8 - Mavzu. Ma`lumotlar bazasidni boshqarish tizimlari
Zamonaviy relyatsion MBBT haqida ma`lumotlar.
MS Access.
Oracle
MS SQL Server
IBM kompaniyasi server MBBT
My SQL
8.1. Zamonaviy relyatsion MBBT haqida ma`lumotlar Zamonaviy MBBT va uning vazifasi va imkoniyatlari haqida 2.1. mavzuda tavsif berib o`tilgan edi. Ushbu tavsifga qo`shimcha quyidagilarni keltiramiz.
MBBT da har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bo`yicha tavsiflanadi:
ma`lumotlar tuzilmalarining turi;
ma`lumotlar ustida bajariladigan amallar;
butunlikning cheklanganligi.
MBBT ning asosiy xususiyati faqatgina qiymatlarni kiritish va saqlashni amalga oshiruvchi vositalar bo`lmasdan, uning tuzilmasini ham berilishidir. MBBT boshqaruvi ostidagi qiymatlar va ular tavsifi saqlanadigan fayllarni MB deb atash qabul qilingan.
Biror bir dastur uchun maxsus tashkil qilingan fayldagi ma`lumotlarga ishlov berishga nisbatan MBBT orqali ma`lumotlarga ishlov berish bir oz ko`proq vaqtni oladi. Hozirgi kunda kompyuterlarning texnik imkoniyatlari yuqori bo`lganligi uchun bu vaqt sezilmaydi. Ammo, MB ga biror o`zgarish kiritilsa u dasturiy mahsulotlarga ta`sir qilmaydi. MBBT har bir foydalanuvchiga qiymatlarga kirish imkoniyatini yaratib beradi. Foydalanuvchi MBBT ning quyidagi xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo`lmasligi mumkin:
qiymatlarning xotirada jismoniy joylashtirilishi va ularning tasvirlanishi;
so`ralgan ma`lumotlarni izlash mexanizmi;
bir vaqtning o`zida bir xil ma`lumotlarni bir necha foydalanuvchi so`rovida tasvirlanishi va o`zgartirishda vujudga keladigan muammolar echimi;
ruxsat berilmagan kirishlar va nomutanosib o`zgartirishlarda himoyalash usullari;
MB ni ishchi holatda doimo saqlash va MBBT ning boshqa ko`pgina xizmatlari.
Oldingi ma`ruzalarda ta`kidlab o`tilganidek, MB tushunchasi avvalo ko`p masalalarni bir nechta foydalanuvchilar tomonidan echishga qaratilgan. Shu sababli, zamonaviy MBBT larda ko`p foydalanuvchili texnologiyaning mavjudligi muhim hisoblanadi. Turli vaqtlarda bunday texnologiyalarni ro`yobga chiqarish hisoblash texnikasining asosiy xarakteristkalari va dasturiy ta`minotning rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan. Ushbu texnologiyalarni xronologik ketma – ketlikda ko`rib chiqamiz.