93
olish zonasidan ikki marttaga ortiq bo‘ladi. Shuning uchun CDMA
450 yechimi qishloq joylarida, aholining zichligi uncha katta
bo‘lmagan hududlarda simsiz aloqani quradigan operatorlar uchun
foydali bo‘ladi.
Kam aholili va borish qiyin bo‘lgan hududlar uchun CDMA 450
standarti iqtisodiy foydali va an’anaviy simli telefoniyaga muqobil
hisoblanadi. Bu yechim CDMA 2000
texnologiyalarining barcha
asosiy afzalliklarini taqdim etishi tufayli operator va uning abonentlari
uchun foydali bo‘lib, aynan u uchinchi avlod yangi xizmatlarini
keyingi joriy etish, masalan, abonentning joylashish o‘rnini aniqlash
(LBS) imkoniyatini yaratadi. Shuningdek alohida operatorlar
tarmoqlarida ishlayotgan multimediali xizmatlar va Push-to-Talktm
(«Bos va gapir», ya’ni telefonni ratsiyadan foydalanishga yaqin
rejimda ishlatish) texnologiyalari bo‘lishi mumin.
CDMA 450 bu turli tarmoq ehtiyojlari uchun ideal yechim
hisoblanadi. Telekommunikatsiyalar universal xizmatlari konsepsiyasi
istalgan aholi punktida har qanday
abonentga berilgan muddatda
o‘rnatilgan sifatdagi va baholar darajasida bo‘lgan aloqa xizmatlarini
ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari CDMA 450 standarti
asosida davlat organlari manfaatlarida maxsus aloqa tarmoqlari
qurilishi mumkin. CDMA 2000 standartining yuqori tezlikli
ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha imkoniyatlari 450 MGs diapazondagi
operatorlar uchun real qiziqishni beradi va keng polosali DSL-
ulanishga muqobil bo‘ladi.
CDMA 450 aholini ma’lumotlarni olishini (xususan, Internet
orqali), ayniqsa kabelni o‘tkazilishi o‘zini
oqlamaydigan olisdagi
hududlarda soddalashtirishga imkon beradi.
CDMA 450 tizimining ishlatilishi dispetcherlik aloqasi yoki
TETRA kabi maxsus maqsadli tizimlar uchun foydali bo‘lishi
mumkin. Yuqori ulanish tezligi bilan birga Push-to-Talktm
funksiyasining qo‘llanilishi bilan CDMA 450 tizimlari huquqni
muhofaza qilish, tez tibbiy yordam, yong‘in-himoya xizmati va
maxsus xizmatlar masalalarini tezkor va
sifatli echilishiga imkon
beradi.
CDMA 2000 texnologiyalarini, ayniqsa 450 MGs diapazonning
ishlatilishi “elektron hukumat” tizimlarini yaratilishini sezilarli
engillashtirishi mumkin. Bu standart Hukumat, davlat xavfsizligi
diqqat markazida turli ilovalarni yaratish
va ishlashi uchun juda
yaxshi tanlov hisoblanadi. Chunki texnologiya sanab o‘tilgan
94
afzalliklardan
tashqari,
autentifikatsiyalash,
kodlash
va
ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash yordamida uzatishda
ma’lumotlarni himoyalashning yuqori darajasini ta’minlaydi.
Bularning barchasi CDMA 450 standartini Hukumat uchun,
shuningdek huquqni muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash turli
loyihalarida qo‘llanilishi uchun ideal standart bo‘lishini ta’minlaydi.
Bugungi kunga kelib CDMA 450 standartining 14ta tijorat
tarmoqlari O‘zbekiston, Rossiya, Ruminiya,
Belorussiya, Chexiya,
Gruziya, Latviya va boshqa davlatlarda ishlamoqda. Yana bir nechta
tarmoqlar ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda CDMA
450 standartidan O‘zbekistonda 1.000.000 kishidan ortiq abonentlar
foydalanmoqda. yetakchi mobil terminallar ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar iste’molchilarga 15 tadan ortiq telefonlar modellarini
taklif etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: