Maktabgacha yoshdagi


Esda olib qolish va uning turlari



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Esda olib qolish va uning turlari. Xotira jarayonlari esda olib 

qolishdan, ya’ni narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish dan 




137

iboratdir. Esda olib qolish bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladi-

gan turli murakkablikdagi assotsiatsiyalarga bog‘liqdir. Xotiramiz-

da nimaiki saqlanayotgan bo‘lsa, shularning ko‘pchiligini biz ixti-

yorsiz ravishda esda olib qolganmiz. Masalan: ko‘chada ketayot gan 

paytimizda oldimizga aniq maqsad qo‘ymagan bo‘lsak ham juda 

ko‘p narsalar ixtiyorsiz tarzda esda saqlanib qoladi. Ko‘pincha 

beixtiyor idrok qilingan narsa va hodisalar esda saqlanib qoladi. 

Lekin esda saqlanib qoladigan ma’lumotga hissiyot ta’sir qilishi 

mumkin. Masalan: bizda bironta hissiyot tug‘diradigan ma’lumot 

hissiyotimizga hech bir ta’sir qilmaydigan ma’lumotga qaragan-

da esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o‘rnashib qoladi.

Ammo odamning hayoti va faoliyati undan ixtiyoriy esda 

 

olib qolishni talab etadi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish, bi-



ron-bir kasb bo‘yicha ishga tayyorgarlik ko‘rish odatda ixti-

yoriy esda qoldirishni talab etadi. Muayyan bilimlarni egal-

lash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirish  uqib  

olish deb ataladi. Uqib olish maktab o‘quvchilari o‘quv ishining 

muhim qismi hisoblanadi. Ixtiyoriy esda olib qolish deb ko‘zda tu-

tilgan maqsadga muvofiq tanlangan ma’lumotlarni ongli ra vishda 

kuch sarf qilib esda olib qolishga aytiladi. Ixtiyoriy esda olib qo-

lish anglab, bilib esda olib qolishdir. Masalan: esda olib qolishga 

jazm qilish, maqsadga erishish uchun intilish, kerak ma’lumotni 

tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda qoldirish kerakli-

gini bilish) – bularning hammasi tafakkur faoliyati bilan bog‘liq 

bo‘ladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda iroda ning ham ahamiyati kat-

ta. Masalan: ba’zi paytlarda esda olib qolish ning qiyinchiliklariga 

duch kelar ekanmiz, bunda albatta iroda ishtirok etadi. Ixtiyoriy 

esda olib qolishning nerv-fiziologik aso sida birinchi va ikkinchi 

signallar sistema doirasida yuzaga keladigan shartli ref lekslar, mu-

vaqqat aloqalar yotadi. Odatda qiziqish yengillik bilan esda qoldi-

rishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug‘dirgan 

narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi. Esda qoldiriladigan 

ma’lumotga bo‘lgan qiziqish diqqatimizni o‘ziga jalb etadi, his-

tuyg‘ularimizga ta’sir qilib zavq lantiradi. Bu esa o‘z navbatida es-

da olib qolishni kuchaytiradi. Ayrim kishilar xotirasining zaifli-

gi analiz qilinganda esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi 

ular diqqatining bo‘shligida, tarqoqligida, ya’ni miya po‘stidagi 




138

tegishli qo‘zg‘alish manbala rining zaifligida ekanligi aniqlangan. 

Ma’lumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok 

etsa, ma’lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi.

Ma’lumotni idrok qilishda sеzgi organlari qanchalik ko‘p 

ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tеz va puxta esda qoladi. Bu 

haqda mashhur rus pеdagoglaridan K.D. Ushinskiyning quyi-

dagi gaplari juda ham o‘rinlidir. «Bolaning esida biror narsa-

ning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pеdagog, bola 

sеzgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini – ko‘zi, qulog‘i, 

tovush organi, muskul sеzgisi va hatto, iloji bo‘lsa, hidlash va 

ta’m bi lish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashti-

rishga harakat qilishi kеrak», K.D. Ushinskiyning bu fikri al-

laqachon amalda isbot qilingan.

Ma’lumotni takrorlash ham albatta ixtiyoriy esda olib qo-

lishga ijobiy ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lum 

bo‘lishicha, asosan uch xil yo‘l bilan takrorlash mavjud:

– surunkasiga takrorlash;

– qismlarga bo‘lib takrorlash; 

– bir yo‘la, surunkasiga, undan so‘ng yana qismlarga bo‘lib 

takrorlash.

Bu psixologiyada kombinatsiya usuli deb yuritiladi. Esda  

olib qolinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni taqsimlash-

da kishining tafakkuri va diqqati faol qatnashadi. Binobarin, 

ma’lumotlarni taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o‘ziyoq 

esda olib qo lishning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish