Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning pedagogik sharoitlari


Maktabgacha yoshdagi bolalarning xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning shakl, vosita va yo`llari



Download 281 Kb.
bet10/16
Sana24.04.2022
Hajmi281 Kb.
#579164
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
O\'g\'loy dis

2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning shakl, vosita va yo`llari.
Dunyo madaniyatining beshigi bo’lgan Sharq xalqlarida jamiyatning ijtimoiy ahvolidan qat`iy nazar insonni har tomonlama kamol toptirish hamisha asosiy masala bo`lib kelgan. O’rta Osiyo xalqlari asrlar davomida ahil-inoq bo`lib yashab kelmoqlar va bir birlarini etnopedagogik yutuqlar bilan boyitib rivojlantirmoqdalar. Ularning barchasi buyuk bir xalqdir.Yagona maqsad yo`lida birlashgan xalqlar madaniyat va ahloqning yanada oliy cho`qqisiga erishadilar. O'rta Osiyo xalqlari, shu jumladan o'zbek xalqi ham boshqa ko’plab xalqlar
qatori moddiy-ma'naviy boyliklar yaratuvchi ijodkor xalqdir. Ko'p qirrali
tarixiy va boy madaniyatning ajralmas qismi bo'lgan xalq
pedagogikasini o'rganish orqali kamolotga erishgan ajdodlarimiz,
buyuk allomalarimizning ilm-fan, san’at va adabiyot sohasidagi ko’plab yutuqlari,ma’naviy meroslarining durdonalari uzoq asrlar mobaynida jahon madaniyati sivilizatsiyasi xazinasidan o'ziga xos o'rin egallab kelmoqda.
"Xalqimizning ma’naviy madaniyatidan biri bo'lgan xalq
pedagogikasining eng ilg'or va eng noyob fikr va mulohazalari,
tarbiya borasida qo'llanib kelingan usul, vosita, ko‘nikma va
malakalar bizning zamonamizda ham o‘z qadr-qimmati va ahamiyatini
yo'qotmagan”.24 Xalq pedagogikasi qadimiy urf-odatlarning yangicha sharoitlardagi imkoniyatlarini aniqlaydi va yangi urf-odatlarning shaxs tarbiyasidagi hamkorligini belgilaydi.U ko`pgina xalqlarning tarbiya tajribasini ustozlar merosiga aylantiradi. Ta`lim yutuqlarining qiyosiy tahlili tarbiya nazariyasi va amaliyoti uchun eng samarador,eng xolisona va qimmatlilarini ajratib ko`rsatish imkonini beradi. Xalq pedagogikasi xozirgi zamon ilm- fan va amaliyotda xalqning taraqqiyparvar ta`lim g`oyalarini amalga tadbiq etish imkoniyatlari va samarali yo`llarini o’rganadi, xalq hayotining u yoki bu jabhalaridagi ta`lim ahamiyatini tahlil etadi va ularning zamonaviy tarbiya vazifalariga nechog`lik mosligani aniqlaydi.
Xalq pedagogikasi asl ma’nosi shuki, u umuminsoniy, xalqchil
pedagogikadir. Uni xalqlar tarixi, xalqlar madaniyati, xalq falsafasi, psixologiyasi,
etnografiyasi va xalq tibbiyotidan alohida tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shuningdek, u o'zining udumshunoslik, elshunoslik, qadrshunoslik,
ruhshunoslik, adabiyot, san'at, og'zaki ijod kabi ilm-fan sohalaridagi eng
yaxshi na’munalarini, hayotning, tafakkurning, odob-ahloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jihatlarni qamrab oladi. Xalq pedagogikasining
bunchalik ta’sir kuchi, ahamiyati va yashovchanligining boisi;
- birinchidan: uning hayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra, serma'noligida
bo'lsa;
- ikkinchidan, uning bevosita xalq tomonidan mavjud hayot
jarayonida jonli an’analarda yaratilishi, hayot, inson muammolarini
qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb masalalari yechimini hal
qilishga qaratilganligi;
-uchinchidan,umuminsoniy yo'nalishga, umumbashariy g'oya maqsadlarga qaratilganidadir.25
Hozirgi kundagi zamonaviy jamiyatimizga, ruxan va axloqan pok, har tomonlama yetuk, o'z xalqi va Vatani oldidagi fuqarolik burchini to’la ado etadigan, jismoniy hamda ruxan sog’lom yosh avlodni tarbiyalashda
xalq pedagogikasining barcha imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.Chunonchi, milliy va ma’naviy qadriyatlar mohiyatini kelajak avlodga yetkazish ham muhim masala hisoblanmoqda. Ma’lumki. qadriyatlarni yaratuvchisi ham, avloddan-avlodga yetkazuvchisi ham xalqning o'zi. Shu bois ham xalq pedagogikasida qadriyatlar pedagogik jihatdan keng o'rganiladi hamda turli shakllarda namoyon bo'ladi. Masalan; oilaviy qadriyatlar,
mehnat qadriyatlari, kundalik hayotni ifodalovchi qadriyatlar,
ijtimoiy-siyosiy mazmundagi qadriyatlar, madaniy-ma’rifiy
qadriyatlar, badiiy-estetik qadriyatlar, sog'lom turmush tarziga oid gigiyenik
qadriyatlar, ma’naviy-ahloqiy va jismoniy, ruhiy qadriyatlar.
Har bir xalqning o`z urf-odatlari va an`analari mavjud. Ular har bir zamondagi jamiyat hayotini farovonlashtirib kelgan. Ular urf-odatlarda, qadriyatlarda,shaxslar aro munosabatlarda, tabiatga munosabatda, dehqon mehnati, she`riyatida ham, xalq og`zaki ijodi hamda savobli va xayrli ishlarda ham o`z aksini topgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning shakl, vosita va yo`llarini folklor asosida olib borishimiz mumkin bo’ladi. Xalq tomonidan yaratilib, og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga o'tib kelgan badiiy asarlar xalq og'zaki ijodi yoki folklor(ingl."folk”- xalq, "lore”- donolik, ya’ni xalq donoligi. donishmandligi) deb ham yuritiladi. Xalq og'zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo'shiqlar,maqol, matal, afsona, rivoyat, asotir, ertak, latifa, lof, lapar, termalar,
askiya, doston, tez aytish, masal, alla, yor-yorlar, kelin salomlar,
topishmoq, naqllar, hikmatlar, pandnomalar, aforizmlar va b. Xalq
og'zaki ijodining yuqorida sanab o'tilgan barcha janrlarida yosh
avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash yo'llari, tarbiya usullari, mehr,
muhabbat, saxiylik, olijanoblik, qadr, vafo, sadoqat, yaxshilik,
oqibatlilik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, halollik, adolat,
insof, andishalilik, insonparvarlik, kabi xislatlar ulug'lanadi,
yomonlik, bevafolik, baxillik, xasislik, qo'rqoqlik, nomussizlik,
manmanlik, kaltabinlik, xushomadgo'ylik, andishasizlik, ochko'zlik, mas’uliyatsizlik, farosatsizlik kabi illatlar qoralanadi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning og’zaki ijodi – folklor san’atida, doston va eposlarida mujassam topgan bo’lib, ular millatning o’zligini anglash, uning o’ziga xos milliy qadriyatlari va an’analarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi”.26 Shu o'rinda og'zaki ijod na’munalari odob-axloq, ta'lim-tarbiya borasida o'ta hayotiy, xalqchil va ibratliligini, shu bois uning umumbashariy
ahamiyatga molik ekanligini ta'kidlashimiz joiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar ko’proq bolalar qo’shiqlari, ertak, maqol, topishmoq, tez aytish va o’yinlarda, hadislar hamda bayram ertaliklariga tayyorlanish jaroyinidan keng foydalanadilar.
Qo`shiqlarda xalqning azaliy orzu-umidlari va ezgu niyatlari aks etadi. Tarbiyada uning ahamiyati beqiyosdir. Qo`shiqlar tarbiyaning etik-estetik va pedagogik jihatlarini musiqiy va shoirona bezashi bilan ahamiyatlidir. Go`zallik va ezgulik qo`shiqda yaxlit nomoyon bo’ladi. Xalq tarannum etgan rahm-shafqatli azamatlar nafaqat mehribon, balki go`zal hamdirlar. Xalq qo`shiqlariga yaxshilik va ezgulikni, inson baxti-saodatini madh etuvchi milliy qadriyatlar singib ketgan.Qo`shiqlar topishmoq va maqollarga nisbatan birmuncha murakkab shaklga ega bo’ladi. Qo`shiqlarning asosiy g’oyasi go`zallikka nisbatan muhabbat tuyg’usini uyg`otish, estetik joziba va didni shakllantirishdan iborat. Yosh avlodni tarbiyalash bilan birgalikda xalq hayotining barcha jabhalarini madh etib kuylash qo`shiqqa xos xususiyatdir. Qo`shiqning ta`limiy qiymati shundaki, bolalarni chiroyli qo`shiq kuylashga o`rgatish orqali, ularni nafosatga va ezgulikka
chorlashdir. Insonlarning butun hayoti qo`shiqda mujassam bo’lib, u shaxs estetik va etik mohiyatini ajoyib tarzda ifoda etadi. Ibtidodan to intixogacha insonning butun umri mukammal qo`shiqlar tizimini tashkil etadi. Beshikda yotgan, hali hech narsani tushunmaydigan chaqaloqqa ham, qo’shiqlar, allalar kuylangan. Olimlar hatto, mayin qo`shiqning ona vujudidagi homilaning ruhiy rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatishini isbotlab berdilar. Alla ohanglari chaqaloqni tinchlantirib uxlatibgina qolmay, hatto, uni erkalar, ovutar, quvonch bag`ishlar ekan. Qo`shiqni har bir yosh vakili kuylaydi va tinglaydi. Qo`shiqdan boshqa hech bir janr haqida bunday deb bo`lmaydi. Maqollar, ertaklar, topishmoqlarni inson ma`lum yoshdan keyin tushuna boshlaydi, u yoki bu toifa shaxslar ulardan umrining ma’lum bir davridagina foydalanadilar. Lekin maktabgacha yoshdagi bolalar folklorning barcha yo’nalishidan bir vaqtning o’zida bahramand bo’ladilar.
Bola dunyoqarashining shakllanishida ertaklarning o'rni beqiyosdir. Kichkintoylarda ertaklarning sehrli olamiga sayr qilish orqali murg'ak tafakkurlarida haqiqiy hayot haqida tasavvur hosil qilish bilan birga jajji qalblarida ezgulikka muhabbat va yovuzlikka nafrat hissi shakllanadi. Uzoq asrlar davomida xalqimiz o’zining badiiyatga bo’lgan ehtiyojinining katta bir qismini ertaklar aytish va tinglash orqali qondirib kelgan. Uzun qish kechalarida ertaklar aytilmagan oilani va albatta makatabgacha ta’lim tashkilotida kunduzgi uyquga ketish vaqtida ertak aytmagan tarbiyachini tasavvur etib bo’lmaydi. Ertaklar folklor janrlarining orasida juda kata auditoriyaga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ertakni hikoya qiluvchilar vaziyatga, auditoriyaga qarab, ya’ni tinglovchilarning
yosh omili va kimlar ekanligiga qarab, ertakning voqeasini bir oz o’zgartirib, tarbiyaviy maqsadlarda o’zgartirishlar kiritib bayon qilganlar.
Ertak so’zlovchilar doimo haqiqatni bo’rttirib, voqealarni o’ta fantastik ko’rinishda bayon etadi. Bizning nazarimizda, real voqealar me’yordan oshirilib, buzib berilayotgandek tuyulishi mumkin. Lekin aslida unday emas. Mana shunday me’yordan oshishlar xalqimiz uchun istalgan maqsad va g’oyalarni ilgari surish uchun zamin yaratadi. Xalq ertaklari mazmunida ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy hayotning hamma masalalari o’z ifodasini topadi., desak xato bo’lmaydi. Jamiyat hamisha adolatni istaydi va intiladi, himoya qiladi. Ertaklar yaratilish jihatdan miflarga asoslansa, mavzuning tanlanishi, obrazlar tizimidagi yo’nalishlar , hayot muammolarini aks ettirishda adolat mezoniga bo’ysunadi. Qalloblik,vijdonsizlik, xiyonat, yolg’nchilik, ma’naviy nopoklik kabi illatlar doimiy ravishda qoralanadi. Mardlik, to’g’ri so’zlik, mehnatsevarlik, imonlilik, poklik fazilatlari hurmat bilan tilga olinadi. O’zbek xalqi folklor janrida xalq ertaklari badiiy so’z san’atining go’zal na’munasi sifatida alohida o’rin tutadi. Ertaklarning yashovchanligiga ularning badiiy jihatdan mukammalligini sabab qilib olishimiz mumkin . Ertaklar syujeti puxta o’ylab tuzilgan rejaga bo’ysunadi. Har bir voqea ikkinchisi bilan uzviy bog’lanadi, keyingi lavhalar avvalgilaridagi tushunchalarni rivojlantirib boradi. Ertaklarda xalq milliy tiliga mansub so’zlardan o’rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ertaklarda juda boy va turli-tuman o’xshatish, sifatlash, mubolag’alar majmuasiga duch kelamiz. Shuning uchun ham og’zaki ijodimiz tarkibidagi bu asarlar haqiqiy ma’noda qadriyatlar na’munasi, madaniy merosimizning noyob gavhari darajasida qadrlanadi. Ertakda qatnashuvchilarning raxmdil, sahiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z kabi timsollarga bo’linishi o’quvchilarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ertak bolalarda personajlarning xatti - harakatini muhokama qilib, baholash ko’nikmasini o’stiradi. Ertakda xalq o’z hayotini o’zi hikoya qiladi, shuning uchun o’quvchilar ertakni o’qish bilan ma’lum davrdagi xalq hayotini, o’ylari va orzu- istaklarini bilib oladilar. Ertaklarning qiziqarli va ta’sirli bo’lishida boshqa xalq og’zaki ijodi janrlarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki, ertaklar bag’ridan qo’shiqlar,
topishmoqlar, tez aytishlar, maqol va matallar o’rin olar ekan, ertaklar
mazmunli va tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi asarlar bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga xalq pedagogikasini singdirishning yana bir shakli maqollar vositasidadir. Maqol — xalq ogʻzaki ijodining yana bir janri bo’lib, qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli so’zlar, chuqur mazmunli jumlalr yig’indisidir. Aniq bir ritmik shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xildir. Ma'lum bo'ladiki, xalqimiz tomonidan qo'llanadigan har bir maqol hayot tajribasidan o'tgan, zamonlar sinoviga bardosh bergan so'z san'ati namunasidir.
Vatan, mehnat, ilm-hunar, doʻstlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy hislatlar xususida rangbarang maqollar yaratilgan. Maqol uchun mazmun va shaklning dialektik birligi, koʻp hollarda qofiyadoshlik, baʼzan koʻp maʼnolilik, majoziy maʼnolarga boy. Turkiy xalqlarning maqollaridan na’munalar dastlab Maxmud Qoshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida keltirilgan. Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham oʻzbek xalqi orasida turli variantlarda ishlatiladi.
Xalq bugungi zarur bo`lgan va ertaga asqotadigan narsani xotirasida saqlaydi. Maqolda o`tmish haqida so’z yuritsa , u hozir va kelajak nuqtai nazaridan baholanadi, hikmatlarda aks etgan o`tmishning xalq orzu-umidlari, ezgu niyatlariga qay darajada muvofiqligiga bog`liq ravishda qoralanadi yoki ma`qullanadi. Maqolni butun xalq yaratadi, shu bois unda jamoatchilik fikri o`z ifodasini topadi.Unda xalqning hayotga bergan bahosi, xalq aql-zakovatining rivojlanganlik darajasi hamda xalq tajribasi yoritilgan bo`ladi. Yakka shaxs yaratgan yaxshi hikmat, agar u ko`pchilikning fikrini ifoda etolmasa, u maqol bo`la olmaydi. Juda bo`lmaganda, umumxalq fikri va yakka shaxs fikri bir vaqtning
o`zida yonma-yon kelishi mumkin, xolos. Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shaklga ega bo`lib, etnopedagogik vosita sifatida ular ma`nosini kuchaytiradi. Maqollar xotiraga mustahkam o`rnashadi. So`z o’yinlari, so`zlarning turlicha jarangi, qofiyadoshligi, ohangdorligi, goho shu qadar jozibali bo`lidiki, kishi oson yodda saqlab qoladi. Ayni vaqtda she`riyat donolikni, tarbiya va uning hosilasi xulqni ifoda etilish faoliyati tajribasini asrash va targ`ib qilish vazifasini ado etadi.Maqolning asl vositasi tarbiyadir, ular qadim zamonlardan buyon ta`lim vasitasi bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Bir tomondan, ular ta`lim g`oyasidan iborat, ikkinchi tomondan esa tarbiyaviy ta`sir ko`rsatib, ta`lim vazifasini bajaradi, xalq tasavvurlariga mos keluvchi tarbiya ta`sirining vositalari, uslublari to’g`risida hikoya qiladi, shaxsning ijobiy yoki salbiy jihatlarini baholaydi, shaxsning shakllanish maqsadlarini u yoki bu tarzda aniqlab, tarbiyalanishga chorlaydi, o`zlarining tarbiyaichidek qutlug` vazifalarini mensinmaydigan katta yoshdagi odamlarni qoralaydi. Ta`lim nuqtai nazaridan o`gitlar uchtoifaga bo`linadi: Bolalar va yoshlarni yaxshi xulqli bo`lishga, shu jumladan,muloyim bo`lishga undaydigan tanbehlar. Katta yoshdagi odamlarni o`ziga yarashadigan xulqu odobga o`rgatadigan tanbehlar
va nihoyat, tarbiya natijalarini aks ettiruvchi, ta`lim maslahatlaridan iborat o`ziga xos nasihatlar. Bu, ayniqsa, ta`lim tajribasini umumlashtirishning o`ziga xos shakli sanaladi. Maqollarda bolalarning tug`ilishiga, ularning xalq hayotidagi ahamiyatiga, tarbiya maqsadlari, vositalari va uslublariga, rag`batlantirish va jazolashga, o`qish mazmuniga,mehnat va ahloq tarbiyasiga, bolalarning ota-onalar fe`l atvoridagi fazilatlarni meros qilib olishiga, atrof muhit va jamoatchilik fikrlarining ta`siriga daxldor ta`lim g`oyalari o`z aksini topgan .
Topishmoqlar xalq ogʻzaki ijodining eng qadimiy va ommaviy janrlaridan biri bo’lib, dunyoning barcha xalqlar folklorida uchraydi. Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari maʼlum darajada oʻz ifodasini topadi. Topishmoqlarda biror bir narsaning yoki ijtimoiy hodisani boshqa narsa yoki hodisaga qiyoslash, o’xshatish, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. Topishmoqlarlar baʼzan nasriy, koʻpincha sheʼriy shaklda, qofiyador, ixcham, sodda va ohangdor boʻladi. Topishmoqlarni aytish, asosan, bolalarning soʻz boyligini oshirish, nutqini rivojlantirish hayot va ijtimoiy hodisalarning bolalar ongi va tafakkurida shakllantirish, tasavvurlarini, aql-idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda muhim tarbiya vositasi hisoblanadi. Topishmoqlardan doston va ertaklarda keng foydalaniladi. Topishmoqlar bilan bogʻliq xususiyatlar folklorshunoslikda o’rganiladi.
Topishmoqlar oqilona, shoirona, ahloqiy g`oyalar bilan boyitilgan bo`ladi.
Topishmoqlar aqliy, estetik va ahloqiy tarbiyaga ta`sir ko`rsatadi. Qadimgi zamonlardan buyon topishmoqlarda aqliy tajriba ustunlik qilgan. Topishmoqlar bolalarning fikrlash qobiliyatini o’stiradi, ularni atrof-muhitdagi turli voqea-hodisalar va narsalar ustida mulohaza qilishga o`rgatadi. Aqliy tarbiyadagi topishmoqlarning ahamiyati faqat fikrni rivojlantirish bilan cheklanib qolmaydi, ular yana inson hayotining turli sohalari haqida bilim va ta`limotlar bilan aqlni boyitadi. Aqliy tarbiyada topishmoqlardan foydalanish shu bilan qadrliki, tabiat va
jamiyat,ijtimoiy muhit haqidagi bola faol fikrlaydi. Topishmoqlar orqali bola topqirlikni, uddaburonlikni, mantiqiy fikrlashni, hayotga teran nigoh bilan boqishni o’rganadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodga xalq o’g’zaki ijodini o’rgatishning samarali usullaridan biri bu tez aytishlar. Tez aytish — oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining yana ajralmas janrlaridan biri hisoblanadi. Tez aytishda yanglishib ketish mumkin boʻlgan qofiyadosh soʻzlardan tuzilgan jumlalar qoʻllanadi. Unda muayyan tovushlar, ayniqsa, jarangli undoshlar takrorlanadi va soʻzlar ritm, urgʻular bilan tez aytiladi. Tez aytishda har bir tovush oʻz oʻrnida toʻgʻri, ravon talaffuz etilishi shart. Oʻtmishda katta yoshdagi odamlar ham oʻtirishlarda, toʻylarda tez aytishda musobaqalashib, madaniy hordiq olganlar. Keyinchalik, asosan, bolalar repertuariga aylangan. Tez aytishlar bolalarning fikrlash qobiliyatini, soʻz boyligini oshirishga va nutqining ravon boʻlishiga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodga hadislardan na’munalar keltirish yo’llari bilan tarbiyalaganimizda,iymonli etiqodli, Ollohni tanigan hamda hadislar orqali yaxshi yomonni farqiga boradigan bo’lishadi. Inson yorug’ olamga kelgan kunidan boshlab Islom dini o`z oldiga qo`ygan maqsadlaridan biri sog’lom fikrli, ruhiy rivojlangan, beozor, yetuk shaxsni tarbiyalash bo’lgan.
Hadislar xalqni tarbiyalashga, odob-ahloqga, diniy e`tiqodga chaqirish bilan bir
qatorda xalqning hayotini, uning o`tmishdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush tarzini o`rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. U xalqning ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarini, ijtimoiy-maishiy turmush tarzini, orzu va intilishlarini o`zida aks etadi. Hadislar tarixiy xarakterga ega hisoblanadi, yaratilgan davr xarakteriga mos holda ifodalangan bo’ladi. Hadislarda olg`a surilgan ota-onaga nisbatan muhabbat, hurmat hissi xalq
donishmandligi durdonalarida, mumtoz adabiyotimizning didaktik xarakterdagi
namunalaridan Yusuf Xos Xojibning “Qutadg`u bilig”, Qaykovusning “Qobusnoma”, Sa`diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo`ston”, A.Jomiyning “Bahoriston”, A.Navoyining “Hayratul abror” va “Mahbubul qulub” kabi ma’naviy meroslarida hamda o`zbek adib va shoiralari ijodi mazmuniga singdirilib yuborilgan. Ma`naviy madaniyatlilik mezonlaridan biri opa-singillar, aka-ukalar, qarindosh-urug`lar, do`stlar, o`rtoqlarga nisbatan mehr-oqibat, o`zaro hurmat, tushunchalarini bolalar o’zlari mustaqil ravishda his etadilar hamda tafakkur qiladilar.
Juda qadim zamonlardan beri o`yin bolaning rivojlanishi va
shakllanishida eng muhim vositalardan biri hisoblanadi.
Azal-azaldan har bir xalqda rang-barang o`yinlar mavjud bo`lgan. O`rta Osiyo
xalqlarida ham ko`plab o`yin turlari mavjud bo’lgan. Rasm-rusumlardagi o`yinlar bilan bir qatorda u yoki bu o’lkaning, hattoki qishloqning o`ziga xos bo`lgan o`yinlari mavjud bo`lgan. O`zbek xalq o`yinlari o`zining rang-barangligi, turli yosh, jins,shahar va qishloqqa mo`ljallangan keng qamrovligi bilan ajralib turadi. Umuman olib qaraganda, o`zbek xalq o`yinlari shuqadar xilma-xilki, hatto ularning turkumi, guruhi, turlari, shakllari, xillarini farqlash qiyin bo’lib qoladi. O`yinning yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, uning vositasida insonning odatdagi rivoji uchun hayotda yetishmaydigan orzu-istagi ro’yobga chiqqan. Bolalar tarbiyasida o`yinning ahamiyati beqiyosdir . Ularda so`z, ohang va harorat bir-biri bilan uzviy aloqador. Bolalarda epchillik, chaqqonlik va mehnatsevarlik qolibiyatlarini rivojlantirishda o`yinning ahamiyati beqiyos, bundan tashqari,o`yinlar badiiy dramatik hodisa hamdir. O`yinlar vositasida bolalarga narsalarning mavjud tartibiga, xalq urf-odatlariga hurmat tuyg`usi singdirilgan, unda odob qoidalariga nisbatan ko`nikma hosil qilingan. Bolalar uchun o`yinlar jiddiy, mashg`ulot,mehnatga,kelajak hayotga tayyorlovchi o`ziga xos saboqlarni o`zida namoyon etadi. To’g`ridan-to’g`ri va bilvosita tarbiya bilan bog`liq hodisalardan tarbiyaga eng yaqini o`yinlar hisoblanadi. O`yin insonning tabiatga nisbatan kashf qilgan yana bir buyuk mo`jizalalaridan biri hisoblanadi. O`yinlar
mehnatga tayyorlaydi, mehnatsevar o`yinlar, ermaklar, umumiy xushchaqchaqlik bilan nihoyasiga yetadi. Bolalar juda kichik yani chaqaloqlik davridan, ularning hayotiga so`z kirib kelishdan ancha oldin, quyosh nuri, o`zining barmoqlari, oyisining soch tolalari va hokazolar bilan birga o`ynay boshlaydilar. Bunday o`yinlar sharofati bilan bola qadamma - qadam o`zini bilib va anglab boradi.O`yin bolalar faoliyatining hayratlanarli darajadagi rang-barang va boy jihatidir.O`yin bilan birga bolalar hayotiga san`at, nafosat kirib keladi. O`yin, qo`shiqlar, raqslar,
ertaklar, topishmoqlar, tez aytishlar, ifodali o`qishlar, Qur`on va xalq ta`limi vositasi sifatidagi xalq ijodiyotining boshqa turlari bilan bog`liq. O`yinlar hayot saboqlari,ular bolani boshqa odamlar bilan hamjihat bo`lishga o`rgatadi. O`yin ertak-orzu, afsona-istak, hayolot ro’yolarning moddiylashgan ko`rinishidir, o`yin insoniyat hayot yo`lining boshlanishi to’g`risidagi esdaliklar junbushidir. Shunday qilib,o`yin asos insonning ruhiy, hissiy
va jismoniy ehtiyoji yotadi. Bolalar o`yin jarayonida ular ko`ngillarini yozib, aqliy faoliyat va mehnat faoliyati uchun “quvvat” olganlar. O`yinlar bolalar hayotida shu qadar muhim ahamiyat kasb etaki, ularga qarab inson shaxsiyati, xarakteri, manfaatlari, mayllari, qobitiyatlari haqida fikr yuritish mumkin bo’ladi. O`zbeklar farzandlarining bolaligidanoq bahodirlik,harbiylik,jangovarlik malakalarini shakllantiradilar. O`yinda bolalar hayotda amalga oshirolmagan istaklarini
mujassamlashtiradi. O`yin bekorchi mashg`ulot emas balki, bola uchun birinchi maktab, tarbiya o’chog’idir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodni mehnat tarbiyasi bilan tarbiyalash xalq pedagogikasining muhim vositalaridan biridir. Mehnat atrbiyasi orqali bolalarga xalqimizning azaliy urf-odatlari,qadriyatlari,rasm-rusumlari hamda gigiyenik talablari o’rgatilib boriladi. Mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallab olish - Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnati jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yosh avlodga mehnat tarbiyasini singdirish hozirgi davrda eng dolzarb masalalrdan biri hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotga erishishida va jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallaydi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy, aqliy axloqiy va estetik taraflama tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir. Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib tashkil etiladi.Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnatining o'ziga xos tomonlari ko'pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o'rganib chiqilgan. Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo'lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshiriladi.i Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, mehnat qilish xohishini singdirib boorish va kattalar mehnatini ongli ravishda qadrlashdir. Agar bola mehnat harakatlarini bilmasa, u hech qachon mehnat natijasiga erisha olmaydi. Bolalar mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallab olganlaridagina mehnat jarayonini bajonidil bajaradilar hamda aniq ko’zlangan natijaga erishadilar. Natija - mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo'lib, uni bolalar ongli ravishda anglab yetishlari kerak. Natijaga erishish bolalarda mehnat qilish odatini, mehnat- sevarlikni tarbiyalaydi, mehnat harakatlarini sifatli bajarishga o'rgatadi. Mehnat qilishlari uchun hamma bolalarga yetarli miqdorda kerakli qurollar, asboblar bo'lishi, ular bolalarning yoshiga, imkoniyatiga mos kelishi, o'zlari mustaqil foydalanadigan qilib joylashtirilishi kerak. Bunda albatta, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar oilada esa kattalar na’muna bo’ladilar.



Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish