Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning pedagogik sharoitlari


III-Bob. Tajriba – sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi



Download 281 Kb.
bet11/16
Sana24.04.2022
Hajmi281 Kb.
#579164
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O\'g\'loy dis

III-Bob. Tajriba – sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi.
3.1 Tajriba – sinov ishlari metodikasining mazmuni.
Xalq pedagogikasi ijtimoiy va maishiy-ahloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og‘zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yo’nalishlarining, diniy ahloqiy ta’limotni qamrab olishi bilan harakterlanadi. Ma’lumki, xalqning pedagogik qarashlari asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo‘llanma, dastur darsliklar shaklida emas, balki, xalq og‘zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik, qadrshunoslik, udumshunosliklar qoshida saqlab qolingan va Quroni Karim va xadislarda o’z ifodasini topgan. Xalq pedagogikasi tarkibiga dostonlar, ertaklar, mehnat, mavsum-marosim qo‘shiqlari, asotirlar, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, hikmatlar, qayroqi, so‘zlar, aforizmlar, topishmoqlar, tez aytishlar, bolalar o‘yinlari, allalar, to‘y va suyush, erkalash qushiqlari, erkalamalar, ovutmachoqlar, yashinmachoqlar, xukmagichlar, chorlamalar, guldurguplar, sanamalar, laparlar, aytishuv, o‘lan, termalar, bolalar tarqalish, chorlash qo‘shiqlari, ramazon, boychechak, yomg‘ir, quyosh, yulduz, suv aytimlari, “Navro‘z”, “Mehrjon” bahor, kuz, qish, yoz aytim qo‘shiq ashulalari, dexqonchilik, chorvadorlik, kasb-xunarmandchilik bilan bog‘liq nasriy va nazmiy asarlar, inson, tabiat, hayvonot dunyosiga oid na’munalar hamda mifologik tasavurlar aks etgan asarlar, Quroni Karim, Xadis hamda Sharq mutafakkirlarining ahloq-odobga oid qarashlari kiradi.
Xalq, nazdida, inson ona qornidan yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi , birday tug‘iladi, yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, dast avval ota-ona, oila, maxalla-kuy, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat-tuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros-oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari xal qiluvchi omil hisoblanadi. Xalq takidlashicha, bola boshdan to’g‘ri, xaqqoniy tarbiyalansa, u kelgusida yaxshi inson bo‘lib yetishadi, egri yo’lda tarbiyalansa yomon kishiga aylanadi. Zero, ko‘chat boshdan, bola yoshdan maqoliga amal qilish xalq an’anaviy pedagogikasining boy yo‘nalishidir. Shuning uchun xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, ya’ni birlamchi-ikkilamchisi bo’lmaydi, xamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni chog‘da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda, yetti o‘lchab bir kesishga amal qilinadi. O‘ziga xosligi shundaki, xalq tarbiyada kecha, bugun va ertani o‘ylab ish tutadi, bugunning qadriga yetish, kelajakka umid asosida olib boradi. Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so‘zlar,duo-olqishlar ham tarbiyaga qaratiladi. Zero, xalq an’anaviy pedagogikasida yaxshi so‘z, duo olishning ta’sir kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, inson manaviy ustivorligi, iymon-e’tiqod butunligi qisqasi, kishilarning har tomonlama mukammal kamolotida tutgan o‘rni va roliga alohida ahamiyat beriladi. El-yurt uchun har tomonlama mukammal insonni tarbiyalashga qaratilgan o‘zbek xalq pedagogikasi ayrim shaxslar, yoki 1-2 jamoa tomonidan yaratilmagan. Uni xalqimiz asrlar davomida o‘zining boy hayotiy tajribalari farzandlar kamoloti borasida tutgan tutimlari, say-harakatlari, yo’l-yo’riqlari, aql-zakovatlari bilan yaratgan. Ayni chog‘da o‘zbek xalq pedagogikasi o‘z rivojida boyib, mukammallashib borishida ilm-fanning boshqa sohalaridan, yani mumtoz adabiyot, san’at, og‘zaki ijod, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruzshunoslik kabi sohalar bag‘rida shakllanib, ular bilan bevosita aloqada bo’ldi, eng yaxshi na’munalarni o’ziga qabul qilib oladi. O‘zbek xalqi hamisha safarda, o‘zga yurt kishilari bilan muloqotda bo‘lgan. Insonparvarlik, baynalminallik, xushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, o‘quvchilikni o’ziga e’tiqod qilib olgan o‘zbek xalq pedagogikasi ayni chog‘da, Sharq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy ravishda bahramand bo‘lgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng go‘zal na’munalarini o‘ziga qabul qilib olgan.
Shunday qilib, o‘zbek xalq pedagogikasi turkiy xalqlar ota-bobolarimiz uzoq moziyda yaratgan va ko‘z qorachig‘iday asrab avaylab, saqlab kelgan ota meros, Sharq xalqlarining boy, betakror odobnoma va odatnomasi, xalq pedagogikasi, xalq pedagogikasi eng yaxshi na’munalar, allomalaru adabiyot va folklor ijodkorlari-ijrochilarining bu boradagi sa’y-harakatlari, yaratgan asarlari bilan qo‘shilgan holda shakllangan, rivojlangan.Xalq pedagogikasi asrlar davomida yashab keldi. Ajdod-avlodlarning axloqiy-ma’rifiy shakllanishida va kamolotida, jismoniy barkamolligida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Oddiy insonmi, allomami, sultonmi, fuqaromi, oddiy suvoriymi, sarkardami, xalq tomonidan yaratilgan xalq an’analariga to‘la amal qilgan.
Xalq pedagogikasining bunchalik tasir kuchi, ahamiyati nimada, yashovchanligi, umri boqiyligi nimada?

  1. Uning hayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra, serma’noligida.

2. Uning bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida, jonli an’analarida-yaratilishi, yashashi, hayot, inson muammolarini qamrab, olishi, tarbiyaning eng dolzarb muomilalari yechimini hal qilishga qaratilganligida.
3. Umuminsoniy yo’nalishga, umumbashariy g‘oya maqsadlarga qaratilgan bo‘lganligidadir.
Milliy pedagogika xalqimizning ma’naviy boyliklaridan biri bo‘lib, u tarbiyaning maqsad va vazifalarini, shaxs kamolotini rivojlantirishda muhim yo‘nalishlarni ifoda etuvchi bir qancha vositalarning majmuidir. Chunki, unda xalqning avloddan – avlodga o‘tib kelayotgan tajribalari va pedagogik bilimlari namoyon etilgan. Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq-odob va tarbiyaning barcha qirralarini o‘zida mujassamlantirgan. Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalardan foydalaniladi, bu usul vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustinlik qiladi. Chunki, bu usullar ilmiy pedagogikani shakllanishida ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
1. Tushuntirish (o‘rganish, odatlantirish, mashq qildirish).
2. Na’muna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘zlash, o‘rnak bo‘lish).
3. Nasihat berish o‘gitlar undan (ko‘ndirish, iltimos qilish, tilak, istak bildirish, ma’qullash, oq yo‘l tilash va hakozolar).
4. Jazolash (ta’qiqlash, gina, tanbeh berish, koyish, ayblash, uyaltirish, va hakozolar).
5. Rag‘batlantirish (rahmat aytish, minnatdorchilik bildirish, duo qilish, va hakozolar)
Agar sinchkilab qaralsa yuqorida keltirilgan besh xil usul umumiy bir yaxlitlikni ifodalaydi. Oldin bolaga umumiy manzara tushuntiriladi. Bolalarga narsa va hodisalarni tushuntirishda tarbiyachi na’muna vositasini o‘taydi. Ya’ni yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e’tibor beriladi. Unda ham tushunmagan kattalarni nasihati, o‘giti orqali narsa va hodisalarning mohiyatiga yetadigan bo‘lishadi. Bordiyu bunda ham tushunmasa, yoki tushunishni istamasa unda qoralash va jazo usullaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi zamon ilmiy pedagogikasi qoralash va jazoni so‘nggi chora ancha kam samara beradigan chora ekanligini isbotlagan. Xalq pedagogikasining nodir na’munalari tarbiyaviy usullari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashda milliy an’analar umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Bular o‘z navbatida yangicha tarbiyaning o‘zgacha muvofiq uslub va shakllarni taqoza etadi. Inson qalbiga ekilgan yaxshilik orada o‘n yillar o’tib unib chiqadi. Buni ilmiy asoslab oldindan ko‘ra bilish kerak. Xalq pedagogikasi kishi aqli va qalbiga ta’sir etib, ularning ishida va turmushida, fe’l-atvori va odobida, mehr-shavqat, odillik, poklik, olijanoblik, xaqgo‘ylik, halollik kabi fazilatlarni shakllantirgan. Milliy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
 xalq og‘zaki ijodi.
 milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar.
 xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlar.
 milliy bayramlar.
 xalq amaliy san’ati.
 hunarmandchiligi.
 milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati.
 milliy cholg‘u asboblari.
 tasviriy san’at.
 tarixiy yodgorliklar va milliy me’morchilik.
 xalq raqs san’ati.
 diniy ta’limot.
 yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish.
Yoshlarga ta’lim berish, tarbiyalash va ularning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ta’lim tizimida ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasi asosiy va yetakchi qoidalardan biri hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o’tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to’g’ri belgilash va uni ta’lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Demak, bir butun ta’lim jarayoni ikki o’zaro bog’liqlik: hayotni bilish va unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta’limda beriladigan ta’lim bilan tarbiya o’rtasidagi pedagogik jarayonning butunligini ta’min etuvchi uzviy birlik hamisha mavjud. Ta’lim-tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish va o’qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ayniqsa, ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamoq uchun:

  1. bayon qilinayotgan o’quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi;

  1. o’rgatilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyati ochib berilishi, ta’lim jarayonida hadis, hikmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi;

  1. bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o’zlashtirilishi va turmushda unga amal qilinishi;

  2. ta’limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, tarbiyalanuvchilarning qiziqishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborni kuchaytirish;

  3. ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o’zaro yordam hislarini tarbiyalashni ta’minlamoq zarur.

Ta’lim va tarbiya mazmunining uyg’unligi bu kishilarga bilim va tarbiya berish jarayonidan iborat bo’lib, bunda egallangan bilim va ko’nikmalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatiladi, hayotda ta’lim oluvchilarning ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan uyg’unlikda rivojlanishi ta’minlanadi. Yaxlit ta’lim – tarbiya jarayonida ikkala o’zaro bog’liqlik ya’ni bilim berish va tarbiyaviy ko’nikmalarni shakllantirish, hamda shakllangan ta’limiy – tarbiyaviy bilimlar va ko’nikmalar bo’yicha faoliyat ko’rsatishga o’rgatish, ob’yektiv borliqdagi qonuniyatlarni o’rganish va uning amaliy munosabatlarini tarkib toptirishda namoyon bo’ladi. Shu sababli ta’lim oluvchilarga bilim berishda egallangan bilimni amalda ishlatishga o’rgatish bilan birga ta’lim tarbiyalovchi ham bo’lishi kerak.


Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish