Maktablarda taʼlim sifatini oshirish – ustuvor vazifa


Pedagog va rahbarlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yaratish



Download 79,53 Kb.
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi79,53 Kb.
#796843
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ta\'lim sifatini oshirish

Pedagog va rahbarlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yaratish
23 avgustdagi videoselektorda oʼqituvchi va murabbiylarning oʼzi ham bilim va saviyasini oshirish, jamoat ishlarida faol ishtirok etish, halol mehnati va tashabbuskorligi bilan bu kasbning obroʼsini oshirishi kerakligiga urgʼu berildi. Shu bilan birgalikda, ayrim pedagog xodimlarning bilim va malakasi bugungi zamon talablariga javob bermasligi hamda oʼqituvchilarning bilim va saviyasini yuksaltirishda malaka oshirish tizimining oʼrni sezilmas yigʼilishda tanqid qilib oʼtildi.
Shu bois, “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi toʼgʼrisida” Prezident qarori loyihasi tayyorlanib, keng muhokamaga qoʼyildi. Unda uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish boʼyicha quyidagilar belgilandi:
a) Xalqaro andozalarga asoslanib xalq taʼlimi tizimidagi pedagoglarning kompetentsiyalari darajasini belgilovchi yagona kasbiy standart va baholash tizimini ishlab chiqish;
b) umumtaʼlim maktablarida pedagogik faoliyat yuritish huquqini berish boʼyicha kasbiy litsenziyalash (sertifikatlash) mexanizmlarini ishlab chiqish hamda uni bosqichma-bosqich joriy etish;
v) xalq taʼlimi xodimlarining mustaqil ravishda malaka oshirishlarini qoʼllab-quvvatlash va ularning kasbiy ehtiyojlarini eʼtiborga olish imkoniyatini beradigan malaka oshirishning kredit-modul tizimini joriy etish;
g) amaldagi metodist lavozimini tugatgan holda oʼqituvchilarning kasbiy faoliyatini doimiy rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlash uchun “mentor” lavozimini joriy etish. Mentorlikka tajribali oliy toifali oʼqituvchilar va yuqori malakali kadrlarni jalb etish hamda ularning oyligini oliy toifali oʼqituvchilarga nisbatan 1,35 baravar koʼproq etib belgilash;
d) А.Аvloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti negizida А.Аvloniy nomidagi Xalq taʼlimi akademiyasini hamda Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi hududiy xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari negizida Pedagogik mahorat institutlarini tashkil etish;
e) Аkademiyada malakali va iqtidorli amaliyotchi pedagoglar tarkibidan yangi zamon taʼlim boshqaruvchilarini tayyorlash maqsadida tashkil etiladigan “Taʼlim menejmenti” mutaxassisligi boʼyicha 1 yillik va va “Kattalar taʼlimi” mutaxassisligi boʼyicha 2 yillik magistraturalar tashkil etish kabi masalalar taklif etildi.
Kasbiy litsenziya tizimini joriy etish
Ushbu qaror loyihasi bilan oʼqituvchilar uchun kasbiy litsenziya tizimini joriy etish taklif etilmoqda. “Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi”da umumtaʼlim muassasalari oʼqituvchilari va maktab direktorlarini zamonaviy malaka talablari asosida sinovdan oʼtkazib, ularning faoliyatini litsenziyalash belgilangan. Shu bois, uni amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda. Kontseptsiyaga muvofiq litsenziyalash bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda jami oʼqituvchilar soniga nisbatan kasbiy litsenziyaga ega oʼqituvchilarni 2021 yilda 5 foizga, 2030 yilda 20 foizga yetkazish belgilangan.
Taʼkidlash joizki, kasbiy litsenziyalash amaliyoti Buyuk Britaniya, АQSh, BАА, Koreya, Finlyandiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda samarali joriy qilingan.
Hozirda xalq taʼlimi tizimidagi 466 462 nafar oʼqituvchidan 3,1 foizi oliy malaka, 14,6 foizi birinchi malaka, 29,4 foizi ikkinchi malaka toifasiga ega. Qolgan 52,9 foiz oʼqituvchi toifaga ega emas (!).
Kasbiy litsenziya rahbarlar uchun 3 yilga, oʼqituvchilar uchun esa 5 yilga amal qilib, dastlabki bosqichda toifaga ega boʼlgan oʼqituvchilardan, keyinchalik toifaga ega boʼlmagan oʼqituvchilardan talab etiladi.
Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan oʼqituvchilar ish haqining bosqichma-bosqich oshirilishi faqatgina kasbiy litsenziyaga ega boʼlgan pedagog kadrlarga tatbiq etilib, oʼqituvchilarni oʼz ustida ishlashga undaydi.
Kasbiy litsenziyani joriy etish maqsadi va ahamiyati yuzasidan keng jamoatchilik orasida tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda. Yakuniy loyiha jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda takomillashtiriladi.

Download 79,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish