Maktabgacha yoshdagi


Xotira to‘g‘risida tushuncha va uning fiziologik asoslari



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Xotira to‘g‘risida tushuncha va uning fiziologik asoslari

Xotira – bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni 

eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan 

bog‘liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga 

aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir.

Tevarak-atrofdagi biz idrok qilgan narsa va hodisa 

lar 

ongimizda izsiz yo‘qolib ketmaydi, balki miya po‘stlog‘ida 



obrazlar tarzi da saqlanib qoladi. Keyinchalik narsa va hodisa-

larning o‘zi ko‘z oldimiz 

da bo‘lmagan paytda ham biz bu 

obraz larni ongimizda qayta tik lay olamiz.

Odatda biz biror-bir ma’lumotni o‘qiydigan bo‘lsak, uni hech 

bir o‘zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajabla-

narlisi shundaki, borgan sari ma’lumot ma’lum o‘zgarishlarga 

yuz tutib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq 

bo‘lib saqlanadi. Ba’zi bir ma’lumotlar xohlasak ham xotiradan 

o‘chmaydi, boshqasini esa juda qattiq xohlasak ham kerak payt-

da yodimizga tushira olmaymiz. Ma’lum bo‘lishicha inson mi-

yasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot 

biror sabab bilan odamga kerak bo‘lmasa yoki o‘zgarmasa, u 

ongdan tabiiy tarzda yo‘qoladi, lekin har doim ham bizning 

professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni es-

da saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko‘pchilik ataylab 

xotira tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Inson xotirasining yaxshi 

bo‘lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko‘rgan-kechirganlari-

mizning mazmuni to‘laroq miyamizda saqlanishi quyidagi 

omillarga bog‘liq:




134

– esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlan-

ganlik darajasiga;

– shaxsning o‘zi shug‘ullanayotgan ishga nechog‘liq qiziqish 

bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;

– shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga mu-

nosabatining qandayligiga;

– shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;

– irodaviy kuchi va intilishlariga.

O‘tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo‘lsa, 

shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushi-

rish yoki unutish xotira deb ataladi.

Tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar ta’sir ko‘rsatishi tufay-

li miya ga keluvchi qo‘zg‘alishlar miyada «izlar» qoldiradi, bu 

izlar-uzoq yillar (ba’zan butun hayot) davomida saqlanib qola-

di. Yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alishlar uchun go‘yo yo‘l 

ochiladi, buning natijasida nerv bog‘lanishlari keyinchalik oson 

va tez vujudga keladi. Agar qo‘zg‘alishlar takrorlanib tursa nerv 

bog‘lanishlari saqlanadi va jonlanadi, aksincha qo‘zg‘alishlar 

takrorlanmasa nerv bog‘ lanishlari so‘nadi. Nerv bog‘lanishlari 

so‘nsa ilgari esda qoldiril gan ma’lumotlar unutiladi. Vaqtincha 

nerv bog‘lanishlarining vujud ga kelishi va saqlanishi xotira-

ning fiziologik asosini tashkil etadi.

Xotiraning mohiyati narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa 

o‘rnatish 

dan iborat ekanligini qadim zamonlardayoq greklar 

tushu nib yetgan edilar. Bunday aloqalar assotsiatsiyalar deb atab 

kelinadi. Assot siat siyalar uch xil bo‘ladi:



Izdoshlik – (yoki ketma-ketlik) assotsiatsiyasi, masalan: 

biror hodisa esga keltirilgan paytda, shu davrda yuz bergan 

boshqa fakt lar ham xotirada gavdalanadi. 

Kontrastlik  – shovqin-suronli shaharga kelib qolsam tinch 

qishloq hayotini eslayman.



O‘xshashlik – tanishimni portretini ko‘rsam uni o‘zini ham 

eslayman.

Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining 

ongimizda qayta gavdalanishiga tasavvur deb ataladi. Tasav-

vurlar tufayli ayni paytda ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan lekin il-

gari idrok qilgan narsalarni aks ettira olamiz.




135

Tasavvurlar va uning turlari

Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari asosi-

da amalga oshiriladi. Odatda mazmun jihatidan ikki xil tasav-

vur, ya’ni xotira tasavvuri va xayoliy tasavvur farqlanadi. Xotira 

tasavvuri ilgari idrok qilingan, ya’ni ilgari o‘z shaxsiy tajribamiz-

da bo‘lib o‘tgan, lekin hozir ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan narsalar-

ning obrazlarini ongimizda gavdalantirishdan iboratdir. Masalan, 

bi rinchi marta maktabga borganimizdagi taassurotlarni ongimiz-

da qayta tiklashimiz xotira tasavvuri bo‘ladi. Xayoliy tasav-

vur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo‘lib, ongimizda-

gi bilimla rimiz, tajribamiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu 

paytgacha turmush tajribamizda uchratmagan narsalarning obra-

zlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish jarayo-

ni bilan bog‘liq bo‘lgan tasavvurdir. Masalan: matndagi obraz-

larning tasvirlanishiga qarab, ular obrazlarining ko‘z oldimizda 

paydo bo‘lishi xayoliy tasavvurga misol bo‘la oladi.

Tasavvurlar narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish orqa-

li hosil bo‘lishidan tashqari so‘zlar orqali, ya’ni so‘z bilan bi-

ron narsani tasvirlab berish orqali ham hosil bo‘lishi mumkin. 

Tasavvur obrazlarining to‘la va ravshan bo‘lishi birinchi navbat-

da idrokning chuqur va to‘laligiga bog‘liqdir. Unchalik e’tibor 

bermay pala-partish idrok qilgan narsalardan hosil bo‘lgan 

obrazlar juda xira bo‘ladi. Binobarin, bunday obrazlar tasav-

vurda qayta tiklanganda undan ham xira va noaniq bo‘ladi.

Bundan tashqari tasavvur obrazlarining sifati odamning ay-

ni chog‘dagi ahvoliga, his-tuyg‘ulari va diqqatiga bog‘liq bo‘ladi. 

Chunonchi, tobi qochib kayfiyati buzilib (ko‘ngli biron narsaga 

g‘ash bo‘lib), diqqati chalg‘ib turgan paytida odam idrok qilgan 

narsalarini yaxshi va osonlik bilan tasavvur eta olmaydi. Idrok 

qilish jarayonida qaysi sezgi a’zosining ustunlik qilishiga qarab 

tasavvurlar quyidagi turlarga bo‘linadi: ko‘rish tasavvuri, eshi-

tish, hid bilish tasavvurlari, ta’m bilish tasavvuri, harakat tasav-

vuri va shu kabilar. Odamlarning kasbiga qarab tasavvurlar ning 

ayrimlari nisbatan kuchli rivojlanadi. Masalan: rassomlarda 

ko‘rish tasavvuri, kompozitor va sozandalarda eshitish tasavvuri, 

raqqo salarda harakat tasavvuri nisbatan ustun turadi. Tasavvur-

lar yakka va umumiy tasavvurlarga bo‘linadi. Yakka tasavvur 



136

deb birorta yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasavvur qi-

lishga aytiladi. Masalan: tanish bo‘lgan odamlar (o‘rtog‘i, sinf-

doshi haqidagi) va shaxsiy narsalari haqidagi (avtoruchkasi, port-

feli kabi) tasavvurlar. Umumiy tasavvur deb bir jins, bir tur, bir 

guruhni tashkil qilgan narsalarning obrazlarini tasavvur etish-

ga aytiladi. Masalan: umuman odamni, umuman daraxtni yo-

ki umuman o‘simlikni tasavvur qilish. Odamda dastavval yakka 

tasavvurlar undan keyin esa umumiy tasavvurlar yuzaga keladi. 

Chunki umumiy tasavvurlar bir qancha bir-biriga o‘xshash nar-

sani qayta-qayta idrok qi lish natijasida hosil bo‘ladi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish