Bolalarda idrokning rivojlanishi
Bola uch yoshga to‘lib bog‘chaga qatnay boshlagach, bi-
rinchidan, bolaning faoliyat darajasi juda kengayib ketadi, ik-
kinchidan, nutqi g‘oyat zudlik bilan o‘sa boradi. Buning nati-
jasida bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita
munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola hayotidagi
bu o‘zgarish o‘z navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmay-
di. Ular kundalik faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalar bi-
lan to‘qnashadilar. Shunday bo‘lishiga qaramay katta yoshda gi
bog‘cha bolalari ham o‘zlari idrok etayotgan narsalar ning nima
ekanligini har doim kattalarning yordamisiz bilavermaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokida ikkinchi signallar sis-
temasi (nutq)ning roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb eta-
di. Chunki, tevarak-atrofdagi narsalarni anglab idrok qilish-
da faqat narsa ning o‘zigina emas, bal ki uning nomi ham birga
qatnashadi. Bolalar idroki ni takomillashtirish maqsadida uy-
ushtiriladigan ekskursiyalarda (hayvonlar va o‘simliklar dun-
yosi bilan tanishtirishda) bolalar idrokida ikkinchi signal-
lar sistemasining rolini oshirishga intilish kerak. Chunki,
330
qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya paytida ko‘rsatilayotgan
narsalarning) ayni bir paytda har ikkala sig nallar sistemasiga
barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan narsalarning butun va
to‘la-to‘kis aks etishini ta’minlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomonlari-
dan biri shundaki, ular turli narsalarni idrok qilishda bu narsa-
larning ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar. Bi-
roq tajribalari hali yetarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning
mohiya tiga mutlaqo tushuna olmasliklari tufayli narsalar ning
mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va umumiy belgi-
larni aks ettira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda faqat
aniq tasavvurlarga asoslana
dilar. Shu sababli bog‘cha yoshi-
dagi (xususan kichik bog‘cha yoshidagi) bolalar uchun narsa-
larning eng asosiy va muhim belgilari ularning rangi va shak-
lidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar shuning uchun ham o‘xshash
narsalarning shaklini bir-biridan bemalol ajrata oladilar. Le-
kin, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar (kichkina guruh bola lari)
narsalarning shaklini farqlashda biroz qiynaladilar. Chunonchi,
kichik yoshdagi bog‘cha bolalariga mavhum geometrik shakl-
lar yoki ularning rasmi ko‘rsatilsa, ular bu shakllarni o‘zlariga
ma’lum bo‘lgan aniq narsalar bilan bog‘lab, ya’ni predmet-
lashtirib idrok qilishga intiladilar. Masalan, ular aylanani
«g‘ildirak», to‘rtburchakni «deraza» yoki «eshik» deb ataydilar.
Rus psixologlaridan S.L.
Ru
binshteyn, S.N.
Shabalin va
M.N.
Volokitinalar tajribalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha
yoshi dagi bolalar aniq narsalarning shaklinigina emas, balki bu
narsa larning qora rang bilan qilgan siluetlariga (andaza lariga)
qa rab ham ularni bir-biridan farqlay oladilar. Bolalar silu etga
qarab (ya’ni qora rangda ishlangan quruq shaklga qa rab) bu
narsalar ning nima ekanligini yanglishmay aytib bera oladilar.
Bunda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bog‘cha yoshidagi bolalar
narsalarning shakllarini ularning mazmuni bilan bog‘liq ra-
vishda idrok qila boshlaydilar. Demak, bog‘cha yoshidagi bola-
lar tevarak-atrofdagi turli-tuman narsalarni idrok qilishda shu
narsalar ning mazmuni, mohiyati bilan organik bog‘liq bo‘lgan
shaklga ham asoslanadilar. Kichik guruh bolalari tur li geo-
metrik shakllardan qilingan mozaikalar bilan o‘ynaganlarida
331
ularni shakliga qarab, ya’ni to‘rtburchakni to‘rtburchaklar gu-
ruhiga, uchburchakni uchburchaklar guruhiga, aylanani ayla-
nalar guruhiga yanglishmay ajra tadilar. Bu o‘rinda shu nar-
sa xarakterliki, mozaikadagi geometrik shakllar har xil rangda
bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, balki shaklni asos qilib
olib guruhlarga ajratadilar. Bog‘chada bolalarning narsalarni
shakliga qarab to‘g‘ri farqlay olish xususiyatlarini o‘stirish ke-
rak. Bunga loy yoki plastilindan turli narsa lar yasash va rasm
chizish mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali eri shish mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsa larni
chuqur analiz qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu yetish-
movchilik turli rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi.
Bolalar (xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) rasmda tas-
virlangan narsalar ning holatiga va fazoviy munosabatlariga ta-
momila befarq bo‘ladilar. Ular rasmlarni teskari ushlab ham
zavq bilan tomosha qilaveradilar. Buning asosiy sababi rasm-
ni idrok qilishga nisbatan bolalarning anali tik munosabatda
bo‘lolmasliklaridir. Bolalar rasmda tasvirlangan narsalarni bir-
biri bilan ma’lum muno sabatda emas, balki tasvirlangan narsa-
larning hamma sini butunligicha idrok qilishga intiladilar. Ular-
da hali analiz qi lish xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.
Shuning uchun rasmlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tar-
biyachi bolalarga yo‘naltiruvchi savollar berib, ularni analiz
qilishga o‘rgatib borishi lozim. Ana shunday mashg‘ulotlarda
bolalar diqqatini, birin chidan, ko‘rsatilayotgan rasmning maz-
munini to‘g‘ri idrok qilishga, ikkinchidan rasmning umumiy
ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsaning o‘rnini to‘g‘ri idrok
qilishga, ya’ni rasmdagi narsalarni bir-biridan keskin farq qi-
la bilishga, uchinchidan esa, rasmda tasvirlangan narsa-
lar o‘rtasidagi munosabat
larni to‘g‘ri idrok qilishga qarat-
ish kerak. Rasmlarni idrok qilish ana shunday tarzda yo‘lga
qo‘yilgandagina bolalarning analitik idrok qi lish qobiliyatini
hamda kuzatuvchanlik xususiyatini rivojlantirish mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yin faoli-
yatidir. Ular o‘zlarining kundalik o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p
narsalarga to‘qnash keladilar. Bu narsalarni bilganlaricha idrok
qilib, bir-birlariga tushuntiradilar. Umuman o‘yin faoliya
tida
332
ular ning idroki to‘xtovsiz rivojlanib boradi. Bog‘cha yoshida-
gi bolalarda turmush tajribasining yetarli emasligi ba’zan u lar
idroki ning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu murakkab idrok
jarayonida, ya’ni fazo hamda vaqtni idrok qilishda yaqqol
ko‘rinadi. Masalan, ular narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabat-
larni, fazo ham da vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok eta olmaydilar.
Narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni hamda vaqtni bola-
lar asosan bog‘cha yoshidagi davrda o‘zlashtira boshlaydi. Bola-
lar o‘zidan uzoq va yaqin, baland va past joylashgan narsa lar
bilan bevosita munosabat da bo‘lish jarayonida fazoviy tushun-
chalarni to‘g‘ri idrok qila boshlaydilar. Bunda tarbiyachilar ning
narsalar o‘rtasidagi har xil fazoviy munosabatlarni so‘z bilan ifo-
da etishlari bolalar idroki ning rivojlanishiga katta yordam beradi.
Uzoq-yaqin, baland-past, chuqur-yuza, katta-kichik, keng-tor
kabi fazoviy tu shunchalarni hamda narsalar o‘rtasidagi bunday
fazoviy muno sabatlarni bolalar o‘z faoliyatlarida, ya’ni o‘yin va
mashg‘ulotlarda ma’lum darajada o‘zlashtirib boradilar. Lekin,
chap va o‘ng kabi tushunchalarni bolalarga o‘z vaqtida o‘rgatish
zarur, chunki bola chap va o‘ng qo‘lning farqiga bormay ko‘p
ishlarni chap qo‘lida bajaradigan bo‘lib qolishi mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurlarning yetar-
li darajada aniq emasligini ularning chizgan rasmlarida yaqqol
ko‘rish mumkin. Masalan, kichik va o‘rta guruh bolalari rasm
chizganlarida narsalarning hajm munosabatlariga unchalik
e’tibor bermaydilar. Ularning chizgan rasmlarida uyning ba-
landligi avtomashinaning balandligi bilan, odamning bo‘yi esa
terak ning bo‘yi bilan barobar bo‘lishi mumkin. Bu bog‘cha
bolalarini mutlaqo hayron qoldirmaydi. Fazoviy munosabat-
larni to‘g‘ri idrok qilish va fazo viy munosabatlar haqida to‘g‘ri
tasavvurga ega bo‘lish asta-sekinlik bilan bolalarning turmush
tajribalari orta borishi davomida o‘sib boradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning vaqtni idrok qilishlari fazoni
idrok qilishlari kabi mukammal xarakterga ega emas. Bolalar-
da vaqtni to‘g‘ri va anglab idrok qilish fazoni idrok qilishdan
ham qiyinroq desak yanglishmaymiz. Bolalar uchun vaqt-
ni idrok qilishda qiyin tomonlaridan biri shuki, ular vaqtning
uzluksiz o‘tuvchanligini (ya’ni vaqtning beto‘xtov harakatini)
333
anglay olmaydilar va, binobarin, idrok ham qila olmaydilar. Bu
narsani ular ga ko‘rgazma asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Natijada
bolalar vaqt o‘lchovlarini ma’lum narsalar va hodisalar orqali
aniqlashtirib idrok qilishga intiladilar.
Odatda so‘zlar bilan ifodalanadigan quyidagi asosiy vaqt
o‘lchovlari bordir: «soniya», «daqiqa», «soat», «kun», «hafta»,
«oy», «yil», «asr», «kecha», «bugun», «ertaga» «indinga», «erta-
lab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «avval», «keyin» kabilar.
Ana shu vaqt o‘lchovlaridan bog‘cha yoshidagi bolalar erkin foy-
dalana bilmaydilar. Chunki bu vaqt o‘lchovlari (vaqt tushuncha-
lari) nisbiy hamda mavhum xarakterga egadir. Bolalar erta ning
bugunga, bugunning kechaga, kechaning o‘tgan kunga tabiiy
ra vishda aylanib qolishini hech bir tasavvur eta olmaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ayrim vaqt o‘lchovlarini
idrok qilishlarida kun tartibining roli juda kattadir. Bolalar-
ning kun dalik hayotlarida doimiy ravishda takrorlanib tura-
digan rejim (kun tartibi) ayrim vaqt o‘lchovlarini birin-ketin
ajratib olishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular ayrim vaqt
o‘lchovlarini vaqtning asosiy belgilariga qarab ham farqlay ola-
digan bo‘ladilar. Masalan, «Kun (quyosh) chiqqanda – erta-
lab bo‘ladi», «Kun botganda – kechqurun bo‘ladi», «Qorong‘i
bo‘lib hamma uxlaganda – kechasi bo‘ladi» deb aniqlaydilar.
Vaqt tushunchalarini idrok qilish qiyin bo‘lgani uchun
bog‘cha yoshidagi bola lar (xususan kichik guruh bolalari) asosan
ho zirgi zamon (shu bugungi) tushunchasi asosida yashay dilar.
Ana shu sababli ular kelasi va o‘tgan zamon tushunchalariga
nisbatan hozirgi zamonga oid vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok
qila oladigan bo‘ladilar. Shuning uchun bolalar dastavval «er-
talab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «bugun» kabi vaqt
tushunchalaridan to‘g‘ri foydalanadigan bo‘ladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning uzoq zamonga oid narsa-
larni tushuntirishlari o‘ziga xos xarakterga egadir. Ular bun-
day narsa larni vaqt tushunchalari orqali emas, balki qalblarida
chuqur iz qoldirgan taassurotlar orqali tushuntirishga intiladi-
lar. Masalan, qachonlardir bir bo‘lgan hodisani yoki qachon-
lardir ko‘rgan narsalarini «Hov bir marta bayramda...», «Hov
bir marta to‘y bo‘lganda...» kabi. Ular xotiralarida qolgan ay-
334
rim hodisalarning qaysi yil va qaysi oyga tegishli ekanini aniq
vaqt o‘lchovida (vaqt tushunchasida) aytib bera olmaydilar.
Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining vaqtni idrok qilish-
larida shu narsa ko‘zga tashlanib turadiki, ular bir-biri bi-
lan tez almashib turadigan vaqt o‘lchovlarini qiyinlik bilan
o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ular bunday vaqt o‘lchovlarini
ko‘pincha bir-biri bilan almashtirib yuboradilar. Masalan, ki-
chik yoshdagi bog‘cha bolalari: «Kecha bugunmi?» «Bugun
ertagami?» «Qachon ertaga bo‘ladi?» «Bugun ham kechasi
bo‘ladimi?» degan savollarni be rishlari mumkin.
Vaqtni to‘g‘ri idrok qilish ham xuddi fazoni idrok qilish ka-
bi bolalarning amaliy faoliyatlari, ya’ni turmush tajribalari bi-
lan bog‘liqdir. Bog‘cha bolalari o‘zlarining har kungi xilma-xil
faoliyatlari davomida vaqt munosabatlarini o‘z ko‘zlari bilan
ko‘radilar va sekin-asta o‘zlashtirib boradilar. Lekin vaqt bola-
larga bevosita ko‘rinmaydi. Shuning uchun vaqtni to‘g‘ri idrok
qilishni bolalarga yoshlikdan boshlab o‘rgatish kerak. Bola-
lar eng sodda, ya’ni bo‘linmaydigan vaqt o‘lchovlarini osonroq
o‘zlashtiradilar. Bunday sodda o‘lchovlardan «hozir», «ol din»,
«keyin» kabi tu shunchalarni ko‘rsatish mumkin. Shundan so‘ng
bir qadar mu rakkab, ya’ni bir necha qismlarga ajratish mumkin
bo‘lgan vaqt o‘lchovlarini (ya’ni «bug‘un», «kecha», «erta ga»,
«indinga» kabi) o‘zlashtirishlari mumkin. Katta guruh bolalari
ana shu yuqori dagi vaqt tushunchalaridan tashqari kunlarning
nomlarini (ya’ni yakshanba, dushanba, seshanba, chorshan-
ba, payshanba, juma, shanba) ham yaxshi o‘zlashtirib, «hafta»,
«oy» va hatto ba’zan «yil» kabi murakkab vaqt tushunchalari-
dan ham foydalana oladigan bo‘ladilar.
Tevarak-atrofdagi narsalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan fazoviy
munosabatlarni (baland, past, katta, kichik kabi) to‘g‘ri
idrok qi lishda bolalarning atrofdagi turli-tuman narsalar bi-
lan bevosi ta munosabatda bo‘lishlari katta rol o‘ynasa, vaqt
munosabatlarini to‘g‘ri idrok qilishda vaqt o‘lchovlarini (tu-
shunchalarini) ifodalovchi so‘zlarnig ko‘proq ishlatilishi kat-
ta rol o‘ynaydi. Shu ning uchun bolalar bilan o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarda, suhbatlarda, hikoyalar o‘qib berishda bolalar
so‘z boyligida hozirgacha yo‘q bo‘lgan vaqt o‘lchovlariga oid
335
tushunchalarni kiritish ke rak. Umuman bola larga bog‘chada
vaqt o‘lchovlarini (ya’ni hozir soat 2 bo‘lib, tush payti bo‘lib
qolganligini, soat 5 dan oshib kech ki rib qolganligini) mun-
tazam ravishda eslatib turish kerak. Bu bolalarda vaqt hissini
rivojlantirishga yordam beradi. Vaqt hissi esa vaqt o‘lchovlarini
to‘g‘ri idrok qilishni ta’minlaydi. Bolalar vaqt tu shunchalarini
to‘g‘ri o‘zlashtirayotganlarini aniqlash uchun ular ga «qachon»,
«qaysi kuni», «qancha vaqtdan so‘ng», «qaysi biri oldin», «qaysi
haftada», «qaysi oyda» kabi savollarni berib turish lozim.
Bog‘chada idrokni rivojlantira borish asosida kuzatuvchanlik-
ni ham tarbiyalash kerak. Kuzatuvchanlik odamning butun ha-
yoti, butun o‘qish va mehnat faoliyati davomida juda zarur bo‘lgan
fazilatdir. Bog‘chada turli didaktik mashg‘ulotlar o‘tkazish, eks-
kursiyalar tashkil qilish orqali bolalarda kuzatuvchanlikni tar-
biyalab boriladi. Bu jihatdan yil fasllari (bahor, yoz, kuz, qish)
bo‘yicha o‘tkaziladigan ekskursiyalar, rasmga qarab so‘zlatish
(kim ko‘proq narsani ko‘radi) yaxshi natija beradi. Albatta, eks-
kursiya va mashg‘ulotlar paytida bolalarga beriladigan savollar
oldindan o‘ylab olingan, ya’ni rejali asosda bo‘lishi kerak.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining normal o‘sishi hamda
ular da kuzatuvchanlikning kamol topishi ko‘p jihatdan tarbi-
yachilarga, ularning pedagoglik mahoratiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |