Mallayev Og’abek 312-20 guruh o’quvchisi Dinshunoslik 1-topshiriq



Download 26,94 Kb.
bet4/4
Sana30.12.2021
Hajmi26,94 Kb.
#97355
1   2   3   4
Bog'liq
Mallayev Og'abek 1-topshiriq 009-patok

4-topshiriq. Berilgan savollarga jadval asosida javob bering

t/r

Savollar

Yaxudiylik

Buddizm

Xristianlik

1

Vujudga kelishi

Miloddan avvalgi 1 ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan.

Bu din eng qadimgi dinlardan biri bo’lib mil. avv. 6-5 asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Buddizm inson tomonida asos solingan din bo’lib , uning asoschisi Budda hisoblanadi. Bu dinning kelib chiqishi : Buddani hayot falsafasi yoki hayot haqiqati nima ekan degan savollar qiynar edi . U bu savollarni toppish uchun savarga chiqadi . U bir changalzorga kelganda juda holdan toygandi. U haqiqatni shu yerdan topaman deb hayoliga keldi. Kutishning 49-kuni u o’z ichidan sen haqiqatni topding deya sado keldi va shu kunda Budda nurlangan deb hisoblanadi . U ortga qaytgach 5 ta rohib do’stlariga og’zaki ravishda o’z haqiqatlarini yetkazadi.

Xristianlik dini vujudga kelmasdan avval yaxudiylar insonlar haloskori,najotkori borligini bashorat qilishgan va kutishgan ya’ni Iso alayhissalomni. Iso alayhissalom o’limlardan avval o’zlarining 12 shogirtlariga og’zaki ravishda o’zlari bilgan bilimlarni o’rgatdilar , ammo boshqa yaxudiylar Iso alayhissalomni fitnachilikda ayblab osib o’ldirdi . Ular esa ustozlaring ta’limotini har birlari alohida alohida kitob shakliga keltirishdi . Manbalarga ko’ra xristianlik yaxudiylik muxitida vujudga kelganligi sababli yaxudiylikni xristianlikka o’z tasirini ko’rishimi mumkin.

2

Ta'limoti

Olamni yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahs (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirili-shiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish Yaxudiylikning asosiy ta’limotidir.

Buddaviylik ta’limoti uch qism ya’ni, axloq , mediatsiya va donolik qismlaridan iboratdir.
1)Axloq normalari – “Pancha shila ” (Buddaninf 5 nasihati). Bu norma o’znomi bilan ham etib turbdiki , bu dinga e’tiqod qiluvchilar o’zlarini qotillikdan, o’g’rilikdan, mastlikdan, yolg’ondan va gumrohlikdan saqlashlari kerak.
2) Mediatsiya(Fikrlash) – Insonni to’g’ri fikrlashga o’rgatish.
3) Donishmandlik – bu Buddaviylikning asosiy maqsadidir. Insonlar narsalar tabiatini to’g’ri tushunishi bilan bog’liqdir.

Xristianlikning asosiy g'oyasi - Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo'lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta'limotdan kelib chiqqandir.Keyinchalik bu ta'limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya'ni Isoning o'zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqiqatdagi ta'limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, o'g'il-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo to'g'risidagi ta'limot, jannat va do'zax, oxiratda go'yo dunyoning oxiriga borish, Isoningqaytishi haqida va boshqa aqiclalarni o'z ichiga oladi.

3

Payg‘ambari

Muso alayhissalom.

Siddxartxa , Gautama

Iso alayhissalom

4

Muqaddas manbalari

Tavrot va Talmud . Talmud ham o’z navbatida Quddus Talmudi va Bobil Talmudiga bo’linadi .

Tripitaka

Injil

5

Tarqalishi

Asosan, yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri.Yaxudiylikga eʼtiqod qiluvchilar 18 mln.ga yaqin, ularning uchdan bir qismi AQSH dadir.

Oldingi va hozirgi buddizm tarqalgan mamlakatklar : Xitoy,Koreya,Yaponiya,Tibet,Mongoliya,Amerika va Yevropa.

Xristianlik dini  Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan,Xozirgi kunda Evropa , shimoliy va janubiy Amerika,Avstraliya qit’alarida hamda Afrikaning janubiy qismida va Osiyo qit’asinign sharqiy qismida tarqalgan.

6

Oqimlari

Mil. av. 2-asrdan milodning 2-asrigacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal I. bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-asrlarida ortodoksal I.ga muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin Yaxudiylikdan yiroklashib borishi jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan.

Xinayana,Maxayana,Tsintu,Tantrizm,Tenday,Chan-Buddizm,Lamaizm

Xozirgi eng ko’p sonli 3 ta asosiy oqimi mavjud : Rim katoliklari, Pentecostallar,Provoslavlar.Rim imperiyasi xristianlikka kira boshladi va Rim lkatoliklari oqimi kelib chiqdi . Qolgan xristianlar xam ikkiga ajradi ya’ni Pentecostallar,Provoslavlar.

7

Diniy marosim va bayramlari

Yaxudiylik dinida xilma-xil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, .xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiklar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliqlar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan.

Buddizmda ertalabki va kechki ibodat, monaxlarga oziq-ovqat keltirish, tiyilish kuni, dunyoga kelish va balogʻat yeshini nishonlash, nikoh, yangi uyga koʻchish, ajdodlarni xotirlash va dafn marosimlari mavjud.

Xristian dini marosimlari misteriyalar (qad. dinlarning maxfiy marosimlari) taʼsirida shakllangan va asosan Iso Masiq shaxsi bilan bogʻliq. Xristianlikdagi pravoslav va katoliklar yetti sirli marosim — choʻqintirish, non va vino totish, xushboʻy moy surish, badanni yogʻlash, nikoh, tavbatazarru va kashishlik (rohiblikka qabul qilish)ni tan oladilar. Protestantlar esa faqat choʻqintirish, non va vino totish marosimini eʼtirof qiladilar.

Download 26,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish