Tadqiqot ob’yekti va predmeti: Tadqiqot ob’ekti maktabgacha yoshidagi bolalarning tarbiya jarayoni. Tadqiqot predmeti maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashga qaratilgan vazifalar hamda tarbiya berish jarayonida xalq pedagogikasidan bola yoshiga va tafakkuriga mos holda foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Magistrlik dissertatsiya ishimizning maqsadi maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalash jarayonini chuqur tahlil qilish va buning qulay usul, yangi metod va yo‘llarini o‘rganib chiqish, kelgusida bu usullarni keng targ’ib qilib, unumli foydalanishdir.
pedagogik va psixologik hamda ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish;
tadqiqot muammosi bo‘yicha psixologik-pedagogik adabiyotlarda keltirilgan xalq pedagogikasi namunalarini berish va bunga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
pedagogik tadqiqot ishlarida o‘quv uslubiy majmuani tatbiq etish orqali maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning samaradorlik darajasini aniqlash va ularni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish yo‘llarini ishlab chiqish;
tadqiqot natijalari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun o’quv qo’llanmalar yaratish va metodik tavsiyalar berish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning o’ziga xos usullarini joriy etish. Mavzu asosida MTTlari uchun kerakli metodik qo’llanma uchun asosiy manba yaratish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Zamonaviy ta’lim muhiti sharoitida maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashni rivojlantirish va ularda kreativ va tanqidiy fikrlashga o‘rgatishga doir topshiriqlarini intensiv loyihalash asosida takomillashtirish;
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili: Keyingi yillarda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalash tizimiga oid muammolarni o’rganish va bartaraf etish yuzasidan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tarbiyachi olimlarimiz tomonidan yaratilgan bir necha risola, qo‘llanma, ilmiy-tadqiqot ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. R.H.Jo‘rayev, P.Holmatov, Sh.Sharipov, B.Raximov, U.Nishonaliyev, N.Saidaxmedov, O‘.Tolipov, S.Nishonova, R.Safarovalar, chet el olimlaridan Aneta Barakoska5, Аргунова В.Н.6 Архангельский, С.И.7, Зимняя, И.А.8larning tadqiqot ishlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Pedagogik fikrni rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedagogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo‘lib, u ta’limning ko‘rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi. Bundan ko’rinib turibdiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning usul va vositalari muammosiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari ko‘plab uchrasa-da, maktabgacha ta’lim tashkilot- larida bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashda qo‘llaniladigan usul va vositalar haqida yaxlit bir tadqiqot ishi qilingan deb bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |