Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:

1.  Sensor tarbiya nima?

2.  Sezgirlik xususiyatlari nimada ifodalanadi?

3.  Sezgirlikni rivojlantirishda tarbiyachining roli.

4. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomoni 

nimada namoyon bo‘ladi? 

5. Bolalar idrok qilish paytida narsa 

larni qanday analiz 

qiladilar?

6.  Idrok shakllarining bolalarda kechishi haqida so‘zlab be ring. 



8.2.  Bolalarda diqqatning rivojlanishi.  

Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqati

Maktabgacha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat 

rivoj lana  boshlaydi. 



336

Biroq maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz 

diqqat ustunlik qiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda 

kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o‘yin faoli-

yatlarining xilma-xil bo‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni as-

ta-sekin takomillashtirib boradi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan talab etiladigan 

tartiblarga bo‘ysunish, qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz baja rish

kattalarning topshiriqlarini chidam va qunt bilan ado etish ka-

bi hollar maktabgacha yoshdagi bola larda diqqatning ixti yoriy 

turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish-

da o‘yinning roli juda kattadir. Chunki, turli o‘yinlar payti-

da bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bi-

lan ma’lum maqsadlarni ilgari suradilar. O‘yinlarning qanday 

qoidalar aso sida o‘ynalishini o‘zlari mustaqil ravishda tanlab 

oladilar. O‘yin qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o‘z 

harakatlarini o‘yin qoidalariga moslashtirishga va o‘yinda qat-

nashuvchi o‘rtoqlarining harakatlarini ham kuzatib borishga 

tirishadilar. Ana shunday o‘yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan bir-

ga ixtiyoriy diqqat ham aktiv ishtirok etadi.

Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularda ixtiyoriy diqqatning 

rivoj lana boshlashi uchun sharoit yaratib beradi. Shuni ham 

nazarda tutish kerak-ki, ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog‘liq, 

shuning uchun ham bolalar diqqatning bu turini o‘zlaricha 

mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda diqqat-

ning ixtiyoriy turini har xil savollar va topshiriqlar berish yo‘li 

bilan rivojlantirib borish ke rak.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatning ayrim xususi-

yatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topa 

boshlaydi. Buni biz bolalarning (xususan o‘rta va katta guruh 

bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida o‘tira olish-

laridan, ba’zi o‘yinlarni zerikmay soatlab o‘ynay olishlari-

dan, ta’limiy mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan 

ko‘rishimiz mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat 

MTM dagi sharoitgagina emas, balki ko‘p jihatdan oiladagi sha-

roitga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham bolalarning diqqati bir 

te kisda va bir xil darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oi lada te-




337

gishli nazorat ostida bo‘lmasligi yoki haddan tashqari erka qilib, 

tal taytirib yuborilganligi tufayli o‘zlarining xatti-harakatlarini, 

xulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar. Bunday bolalar ham-

ma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-tinchib 

o‘tirolmaydigan, tartibga chaqirilganda gapga quloq solmay-

digan bo‘ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo‘lgani 

uchun ular hech bir narsa ustida qunt bilan mashg‘ul bo‘la ol-

maydilar. Diqqatni boshqara bilmaslik, ya’ni ma’lum muddat 

davomida bir narsaga yo‘naltira olmaslik, mashg‘ulotlarda inti-

zom buzishga va boshqalarga xalaqit berishga olib keladi. Ana 

shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalarga nisbatan indi-

vidual munosabatda bo‘lishlari (har xil mas’uliyatli topshiriqlar 

berish va hokazo), ular da diqqatning kuchini hamda barqarorlik 

xususiyatini tarbiyalab borishlari zarur.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan 




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish