Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning pedagogik sharoitlari



Download 281 Kb.
bet2/16
Sana24.04.2022
Hajmi281 Kb.
#579164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
O\'g\'loy dis

Аннотация.
В данной магистерской диссертационной работе раскрыты специфические стороны и достижения организации воспитания детей дошкольного возраста на основе народной педагогики. В воспитании детей дошкольного возраста неоценимое значение имеют наши национальные ценности и использование образцов богатой истории. Подобно тому, как Восток сравнивается с колыбелью воспитания Запада, в каждом звене общества существует проблема народной педагогики. В данной диссертационной работе особое внимание уделено аспектам и преимуществам народной педагогики в дошкольных образовательных организациях , ее воспитательному значению. Обозначены пути решения проблем воспитания на основе народной педагогики. Даны выводы и рекомендации.

Annotation.
This master's thesis reveals the specific aspects and achievements of the organization of preschool education based on folk pedagogy. In the education of preschool children, our national values and the use of samples of rich history are of invaluable importance. Just as the East is compared with the cradle of Western education, there is a problem of folk pedagogy in every link of society. In this dissertation, special attention is paid to the aspects and advantages of folk pedagogy in preschool educational organizations, its educational significance. The ways of solving the problems of education on the basis of folk pedagogy are outlined. Conclusions and recommendations are given.

Kirish
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi:
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayonida samarali hamda sifatli ta’lim va tarbiya shakllari, usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.1
Har qanday jamiyat rivoji ana shu jamiyatda istiqomat qilayotgan har bir yosh avlod tarbiyasiga bevosida bog’liq. Shunday ekan, bu masalani, avvalo, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlashga e’tibor qaratish maqsadga muvoviqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi aqliy tafakkuri oppoq qog’oz misoli bo’lgan, tevarak atrofga teran nigoh bilan boquvchi jajji ,beg’ubor bolajonlar tarbiyasiga e’tibor qaratilganda, avvalo, ularning ongini o’zbek xalqimizning boy ma’naviy, ahloqiy, madaniy me’rosi bilan tanishtirish bilan boshlash zarur. Bu orqali bolalar tafakkurida ertangi kunga ishonch, vatanga muhabbat va milliylik ruhi barq uradi. Buning ilk kurtaklarini esa, maktabtabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yoshiga mos keladigan xalq pedagogikasi asosida ta’lim tarbiya berish, xalq pedagogikasi orqali shakllantirish mumkin.
Xalq pedagogikasi borliq olamning, tafakkurning, tasavvurning, odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning barcha jabhasini, butun muammolarini,jamiki yechimlari bilan birga qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsad vazifasi aniq, ravshan, maqsadli,ayni chog‘da xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari, egasi bo’lmish insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir. 2
Mazkur jarayonda har bir kamol topib kelayotgan yosh avlod ong-u, tafakkurida yuksak axloqiy tuyg‘ularni, fazilatlarni tarkib toptirib borishda, yaratilgan ijobiy muhit muhim o‘rin tutadi. Negaki, bolada yuzaga keladigan ijtimoiy xulq-atvor aynan maktabgacha ta’lim tashkilotida nomoyon bo’lishi, yuzaga kelishi hech kimga sir emas. Bu xususida fransuz psixologi E. Dyurkgeym ” ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutadi” deb aytib o‘tadi.3
Olmon olimi Xerlerning «Sharq Yevropaning muallimidir», -deb e’tirof etishi bejiz emas. Bu e’tirofdan ko’rinib turibdi-ki, biz butun g’arbga tarbiya borasida ustozlik maqomiga erishgan ajdodlarimiz hamda mutafakkiru olimlar avlodimiz. O‘zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos salmoqli va betakror dorilfunun yaratgan xalqdir. O‘zbek xalqining ma’naviy va madaniy merosi, milliy pedagogikasi ulkan bir dengiz. Mana shu dengizdan o’rinli ravishda suv ichib chanqog’imizni qondiradigan, tanamiz va aqlimizga foyda keltiradigan, bahramand bo‘ladigan vaqt bu maktabgacha ta’limdan boshlanadi.. Xalq pedagogikasi o’z tajribasiga ega bo’lgan va tarixan tarkib topgan, bolalarni xalqning ijodiy an’analari va milliy g’urur ruhida tarbiyalash tajribasidir. Xalq pedagogikasi xalqimizning ta’lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o‘rganadi, bu esa bo‘lg‘usi pedagoglarni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlashga, ta’lim-tarbiya tizimini milliy ruh bilan sug‘orishga yordam beradi.
Zero, o‘zbek milliy an’analarini, urf-odatlarini har tomonlama o‘rganish, tadqiq qilish, talabalarga ularning mazmuni va tarbiyaviy xususiyatlarini tushuntirish, ulardan ilmiy metodik jihatdan to‘g‘ri foydalanish, talabalarda, o‘qituvchilarda, jamoatchilikda xalq qadriyatlariga qiziqish uyg‘otish, ular asosida kishilarning madaniy, axloqiy, jismoniy, ma’naviy darajasini yuqori saviyaga ko‘tarish kabi bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishda ham xalq pedagogikasi muhim rol o‘ynaydi.4
Biz maktabgacha ta’lim tashkilotlariga xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning yangicha bir usulini kirita olsak, tarbiyachilarning ish faoliyatida qo’l keladigan dasturil amal bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalasak, bolalarda yuksak o’zbekona milliy g’urur va ma’naviyatni qaror toptiramiz. Mana shu jihatdan ushbu magistrlik dissertatsiyasining mavzusi dolzarbdir.

Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish