8.3. Oracle Larri Ellison 1977 yil Kaliforniya shtatining Redvud shahrida Robert Mayner bilan birgalikda Oracle kompaniyasini tashkil qildi. Birinchi relyatsion MBBT IBM System/R modeliga moslab yaratildi va u IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan SQL tilidan foydalangan birinchi tizim hisoblanadi.
Oracle tarixidagi eng muhim voqealar:
1977 yil – Oracle kompaniyasi tashkil qilindi.
1979 yil – Birinchi RMBBT yaratildi.
1983 yil – Birinchi ko`chiriluvchan RMBBT yaratildi.
1987 yil – Mijoz-server arxitekturali RMBBT yaratildi.
1987 yil – Case mahsulotlar ishlanmasi yaratildi.
1988 yil – Oracle 6 yaratildi.
1992 yil – Unix uchun Oracle 7 yaratildi.
1993 yil – Guruh turidagi ishlanmalar uchun Cooperative Devolopment Envirjnment (CDE) majmuaviy vosita yaratildi.
1994 yil – Shaxsiy kompyuterlar uchun Oracle 7 yaratildi.
1995 yil – Web ga bog`lanish imkoniyatlari Oracle mahsulotlariga qo`shildi.
1996 yil – Network Computing Architecture (NCA) tarmoqli arxitektura vujudga keldi.
1996 yil – Oracle Universal Server yaratildi.
1997 yil – Mijoz-server ishlanmasini yaratish muhiti Web ga ko`chirildi.
1997 yil – Oracle 8 yaratildi.
1999 yil – Oracle 8i yaratildi.
Keyinchalik Oracle 9, Oracle 10 va Oracle 11 versiyalari yaratildi. Hozirgi kunda Oracle 11i versiyasi keng tarqalgan.
Oracle kompaniyasi o`z yo`nalishini RMBBT yaratishga qaratdi. Uning mahsulotlari dunyoning barcha etakchi yirik muassasalarda qo`llanilmoqda. Bundan tashqari uzoq yillar mobaynida kompaniya Oracle RMBBT bilan bog`liq holda ishlovchi dasturiy mahsulotlarni yaratish uchun turli xil vositalarni ham taklif etmoqda. Ular orasida Disaigner, Case – tizimi va Devoloper juda mashhurdir.
Oracle kompaniyasi ham boshqa MBBT yaratuvchilari singari o`z mahsulotlari imkoniyatlarini kengaytirib va takomillashtirib bormoqda. Oracle 8 mahsulotidan boshlab dasturiy mahsulotlariga ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash vositalari – sinflar (tiplar), metodlar, kollektsiya (Varray va ichma-ich joylashgan jadvallar), taqdimot va identifikator singarilar kiritildi. Web texnologiyalarining barcha imkoniyatlari dasturiy mahsulotlarga kiritib borilmoqda, ayniqsa ular Disaigner, Devoloper, SDevoloper va boshqa dasturiy mahsulotlarga keng tadbiq qilingan. Hozirgi kunda Oracle kompaniyasi MBBT bozorida etakchilik qilmoqda.
Oracle, bir biri bilan bog`langan hamda har biri qisman mustaqil bo`lgan, bir necha yirik dasturiy majmualar birlashmasidan tashkil topgan. Har bir dasturiy majmua qaysidar sohaga tegishli ishlarni bajarish uchun o`z xizmatlarini tavsiya qiladi. Oracle qiymatlar lug`atini qo`llab-quvvatlash, ko`p darajali himoyalanish, qiymatlar butunligini kafolatlash, parallel kirishlarni tashkil qilish va tillar aloqasini ta`minlashning kuchli vositalariga ega. SYSTEM jadval fazosida saqlanuvchi qiymatlar lug`atiga SYS va SYSTEM tavsifi bo`yicha xizmat ko`rsatadi. Oracle foydalanuvchilarni aniqlashni OT vositalari yordamida, qayd qilishni esa MB darajasida belgilashni taklif qiladi. Ular rolini (ma`lumotlardan foydalanish huquqi) aniqlash va rioya qilinishini hamda huquqlarini belgilashni o`z zimmasiga oladi. Ma`lumotlardan foydalanish huquqini belgilash ixtiyoriy jadvalning atributigacha tushirilgan. Resurslardan foydalanish yo`nalishlarga muvofiq tartibga solinadi. Birlamchi va kalitlar uchun butunlik deklarativ butunlik mexanizmi orqali ta`minlanadi. Buning uchun kalitni ko`rsatish kifoya qilinadi (butunlikni kafolatlovchi maxsus dasturlarni yozish zaruriyati yo`qoladi). Oracle har bir birlamchi kalit uchun takrorlanmas noyob indeksni shakllantiradi. Foydalanuvchi qo`shimcha ravishda tashqi kalitlar uchun ham indeksni shakllantirish buyurtmasini berishi mumkin. Oracle SQL da qabul qilingan cheklov (constraints) va triggerlarni talab darajasida ishlashini ta`minlaydi. Odatda, blokirovka yashirin tarzda, qator darajasida amalga oshiriladi, ammo blokirovkani blok darajasida ham tashkil qilish mumkin.
Blokirovka – tusiq. Joriy amallar bajarilganga qadar, keyingi amallar bajarilishini taqiqlash. Umumiy tarzda ishlatiladigan vositalar tekshirilgan holda kirishni tashkil qilish mexanizmi.
Blok. Birqancha mantiqiy yozuvlarning bir jismoniy yozuvga birlashishi.
Birinchi holat parallel kirish uchun qulay sharoit yaratadi. Tranzaktsiya jurnali MB dan alohida saqlanadi va SGA global tizim sohasida buferlanadi.
Tranzaktsiya. MB ni o`zgartirish so`rovi. Foydalanuvchi MB dan ma`lumotni qabul qilishi, unga ishlov bergandan keyin javob ma`lumotini uzatishi.
Buferizatsiya-buferlash. Asosiy xotiraning maxsus maydonlari (buferlar) bo`lib, asosiy xotira va tashqi qurilmalar orasidagi ma`lumot almashish uchun ma`lumotlar vaqtinchalik shu joyda saqlanadi.
Jurnal tranzaktsiya-tranzaktsiyalar jurnali. MBBT dan tushayotgan tranzaktsiyalarni qayd qiluvchi jurnal.
Bekor qilish (otkat)-ortga qaytarish. Tranzaktsiya vaqtida o`zgartirilgan ma`lumotlarni o`zgarganligini bekor qilib, avvalgi holatiga qaytarish amali.
Ortga qaytarish jurnali MB da saqlanadi va SGA da buferlanadi.
Oracle da ANSI SQL standartiga muvofiq keluvchi SQL tili qo`llaniladi. Dasturiy majmua tarkibida SQL*Plus interektiv interpretator mavjud. Bundan tashqari protsedura, funktsiya va triggerlarni yozish uchun kuchli protsedurali PL/SQL tili ham mavjud.
Hozirgi kunda Koddning 12 ta qoidasiga to`liq javob beruvchi birorta ham MBBT mavjud emas, ammo Oracle bu qoidalarning eng asosiylariga eng ko`proq javob bera oladigan MBBT hisoblanadi.
MB ni MBBT saqlash uchun jadval fazosi ajratiladi.
Jadval fazosi (tablespace). Jadval yoki indeks singari mantiqiy ob`ekt yoki segment saqlanuvchi jismoniy tuzilmadir.
Segment – yozuv yoki uning qismi.
OT da jadval fazosi fayl ko`rinishida saqlanadi. SYSTEM jadval fazosida qiymatlar lug`ati saqlanadi.
Qiymatlar lug`ati, ma`lumotlar lug`ati (slovar’ dannix) MB ob`ektlarining tavsifi va tuzilishini saqlovchi tizim jadvali.
TEMP jadval fazosida vaqtinchalik ob`ektlar (tartiblash yoki yaratishda hosil bo`lgan jadvallar yoki indekslar) saqlanadi.
ROLL1 jadval fazosida bekor qilinganlar jurnali segmenti saqlanadi.
Tranzaktsiya jurnali bevosita fayl ko`rinishida saqlanadi va u uchun jadval fazo talab qilinmaydi.
Umuman olganda Oracle yaxshi himoya vositalariga, ma`lumotlar butunligini ta`minlash kafolatiga, to`liq tiklanish xususiyatiga, juda katta hajmli MB bilan ishlash hamda minglab foydalanuvchilarga bir vaqtning o`zida xizmat qilish quvvatiga va boshqa keng imkoniyatlarga ega bo`lgan MBBT dir. U kuchli SQL*Plus va PL/SQL tili bilan ta`minlangan. Oracle taqsimlangan MB bilan ishlay oladi va to`liq tiklanish xususiyatiga hamda har qanday web xizmatlarni qo`llash imkoniga ega.
Oracle dunyodagi eng yirik MBBT ni ishlab chiquvchi kompaniyadir. Bugungi kunda Oracle MBBT 80 dan ortiq operatsion tizimlarda ishlaydi. Oracle yangi versiyalari platformaga bog`liq bo`lmagan holda, Web texnologiya asosida ishlash xususiyatiga ega. Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida 40000 dan ortiq xodimlari kompaniyaga milliardlab dollar foyda keltirishadi.
Hozirgi kunda Oracle Database 11g keng qo`llanilmoqda.