Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning pedagogik sharoitlari


Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning mazmuni



Download 281 Kb.
bet7/16
Sana24.04.2022
Hajmi281 Kb.
#579164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
O\'g\'loy dis

3. Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning mazmuni

Xalq pedagogikasi – muayyan jamiyatdagi tarbiyaning maqsad va vazifalari borasida mavjud xalqning hayotiy tajribasi bilan birga turmush tarzida shakllangan amaliy qarashlar majmui; muayyan jamiyatda yashash uchun har bir shaxs amal qilishi lozim bo’lgan urf-odat, qadriyat, odob-ahloq, marosim, anʼana, turmush tarzi, badiiy ijod, fol’klor, o’yin singari empirik vositalarda namoyon bo’ladigan amaliy faoliyatdir. Xalq pedagogikasi fanda etnopedagogika deb ham yuritiladi.Bunga sabab muayyan xalqning vujudga kelish tarixi, qadriyatlari, urf-odatlari bilan bog’liqligidir. Pedagogika fanida xalq pedagogikasiga xos eng muhim belgilaridan biri uning qadimiyligidir. Har qanday xalq muayyan etnos sifatida mavjud bo’lishi uchun oʻziga xos qiyofaga ega boʻlishi kerak. Xalqning ijtimoiy, maʼnaviy, intellektual qiyofasi esa uning pedagogikasi vositasidagina shakllanadi. Xalq pedagogikasi muayyan xalqning oʻzi bilan birga dunyoga kelgani uchun ham uning tarixi xalq tarixi bilan teng hisoblanadi.


Xalq pedagogikasining ikkinchi belgisi uning toʻliq amaliy xususiyatga egaligidir. Xalq pedagogikasi taʼlim-tarbiya haqidagi fikrlar yigʻindisi emas, balki amal qilinishi majburiy boʻlgan va bajarilishi hamma tomonidan nazorat qilinadigan amaliy xulqiy koʻnikmalar majmuidir.
Xalq pedagogikasining uchinchi xususiyati uning muallifi nomaʼlum, anonim ekanligidir. Xalq pedagogikasi talablarining yaratuvchisi maʼlum boʻlmaganligi sababli ham muqaddas sanalgan va soʻzsiz bajarilgan. Etnopedagogikaga doir biror talabning muallifi aniq boʻlsa, uning taʼsir kuchi pasayib ketadi. Chunki u, kim boʻlsa-da, qandaydir bir shaxsning istak-hohishi sifatida qaraladi. Anonimlik esa urf-odat, qadriyat,udum, xulq-odatlarga sirlilik, muqaddaslik tusini beradi.
Xalq pedagogikasining toʻrtinchi belgisi uning sinkretik (qorishiq) xususiyatga egaligidir. Xalq hayoti koʻp qirrali ekani bilan bir qatorda yaxlit boʻlgani singari uning pedagogikasi ham qorishiqdir. Xalqning turli yoʻnalishdagi pedagogik jarayonlar sinkretik tarzda birvarakayiga olib borilgani sababli xalq pedagogikasiga alohidalik emas, umumiylik xosdir.
Xalq pedagogikasining beshinchi belgisi uning keng quloch yoyganligidir. Xalq pedagogikasiga oid usullar muayyan etnik birlikning hammasiga birday tatbiq qilinadi. Mavjud shaxslarning xohish-irodasi qandayligidan qatʼi nazar, xalqning har bir vakili uning tarbiya va yashash tarziga doir talablariga qat’iy rioya etishga majbur. Xalq pedagogikasi talablarini bajarishda tarbiyalanuvchining istak-hohishlari inobatga olinmaydi.
Muayyan etnik birlikning turmush tarzida namoyon boʻlishi Xalq pedagogikasining oltinchi xususiyatidir. Xalq pedagogikasi empirik tabiatga ega boʻlib,muayyan jamiyatning har bir aʼzolari hayotini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan va uning qoidalari muhokama qilinmaydi, aksincha turmush mobaynida qat’iy amal qilinadi.
Oʻzbek Xalq pedagogikasi qadimiy tarixga ega va o’z o’rnida millatdagi eng konservativ, sekin oʻzgaradigan xodisadir. Xuddi mana shu xususiyati uchun ham xalqning oʻziga xos qiyofasi saqlanib qolishini taʼminlaydigan hodisa bo’lishiga qaramay, oʻz taraqqiyoti davomida bir qator oʻzgarishlarga duch kelgan. Oʻzbek xalq pedagogikasining taraqqiyot tarixi islomgacha boʻlgan davr xalq pedagogikasi, islom taʼsiri davri xalq pedagogikasi, tashqi taʼsirlar davri xalq pedagogikasi, mustaqillik davri xalq pedagogikasi singari bosqichlarni bosib o’tgan. Oʻzbek xalq pedagogikasining bu tarzdagi davrlarga bo’linishida xalq ruhiyati, yashash va fikrlash tarzidagi tafakkur belgilarining oʻziga xosligi inobatga olingan. Koʻp ming asrlik tarixga ega oʻzbek xalqi ilmiy-nazariy va moddiy buyum tarzidagi dalillarga koʻra, islom dini qabul qilingungacha boʻlgan vaqt mobaynida tamomila oʻziga xos bo’lgan tarzda hayot kechirgan. Olam hodisalarini oʻzgacha tarzda tafakkur qilgan va izohlagan, hayotdan boshqacha taʼsirlangan va o’z o’rnida taʼsir koʻrsatgan, ibtido va intiho, tiriklik va oʻlim, ezgulik va yovuzlik, goʻzallik va xunuklik, savob va gunoh, halol va harom singari tushunchalar oʻzgacha mazmun kasb etgan. Zardushtiylik dininig muqaddas kitobi sanalmish "Avesto" yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, shuningdek, Issiqqoʻrgʻon, Chust, Seleng’ur, Xorazm, Burchmulla , Rishton va Bolaliktepadan topilgan tarixiy obidalar shundan dalolat beradi. Islom dinining qabul qilinishi oʻzbek xalqining turmush tarzini tamomila oʻzgartirib yubordi, uni olamning musulmonlar deb atalmish koʻp sonli qavmi bilan yaqinlashtirdi, xalqning turmush tarzi, madaniyati, maʼnaviyati, ruhiyati, iqtisodi va ijtimoiy turmushiga favqulodda katta taʼsir koʻrsatdi. Ayni vaqtda, xalq oʻzining asliy milliy qiyofasini ham saqlab qoldi. Chunki u qadimdan puxta shakllangan va qatʼiy amal qilinadigan udumlar, odatlar, anʼanalar tizimiga ega edi. Xalq islomni qabul qilgandan keyin uning yashash, fikrlash, taʼsirlanish tarzida sodir boʻlgan oʻzgarishlar xalq pedagogikasida aks etdi. Endi xalq halol va harom, gunoh va savob, taqdir, qismat, u dunyo va bu dunyo, hayot, oʻlim hamda qayta tirilish borasida tamomila yangi qadriyatlarni oʻzlashtirdi, ularni hayot tarziga, udumlarga, urf-odatlarga, anʼanalarga, marosimlarga, yaʼni pedagogikaga aylantirdi. Bu davrdagi qarashlar, anʼana, udum, odatlar maʼnaviy turmushdagi ayni shu jihatlarni aks ettiradigan boʻldi. Oʻzbek millati juda uzoq vaqt mobaynida islom dini taʼsiridagi xalq pedagogikasiga amal qilgan holda yashadi. 19-asrning 2-yarmiga kelib, Rossiya bosqini sababli oʻzbek xalqining turmush tarzi, fikrlash usuli, tarbiya prinsiplarida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. Faqat islom dini belgilagan turmush tarzi, aqida, anʼana va odatlar bilangina yashash mumkin boʻlmay qoldi. Xalqning ongi, axloqi, fikri, turmushi oʻzgarishi bilan uning pedagogikasi ham oʻzgarishlarga uchradi. Yangi anʼana va odotlar paydo boʻldi, ayrim pedagogik qadriyat, axloqiy qarashlar yoʻqoldi. Xalq pedagogikasidagi yoʻqotishlar, ayniqsa, shoʻro davrida keng avj oldi. Xalq pedagogikasi tufayli shiddatli oʻzgarishlar girdobida qolgan oʻzbek xalqi oʻz qiyofasini saqlab qola oldi. Istiqlol natijasida esa oʻzbek xalqining fikrlash, yashash, olamni anglash va izoxlash tafakkuri yangilandi, xalq ruhiyati, maʼnaviy qiyofasi oʻzgardi. Bu oʻzgarishlar xalqning turmush tarzida paydo boʻlayotgan yangi odat, anʼana, xulqatvor, udumlar va urf-odatlar tarzida namoyon bo’la boshladi. Mustaqillik davri Xalq pedagogikasida koʻplab islomiy anʼanalar qayta tiklanib, amaliy tarbiya jarayoniga tatbiq etila boshlandi. Xalq pedagogikasi tarixiy tushuncha sifatida hozirgi kunda ham zamon talablariga mos ravishda boyib bormoqda va jiddiy amaliy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etmoqda.
Xalq pedagogikasining asosiy vositalariga quyidagilar kiradi: mehnat, og'zaki xalq ijodi, o'yinlar, qo'shiq, raqslar, urf-odatlar, marosimlar. Mehnat inson hayotining zaruriy sharti va ajralmas qismidir. Mehnat jarayonida insonning axloqiy, jismoniy, aqliy, estetik rivojlanishi va tarbiyasi amalga oshirildi. Tarixiy va tabiiy-geografik sharoitlar mehnat faoliyati turlarining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, sabr-toqat, belgilangan maqsadga erishishda qat'iyatlilik, halollik, kamtarlik, tejamkorlik, mehnatkash odamlarga hurmat va boshqalar kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirdi.
Hunarmandchilik (toshdan, suyakdan, yog'ochdan, loydan buyumlar yasash, to'quv, yigiruv, sopol idishlar) odamlarning mehnat faoliyati farqlanishi va murakkab ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga olib keldi. Shaxs tilning paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun mehnat faoliyatining har xil turlariga majburdir. Ona so'zi - bola hayotida birinchi bo'lib duch keladigan hodisa. An'anaga muvofiq, bolasini xalq tiliga kiritadigan ona nafaqat kichkina shaxsning lingvistik sovg'asi va tafakkurining rivojlanishiga hissa qo'shadi, balki unga xalq ahloqi elementlarini yetkazadi, xalqni tushunishga va o'zlashtirishga yordam beradi.
Bolani ona tili bilan tanishtirish ko'pincha og'zaki folklor san'ati orqali sodir bo'ladi. Og'zaki folklor san'ati - bu ommaning pedagogik "nazariyasi" ni kuch bilan oziqlantiruvchi hayot beruvchi manba. Ko'p ming yillar davomida bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha qarashlar, keksa avloddan yoshlarga xalq donoligi, odob-axloqi, "hayot darsligi" bo'lib kelgan. Maqol va matallar, xalq ertaklari, topishmoqlar, katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. O'yinlar xalq pedagogikasining eng qadimiy janri hisoblanadi va xalqning muhim davolanish vositalaridan biridir. O'yin-bu hayot maktabi. Shuning uchun, xalqlarning butun hayoti kattalar va bolalar ishtirok etadigan xalq o'yinlari bilan birga keladi. Xalq o'yinlarining soddaligi va qulayligi ularni ta'limda almashtirib bo'lmaydigan yordamchilarga aylantiradi.
Urf-odatlar - bu avlodlarni ajdodlarga bog'laydigan ko'prik vositasini bajaribgina qolmasdan , bobokalon va bobolardan otalarga, bolalarga va nabiralarga ma'lum qonunlar, xatti-harakatlar me'yorlari va qoidalari hamda odamlar o'rtasidagi ahloqiy munosabatlarning uzatilish kalitidir. Yangi insonni tarbiyalash insoniyat tomonidan to'plangan an'anaviy tarbiya tajribasini tanqidiy idrok qilishdir. Urf-odatlar kundalik hayot, axloq va fuqarolik munosabatlari sohasida saqlanib qoladi. Xalq taqvimi- oilaviy diniy bayramlar odamlarning turmush tarzi va madaniyati o'ziga xosligini aks ettiradi va jonli hissiy shaklda ularni ideallarga bog'laydi. Tug'ilgandan to umrining oxirigacha insonga xalq qo'shiqlari eshitiladi, ular bundan ish jarayonida va bo'sh vaqtlarida zavq oladilar. Qo'shiq yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan insonni ulug'laydi, hatto ba'zan bekorchilar va xoinlarni ham la'natlaydi. Xalq qo'shiqlarida xalqning ko'p asrlik tarixi davomida ishlab chiqilgan axloqiy talab va qoidalarning ma'lum bir to'plami mavjud. Xalqning tarixi, kundalik hayoti, madaniyati xalq o'yinlarida aks etadi. Ular xalqning milliy xarakter xususiyatlarini o'zida mujassam etgan. Quvnoqlik, iffat, go'zallikka intilish, syujet, jamoaviy ijro, yumshoq hazil xalq raqsining o'ziga xos xususiyatlaridir. Xalqning tarixi, kundalik hayoti, madaniyati xalq o'yinlarida aks etadi. Ular xalqning milliy xarakter xususiyatlarini o'zida mujassam etadi. 
Xalq pedagogikasida ko'plab ta'lim usullarini ajratib ko'rsatish mumkin: mehnat, ijobiy misol, kuzatuv, o'yin, mandat, ishontirish, maslahat, odat, taklif, tushuntirish, suhbat, test, musobaqa, jismoniy mashqlar, qasamyod, tantanali va'da, jamoatchilik fikri, rag'batlantirish, maqtash, duo qilish, qoralash, jazolash, tanbeh, tahdid va bularni yana davom ettirish mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashda asosan, o’zbek xalqining azaliy qon-qoniga singib ketgan urf-odatlarini tushuntirishdan boshlash kerak. Chunki bola bu odatlarning aksariyatini o’z oilasida o’zlashtirib bog’chaga qadam qo’yadi. Shundan so’ng ularga aytilishi va yod olish oson bo’lgan talaffuzi qiyin bo’lmagan xalq maqollari va matallarini o’rgatmoq zarur. Tarbiyalanuvchilarga xalq pedagogikasi na’munalarini o’rgatish orqali ularda o’zbek xalqi va millatiga xos bo’lgan o’zbekona milliy g’urur va tarbiyani ularning ongida shakllantira olamiz.



Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish