Маълумотлар омбори ва уни бошкариш тизими хакида умумий тушунчалар


Relyatsion ma`lumotlar bazasida ma`lumotlarni qayta ishlash va guruhlash



Download 2,75 Mb.
bet30/83
Sana18.07.2022
Hajmi2,75 Mb.
#819472
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Bog'liq
MBBT-маъруза матни-лотин1

7.1. Relyatsion ma`lumotlar bazasida ma`lumotlarni qayta ishlash va guruhlash
MB ni ko`rishdan maqsad predmet soha ma`lumotlarini saqlash va ularni qayta ishlashdan iboratdir. MB ni ko`rish, uni loyihalashdan boshlanadi. Loyihalashda predmet soha ma`lumotlari guruhlanadi va ular guruh shaklida MB da saqlanadi. Relyatsion MB da guruh sifatida jadval nazarda tutiladi. Demak, loyihalashda MB jadvallari tanlangan relyatsion MBBT talablariga muvofiq me`yorlashtirilgan holda yaratilishi lozim.
Loyihalashda ikkita yondashuvdan foydalanish mumkin.
Birinchi yondashuvda dastlab baza yaratishdan maqsad ularni echish bo`lgan asosiy masalalar hamda masalalarning ma`lumotlarga ehtiyoji aniqlanadi.
Ikkinchi yondashuvda predmet sohasi o`rganiladi, uning ma`lumotlari tahlildan o`tkaziladi va predmet sohasining bir turdagi ob`ektlari belgilanadi.
Amaliyotda har ikkala yondashuvning birikmasi ma`qulroqdir. Chunki, odatda dastlabki bosqichda barcha masalalar haqida to`liq ma`lumotlar bo`lmaydi, natijada MB ni loyihalash va yaratishni barcha masalalarni tuzish bajarilgunga qadar kechiktirishga to`g`ri keladi. Bu texnologiya qo`llanilsa, ishlab chiqish jarayonining xohlagan bosqichida MB ga o`zgartirishlar kiritish va uning tuzilishini ilgari kiritilgan ma`lumotlariga ziyon etkazmasdan turib modifikatsiya qilish (yangilash)ga imkon beradi. Bu texnologiya MB dan turli axborotlarni olish zaruriyati haqidagi dastlabki ma`lumotlardan foydalanishni ko`zda tutadi.
MB ni yaratish uchta asosiy bosqichdan iborat:

  • kontseptual;

  • mantiqiy;

  • jismoniy.

MB ni kontseptual loyihalash – ma`lumotlarni biror bir jismonan aspektda tadbiq qilishni ko`zlamagan holda, tashkilotda foydalanilayotganligiga muvofiq modelini yaratish.
Kontseptual loyihalashda predmet sohasi ma`lumotlarining axborot-mantiqiy modeli qurilishi (loyihalanishi) lozim. Bu modelni ishlab chiqish predmet sohasini tekshirish natijasida olingan tavsifga asoslanadi. Dastlab predmet sohaning MB bo`lg`usi foydalanuvchilarining kontseptual talablari o`rganiladi va aniqlashtiriladi. MB saqlashi kerak bo`lgan ma`lumotlar, foydalanuvchilarning zarur so`rovlari, masalalari hamda ilovalarni bajarishni ta`minlashi lozim bo`lgan predmet sohasi ma`lumotlari tarkibi va tuzilishi o`rganiladi. Bu ma`lumotlar odatda turli hujjatlar, qoidalar, ishlov berish shartlari asosida tahlil qilinadi. Ba`zi bir foydalanuvchilarning xususiy talablari umumiy talablarga zid bo`lsa, ular e`tiborga olinmaydi. Aniqlangan ma`lumotlarning tahlili, axborot ob`ektlarni ajratish uchun qo`llanuvchi rekvizitlarning funktsional bog`liqligini bilish hamda ob`ektlar orasidagi tuzilmaviy aloqalarni aniqlash axborot-mantiqiy modelini qurishga imkon beradi. Axborot-mantiqiy model axborot ob`ektlari bogliqligining ierarxiyasini aks ettiruvchi namunali ko`rinishda berilish lozim. Natijada predmet sohani ma`lumotlarining, ularning jismoniy saqlash usuli ko`rsatilmagan shakldagi o`zaro bog`langan
kontseptul modeli yaratiladi.
Bu modelda ma`lumotlar tashkilotda qanday tartibda mavjud va ishlov berilayotgan bo`lsa, xuddi shu holati bo`yicha tavsiflanadi. Bu tavsifning foydalanuvchi ishlatayotgan holatga muvofiqligi doimiy ravishda tekshirib boriladi.
MB ni mantiqiy loyihalash – ma`lumotlarni kontseptual modeli bo`yicha maqsadli, MBBT tipini hisobga olgan holda biror bir jismonan aspektga tadbiq qilish modelini yaratish.
Ishlab chiqilgan kontseptual model bog`lanishlarini tanlangan aniq MBBT ga tadbiq qilishning imkoni bo`lmasligi mumkin. Shuning uchun, kontseptul model tanlangan aniq MBBT uchun qaytadan ishlab chiqiladi va u mantiqiy model deyiladi.
Mantiqiy loyihalashning maqsadi predmet sohaning o`rganilayotgan qismi kontseptul modeliga asoslangan holda aniq bir MBBT uchun mantiqiy bog`lanishlarga ega bo`lgan mantiqiy modelni qurishdan iboratdir.
Bu bosqichda aniq bir MBBT uchun MB jadvallari, jadvallarining tuzilishi va jadvallar orasida bog`lanishlar yaratiladi. Jadvallarni yaratishda me`yorlashtirish talablarining bajarilishiga rioya qilinadi.
Hozirgi vaqtda ko`pchilik MB relyatsion modelga muvofiq loyihalashtiriladi. Shuning uchun, loyihalashda Koddning 12 ta qoidasiga rioya qilish talab qilinadi.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish