SELECT a.ism, a.familiya, a.shahar, a.ko`cha, a.uy, c.sana, c.pul miqdori
FROM manzil a, hisob c
WHERE c.buyurtmachi=a.buyurtmachi
AND c.sana=a.oxirgi to`lov muddati buyurtmachi
AND c.to`langan=IS NULL
‘Fayl – server’ arxitektura ishlatilsa ‘Manzil’ jadvalidan 100000 ta, ‘Hisob’ jadvalidan esa 300000 ta yozuvni, jami 20 Mb ga yaqin ma`lumotni ‘mijoz’ kompyuteriga ko`chirishga to`g`ri keladi.
‘Mijoz – server’ arxitektura ishlatilsa so`rovga serverda ishlov beriladi va shartni bajaruvchi, eng ko`pi bilan 1000 ga yaqin yozuvni, ya`ni taxminan 10 Kb ga yaqin ma`lumotni ‘mijoz’ kompyuteriga ko`chirishga to`g`ri keladi. Bu tarmoq yukini ‘fayl – server’ arxitekturasiga nisbatan 2000 martaga yaqin engillashtiradi.
‘Mijoz – server’ arxitekturasi katta hajmli ma`lumotlarga tez ishlov bera oladi va bir vaqtning o`zida ko`p sonli foydalanuvchilar bilan ishlay oladi. Bundan tashqari, u foydalanuvchilarning MB ga murojaatini to`xtatib turmasdan, MB nusxasini ola oladi. Masalan, mobil aloqa mijozlarini, aloqasini tungi 2 dan 3 gacha to`xtatib, MB
zahirasini olinishini tasavvur qiling.
Uch zvenoli (ko`p zvenoli) ‘mijoz – server’ arxitektura. Uch zvenoli (ba`zida ko`p zvenoli) arxitektura (N-tier yoki multi-tier) “mijoz-server” texnologiyasining rivojlangan va takomillashtirilgan shaklini ifodalaydi. ‘Mijoz – server’ arxitekturasi bilan tanishib, u ikkita zvenodan tashkil topgan: birinchi zveno – mijoz dasturi, ikkinchi zveno – MB serveri + MB ning o`zi degan xulosaga kelinadi. Uch zvenoli arxitektura bu butunicha biznes-logika (ishbilarmon logika), oldin mijoz dastur bo`lgan zveno alohida ilovalar zvenosiga kiritiladi. Bunda mijoz dasturi sifatida faqat foydalanuvchi interfeysi qoladi. Unda mijoz ilovasi sifatida Web-brauzer ishlatiladi.
U ch zvenoli arxitekturadan foydalanganda qanday o`zgarish yuz beradi? Unda endi biznes – logika o`zgarganda mijoz dasturlarini o`zgartirish va barcha foydalanuvchilar uni yangilashi zarur emas. Bundan tashqari foydalanuvchi kompyuterining apparatiga bo`lgan talab keskin pasayadi.
Uch zvenoli arxitekturaning ishlash tartibi quyidagicha qurilgan:
MB fayllar to`plami shaklida maxsus ajratilgan kompyuterning (tarmoq serveri) qattiq diskida joylashadi.
MBBT ham tarmoq serverida joylashadi.
Maxsus ajratilgan ilovalar serveri mavjud bo`lib, unda ishbilarmon doiraning (biznes – logika) dasturiy ta`minoti joylashadi.
Ko`p sonli mijoz kompyuterlari mavjud va ularda “kichik mijoz” deb ataluvchi mijoz dasturi o`rnatilgan bo`lib, ular foydalanuvchi interfeysini hosil qiladi.
Har bir mijoz kompyuterida foydalanuvchilar kichik - mijoz dasturini ishga tushirish imkoniga ega. Bu dastur yaratgan foydalanuvchi interfeysi yordamida foydalanuvchilar ilovalar serveridagi ishbilarmon doiraning dasturiy ta`minotiga murojaat etadi.
Ilovalar serveri foydalanuvchi talabini tahlil qiladi va MB so`rovlarni hosil qiladi. Buning uchun maxsus SQL –so`rovlar tili qo`llaniladi, ya`ni tarmoq orqali ilovalar serveridan MB serveriga faqat so`rov matni jo`natiladi.
MBBT da serverdagi MB ning jismoniy tuzilmasi haqidagi ma`lumotlar saqlanadi.
MBBT serverdagi ma`lumotlarga murojaatni bajaradi va uning natijalari ilovalar serveriga jo`natiladi.
Ilovalar serveri natijani mijoz dasturiga (foydalanuvchiga) jo`natadi.
Ilova foydalanuvchi interfeysi yordamida so`rov natijalarini tasvirlab beradi.
Cartner Group tadqiqotlariga muvofiq ‘mijoz-server’ da o`rtacha 700 tagacha mijoz mavjud bo`ladi. Mijozlarning hammasi ham serverga bog`lanmagan taqdirda
ham bir tizimda zo`riqish vujudga keladi.
Ko`p zvenoli arxitektura sharofati bilan zo`riqish taxminiy ravishda teng holda server ilovalariga yuklanadi. Bundan tashqari, server ilovalari serverga xato qo`llanmalar tushishini oldini oladi. Ba`zi bir hollarda bir guruh mijozlar bir vaqtning o`zida bir xilda so`rov berishadi. Serverdan qiymatlar bir marta berilishi kerak. O`zgarishlarni buferlashtirishdan foydalanish orqali qiymatlar MB serveridan yuklanadi. Ishchi guruhning server ilovasi orqali ma`lumotga ishlov beriladi va ma`lum bir vaqt o`tgandan so`ng to`plangan o`zgarishlar yana orqaga, MB serveriga qaytariladi. Mijoz interfeysi dasturlari server ilovalarda joylashgan bo`ladi.
Ko`pgina mutaxassislar MBBT larini ikkita katta sinfga ajratishadi: ‘stol’ va ‘server’.
Do'stlaringiz bilan baham: |