Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning pedagogik sharoitlari



Download 281 Kb.
bet9/16
Sana24.04.2022
Hajmi281 Kb.
#579164
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
O\'g\'loy dis

Etnopedagogika - etnik guruhlarning ta’lim tarbiya borasidagi
tajribalari, oila, jamoa, urug‘, avlod, millatning qadimiy qadriyatlariga oid
qarashlari haqidagi fandir. U xalq pedagogikasidan zamonaviy
sharoitlarda foydalanish yo'llarini ko'rsatadi, etnik guruhlarning bu
boradagi tajribalarini yig'adi va tatbiq etadi.
Boshqacha qilib aytganda, etnopedagogikani turli xalqlar
tarbiyasining tarixi va nazariyasi sifatida ko'rish mumkin. Barcha
xalqlarda xushmuomilalik, mardlik, xaqgo'ylik, mehnatsevarlik,
Vatanga muhabbat, xalqiga sodiqlik kabi xislatlar yuqori baholanadi.
Zero, “har bir xalqning kuchli va o‘ziga xos jihatlarini
ta’kidlovchi stereotip tavsiflar hozirgi kungacha o'z ahamiyatini
yo‘qotgan emas."20
Amerikacha ishbilarmonlik, nemischa saranjomlik, fransuzcha madaniyatlilik,inglizcha rasmiyatchilik, o‘zbekcha mehmondo'stlik kabi ijobiy fazilatlar shular jumlasidandir. Buyuk mutafakkirlar xalqning pedagogik qarashlari va tajribalarini o'rganishga jiddiy e'tibor qaratganlar. Klassik
pedagoglarning ta’kidlashicha, xalq pedagogikasi tarbiya haqidagi
fanni boyitadi, uning tayanchi va asosi bo'lib xizmat qiladi. Xalqlarning pedagogik madaniyati bilan juda qiziqqan rus
yozuvchisi V.G.Belinskiy: «Har bir millatning o‘ziga xosligi, asosan,
faqat shu millatga xos dunyoqarash, din, til, urf-odatlar va
an’analardir”, - deydi. O'tmishda yig‘ilgan ma’rifiy boyliklarni buyuk
faylasuf Gegel “o‘zidan kuch taratuvchi ona yer” bilan taqqoslagan.
Uning ta'kidlashicha, “ilm-fan va ta’limning har bir yangiligi uning
qadimiylikka murojaatidan kelib chiqadi”. Demak, madaniyatning,
jumladan, pedagogik madaniyatning an'anaviyligi xalqlarning yuqori
madaniyatining muhim belgisidir. Buyuk alloma Abu Nasr Farobiy:
“Xalqlarning o‘z qadimiy madaniyatiga e’tibori va qiziqishning
uyg'onishi ularning xaqiqiy donoligidan dalolatdir”21, - deydi.
Demak, xalq pedagogikasi - xalq ommasining turmush faoliyati
jarayonida to‘plangan va avloddan-avlodga o'tib kelayotgan tarbiya
borasidagi tajriba va bilimlari yig‘indisidir. Etnopedagogika tadqiqotchilaridan biri G.N.Volkov xalq pedagogikasi manbalari to’g’risida quyidagicha fikr bildirgan“Xalq pedagogikasi-xalq og‘zaki ijodida, urf-odatlarida, marosimlarda, bolalar o‘yinlari va o'yinchoqlarida va hokazolarda saqlanib qolgan pedagogik
ma’lumotlar va tarbiya tajribasining mukammal majmuasidir”.22
Xalq pedagogikani xalq ta`limi tarixi hamda nazariyasi sifatida tasavvur qilish mumkin. Etnopedagogika - bolalar tarbiyasi va bilim olishlarida etnik guruhlarning empirik tajribasi, urug’, qabila,oila,avlod, nasl-nasab, qabila,elat,milllat, milliy qadriyatlarga ahloqiy-estetik qarashlar haqidagi fandir. Etnopedagogika xalqning o’ziga xos ta`lim-tarbiyasining mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi hamda undan hozirgi rivojlangn jamiyatda qanday foidalanish usullarini, imkoniyatlarini taklif etadi. Xalqning qadriyatlarini, urf-odatlarini tabiiy ravishda ko`p asrlik taraqqiyotiga asoslangan etnik guruhlari tajribalarini to`playdi va o’rganadi. Etnopedagogikaning mavzu sohasi o`zgarmaydi: ijtimoiy o`z-o`zini anglash harakatiga taalluqli, ijtimoiy shartlar o`zgarishiga bog`liq ravishda vazifalar shakllanadi va aniqlanadi.
Xalq pedagogikasi jamiyat bilan o`zaro hamkorlik va ijtimoiy ta`sir jarayonini o`rganadi, bu jarayon asnosida ijtimoiy qoidalar, qadriyatlar, tajribalarni o`zlashtiruvchi shaxs rivojlanadi, bolalarni tarbiyalash va o`qitish haqidagi diniy ta`limotlar, ertaklar, dostonlar, maqol va matallar, o`yinchoqlarda, oilaviy va ommaviy tadbirlarda, an`analarda aks etgan xalq tafakkuri hamda falsafiy-ahloqiy, tarbiyaviy fikr va qarashlar haqidagi xalq bilimlarini to`playdi va bir tizimga soladi. Qisqacha qilib aytganda,shaxsning tarixiy-madaniy shakllanish jarayoniga ta`sir ko`rsatuvchi butun tarbiyaviy (pedagogik) quvvatini jamlaydi.O`tmishdagi ko`plab mashhur xalq muallimlari xalqning ta`limiy dunyo qarashini va uning ta`lim sohasidagi tajribasini o`rganishga alohida e`tibor qaratganlar. Mumtoz adabiyot vakillari xalq ta`limi haqidagi fanni boyitishi, unga asos va tayanch bo`lib xizmat qilishi haqida qayta-qayta ta`kidlaganlar. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari bola tarbiyasida onaning roli nechog`lik ahamiyat kasb etishini uqtirganlar zero,ongli, o`qimishli, tarbiyali onagina jamiyat va xalq, din va iymon uchun foyda krltiradigan farzand o’stiradi. Xalq pedagogikasida tarbiyaning jonli tarbiya ya’ni na’muna bo’lish muhim ahamiyat kasb etadi.. Bashariyat ma`naviy rivojlanishda muayyan tarbiyaviy bilimlar aniq bir davr tarixiy bosqichni aks ettirar ekan, bunda xalq ta`limi tarbiya fani yuzaga kelgan va rivojlangan asos bo`lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyotning yuzaga kelishi xalq og`zaki ijodiga barham bermagani kabi tarbiya fanining vujudga kelishi uning tarbiyavaiy qarashlarini ham xalqning kundalik hayotidan siqib chiqarmagan. Tarbiya fani va xalq tarbiyasi (ta`limi) bir-biri bilan o`zaro uzviy hamkorlikda rivojlanib bordi, yagona kenglik vujudga keltirgan holda bir biriga o`zaro qulaylik yaratdi. Bu kenglikni tarbiya madaniyati deb atash mumkin.Xalqda azaldan o`ziga xos ahloqiy turmush, ma`naviy madaniyat tarkib topgan.
Insonning ma`naviy madaniyatliligining eng oliy darajasi chuqur bilimli, tafakkur dunyosi rivojlangan, fikr doirasi keng, olamning yaralish va taraqqiyot bosqichlari haqida chuqur bilimi shakllangan bo`lishidan iboratdir.
Ilmli inson hech vaqt xor bo`lmaydi. Har bir kishi yoshlikdan puxta bilim olishga erishishi zarur. “yoshlikda olingan bilim toshga o`yilgan naqsh kabidir”.23
Har bir xalqning o’z urf-odatlari, o’tmishi, qadriyatlari qatorida o’z ona tili ham mavjud-ki, u har bir rivojlanib, shakllanib kelayotgan yosh avlodning asosiy muhim negizidan biridir.
Farzandini o’z ona tilidan mahrum qilgan ona undan ruhan uzoqlashib qoladi, natijada boladagi insoniy fazilatlardan hamda jamiyatdan ajralib qolgan
inson yetishib chiqadi. Bunday inson o`z xalqining eng yaxshi qadriyat hamda ma’naviy boyligidan mahrum bo`lib, o`rnini boshqa hech narsa bilan to`ldirolmaydi. Xalqda bolani tuqqan emas, tarbiyalagan ona degan maqol mavjud. O`z xalqi madaniyati doirasidan tashqiradagi tarbiya mukammal bo’lmaydi.
Xalq pedagogikasining samaradorligi shundaki, bunda har bir xalqning an’analarini ularning vujudga kelish tarixini va bu tarix nima uchun qanday qilib saqlanib kelinayotgani hamda kelajak avlodga munosib tarzda yetkazish va rivojlantirishdan iboratdir. Bu masalada shox va shoir mirzo Bobur hazratlarini misol qila olishimiz mumkin. O’zlari Ona Vatandan yiroqda bo’lsalar ham farzandlari va avlodlariga o’z xalqi tarixi urf-odatlari, qadriyatlari, milliy g’urur tushunchalarini singdira olganlar. Avlodlar ham o’z o’rnida mana shu tarbiya orqali ajdodlari va ularga munosib avlod bo’lishga intilganlar.
Har bir jamiyat kelajagi va ravnaqi uchun albatta xalq pedagogikasini bolalarga maktabgacha yoshdan singdirish lozim. Chunki, yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan hunar kabidir. Albatta, xalq pedagogikasini nazariyotini amaliyot birga olib borish darkor. Ta`lim-tarbiya sohasida faoliyat olib boruvchilar va uni rivojlantirishga xissa qo’shuvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, uning yosh avlodga ta`siri shunchalik samarali bo`ladi. Xalq ta`lim-tarbiyasi faqat mutaxassis pedagoglar ta`lim-tarbiyasi emas, balki, butun jamiyat ta`lim-tarbiyasi, umumiy ahloq normalaridir. Xalqning ma`naviy hayotini har doim halol mehnat, ruxiy
iste`dod va insoniylik belgilab kelgan, aynan shular chinakam xalq xususiyatini
tarbiyalashda asos bo`lib xizmat qilgan. Har bir shaxs kelajak avlod uchun, jamiyat uchun biror naf keltiradigan ish qilib qoldirmog`i lozim. Insonning hayotda tutgan o`rni ham, dunyoga kelib-ketishdan maqsadi ham uning “tarqatgan ilmi, qobil farzandi, meros qoldirgan Qur`oni, qurgan masjidi,mehmonxonasi, chiqargan suvi, odamlarga qilgan yaxshiligi, jamiyat taraqqiyotiga qo`shgan hissasi bilan belgilanadi. Hayotda, mehnatda halollik, tejamkorlik farovon turmushning, vijdon sofligining,umuman olganda iymon butligining belgisidir. Iymoni butun insonda hech vaqt yomon illatlar shakllanmaydi, jamiyat va biror shaxs ushun zarar keltirmaydi.
Maʼlumki, ogʻzaki adabiyot yozma adabiyot paydo boʻlmasdan ilgari, uzoq oʻtmishdayoq mavjud boʻlgan. Bu adabiyot xalq badiiy kamoloti va maʼnaviy boyligining bitmas-tuganmas xazinasidir. Xalq ogʻzaki ijodi turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan boʻlib, mehnat jarayoni bilan chambarchas bogʻlangan. Xalq donoligi shu mehnat jarayonining turli va oʻziga xos shart-sharoitlariga muvofiq ravishda bolalar uchun ham ajoyib ertaklar, qoʻshiqlar, topishmoqlar, maqollar yaratgan. Ularni bolalar juda sevib tinglaydilar va oʻqiydilar. Xalq ogʻzaki ijodi bilan bolalar maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab tanisha boshlaydilar. Xalq ogʻzaki poetik ijodidagi obrazlarning yorqinligi, soʻz maʼnolarining aniqligi, matnning ohangdorligi, musiqiyligi kabi xususiyatlar bola ruhiga orom, huzur bagʻishlaydi, uni oʻziga mahliyo etadi.


Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish