikbo'yoqlarda ko'rsatadi
Dala-tishda tindi ish,
Keldi mehmon bo'lib qish.
Qish emas, u — qorbobo,
Sovg'alari bor bobo...
Xuddi yozday, bahorday -Iliq, kuzgi nahorday.
Qoryog'ar, kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Shukur Sa'dulla ikkinchi jahon urushi davrida yanada barakali ijod etdi. «Sen nima qilding?», «Ona va bola», «Shohista» to'plamlarini nashr ettirdi. Bu davr shoir she'riyatida bolalar kutgan voqealar o'z aksini topganligini ko'ramiz. Mavzu rang-barangligi shoiming fikrlash dorrasi kengligidan, bolalarni jon-o'z ijodida unumli foydalanadi. Shu boisdanmi, shoir xalq og'zaki ijodining manbalari asosida yosh kitobxonlarning didiga mos keladigan original asarlar yarata olgan. Shoir asarlarining sodda, ravon, bola didiga mos usulda yozilganligi ularda xalq og'zaki ijodining xilma-xil badiiy priyomlaridan unumli, ijodiy foydalanilganligidadir.
Folklor asarlaridagi boy bo'yoqlar, yorqin obrazlar Shukur Sa'dulla she'rlariga alohida bir ko'rkamlik bag'ishladi va yosh o'quvchilar qalbini maftun etdi. Buni biz shoirning «Uch ayiq», «Ayyor chumchuq», «Ari bilan qaldirg'och», «Ikki donishmand», «Yalqov ayiqcha», «No'xot polvon», «It o'ziga qanday qilib do'st topdi» kabi ertaklarida yaqqol ko'ramiz. Bu asarlarda voqealar xalq ertaklari uslubida tasvirlanadi, predmetlar jonlantiriladi; tulki, bo'ri, fil, echki, ot, bulbul, chumchuq, ayiq kabilar tilga kirib, odamlardek so'zlashadi. Shoir jonivorlarni so'zlatish orqali o'z niyatini bolalarga yetkazadi. Asarlarda ayrim voqea va obrazlarning folklor asarlaridagi kabi mubolag'ali tasvirlanishi uning reaUigini inkor etmaydi, aksincha, bolalarda hayvonlarga nisbatan bo'lgan qiziqishini uyg'otadi, ularning romantik tuyg'usini jonlantiradi. Yosh kitobxonlar bunday ertakfarni sevib o'qiydilar va uzoq vaqt yodda saqlaydilar.
Shoir asarlarining qimmati uning zavq bilan o'qilishidagina emas, balki asar mazmuniga muhim tarbiyaviy masalalarning singdirilganligidadir.
«Ayyor chumchuq» ertagida bir chumchuqning oyog'iga tikan kiradi. U dod-faryod ko'tarib beozorgini o'tlab yurgan eshakning oldiga borib unga:
Ko'klamda o'tlagan
Eshak, hoy eshak! Tikanni oyog'imdan
Olib ye, tentak!
deb qo'pol muomala qiladi.
Chirqillama! — der eshak,
-Mening qornim to 'q.
Tikan menga ne kerak?
Qo 'y, ishtaham yo 'q.
Shundan so'ng chumchuqcha tinchgina yurgan bo'ri, mergan, sichqon, ovchi, kampir va bolalaming tinchligini buzadi. Binning ustidan ikkinchisiga arz qiladi. Bu ertak xalq og'zaki ijodidan foydalanib, bolalarbop xarakterda yozilgan she'riy ertak bo'lib, uning kompozision tuzilishi qiziqarli, badiiy jihatdan pishiq, bolalarga xos tilda ifodalangan. Ertakning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Shoir ertak orqali bolalarni chaqimchi va qo'pol bo'Imaslikka, har doim to'g'ri so'zli va odobli bo'lishga, birovlarga ozor bermaslikka chaqiradi.
Chumchuq obrazi orqali shoir birovlar kuchidan foydalanuvchi yalqov, ishyoqmas kishilar obrazini ochib beradi.
Shoir ishyoqmaslik, shaxsiyatparastlik, jamoani mensimaslik yomon oqibatlarga olib kelishini «Yalqov ayiqcha»ning boshidan kechirgan sarguzashtlari orqali tasvirlaydi. Do'stlar yig'ilib uy qurishmoqchi bo'hshadi. Lekin yalqov ayiq quloq solmaydi, chittak uni o'rnidan turg'izolmaydi, u kunu tun dam olib uxlaydi. Do'stlar, «yangi, keng uy qurishga ish boshlaydilar».
Mushuk, tulki — arrakash,
Boshqalar ham mehnatkash.
Yalqovdan chiqmas foyda. <
Dam olar salqin joyda.
Shu yo'sinda ish qizg'in davom etadi, kunlar, oylar o'tadi, nihoyat uy ham bitadi. Tayyorga-ayyor yalqov ayiqcha yalinib keladi. Lekin ishboshi ayiq uni haydab yuboradi, yalqov «ho'ng-ho'ng» yig'Iaydi, tavba qiladi. Uni o'rtaga olib tanbeh berishadi. Ayiqcha uy atrofmi boqqa aylantiradi, kunlar, oylar o'tib, yoz kelgach, o'z do'stlarini bog'ida yetishtirgan olmalar bilan mehmon qiladi. Shoir yalqov ayiq tilidan she'rni:
Baxtiyor qildi mehnat,
Mehnat ekan, — der, -rohat!
deb yakunlaydi. Ertakning bosh qahramoni yalqov, kattalarning maslahatiga quloq solmaydigan, mehnat qilishni xohlamaydigan manman bolalaming umumlashgantipik, allegorikobrazidir.Shoir buobrazniyaratishdaertaklarga xos bo'rttirma tasvirlar, yumoristik va dramatik situasiyalardan keng foydalanadi. Ertak yosh avlodni jamoatchilik va mehnatsevariik ruhida tarbiyalashda muhim rol o'ynaydi.
Shoir ijodiga nazar tashlasak, xalq og'zaki ijodi namunalarini, folklor syujeti va motivlarini olib, uiarga ijodiy yondashgan holda yangi ijtimoiy mazmun bilan boyitib, qayta ishlab, xalqqa taqdim qilganligining guvohi bo'lamiz.
Shukur Sa'dulla asarlaridagi muhim xususiyat shuki, ularda majoziy obrazlar yordamida didaktik fikrlar ifodalangan. Bu esa asarning oson o'qilishini ta'minlaydi. Ular bolalaming psixologiyasiga moslab yozilganligi bilan ham xarakterlidir.
Shoir ijodida yumoristik she'rlar ham bir talay: «Shalabbo», «Anqov», «Injiq», «Ivirsiq», «Bizning oyi» kabi asarlarida shoir dangasa, o'z ustida ko'p ishlamaydigan, o'qish, izlanishni yoqtirmaydigan, injiq, ivirsiq bolalar ustidan qattiq kuladi
Daftari ochiq-sochiq,
Qolgan vazifa chala.
Soat yurar: chlq-chiq-chiq,
Yechilmagan masala.
«Ivirsiq»da shoir o'yinqaroq, kun bo'yi koptok o'ynab, uyga berilgan vazifani bajarish, o'z vaqtida uyqudan turish o'rniga qotib uxlab darsdan kech qolgan Siddiq ismli bolaning maktab o'quvchilariga xos bo'lmagan qiliqlarini fosh qiladi:
Yana jaranglab soat,
To 'qqizga zang wradi.
«Ivirsiqjon» betoqat — Endi shoshib turadi.
Shukur Sa'dulla xalq og'zaki ijodini sevgan va undan ijodiy foydalangan shoirlardan biri edi. U «No'xatpolvon», «Laqma it», «Ayyor chumchuq», «Cho! bilan bo'ri» kabi o'nlab asarlarini ertaklar asosida yaratdi. Xalq ertaklarini jo'ngina she'rga solib qo'ya qolmadi. Balki unga ijodiy yondashdi. Davrimizga, bolalarning istak-armonlariga moslashtirdi.
Shukur Sa'dullaning «Komandirning boshidan kechirganlari», «Kachal polvon», «Aziz qishlog'im», «Ism qo'yilmagan xat» qissalari o'zbek bolalar nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish