Ilk yoshda lug‘at hajmining ko‘rinishi:
Bola yoshi
So‘z boyligi
1 yoshda
12–20
1,6 yoshda
30–40
2 yoshda
300–400
3 yoshda
1200–1300
So‘z bilan predmet o‘rtasida har xil bog‘lanish bo‘ladi, lekin
dastlabki tushunish vujudga kelgan vaziyatga bog‘liqdir. Agar
bola «koptok» so‘zi boshqa ko‘rinishdagi koptoklarga ham daxl-
dorligini tushunsa, «Koptok qani?» degan savolga koptok ning
u yoki bu xilini ham ko‘rsata oladi. Yangi predmet bola o‘z taj-
ribasida uchratgan jismga o‘xshasa, tanishdek tuyulsa, yangi
harakat bilan uni bildiradigan so‘zni o‘zaro bog‘lash birmun-
cha yengil ko‘chadi. Shunga o‘xshash vaziyat bola ning turmush
tajribasida qanchalik ko‘p uchrasa, idrok qilingan predmetlar
ko‘lami ham shunchalik tez kengayadi va bolaning lug‘at boyli-
giga qo‘shiladi. Bo laning faoliyatida unga beriladigan savollar-
ni tu shunish muhim ahamiyat kasb etadi va uning oddiy xatti-
harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Tadqiqotchi E.K.
Kaverinaning tajribasida tasdiqlangani-
dek, bolaning predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda
aks etishi mumkin:
285
a) bola eng avval atrofidagi predmetlarning nomlarini;
b) kat ta yoshli odamlar va o‘yinchoqlarning nomlari va
rasmlarini;
d) odamlarning gavdasining tuzilishini, uning bo‘laklari
va hokazolarni tushunadi.
Tushunishning eng qulay, senzitiv davri bir yoshdan bir
yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning
nomlarini yengil o‘zlashtirib oladi. Ikki yoshgacha davrida
kattalar bilan muloqotga kirishishda uy jihozlari va boshqalar-
ni o‘rganadi.
Bola 2 yoshga to‘lganda nutqning rivojida yangi davr bosh-
lanadi. U ona tilining grammatik qoidalariga muvofiq gap tu-
zishga harakat qiladi. Uning nutqida deyarli barcha so‘z tur-
kumlari, murakkab bog‘lovchisiz gaplar uchray boshlaydi.
Bola uch yoshga qadam qo‘yganda, unda nutqni tu-
shunishning ko‘lami kengayadi, sifati esa yuqori darajaga
ko‘tariladi. 2–3 yoshli bola kattalarning amaliy faoliyatni ba-
jarishga doir nutqini tu shunishdan tashqari ertak, hikoya, she’r
kabilarni tinglashni ham yoqtirishi sababli ularda bayon qilin-
gan fikrlarni ham tushunishga intiladi. 3 yoshli bola faqat ya-
qin kishilari bilan emas, balki be gonalar, tengqurlari bilan ham
muloqot ko‘lami kengayishi natijasida unda tom ma’nodagi
nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada kattalarning nutqiga, xat-
ti-harakatiga qiziqish kucha yadi, o‘ziga daxlsiz fikr va mulo-
hazalarni tinglash mayli paydo bo‘ladi, shuningdek, uning o‘zi
atrof-muhitda, kattalar davrasida olgan ma’lumotlar va axborot-
lar bo‘yicha boshqalar bilan muloqotga kirishish istagi tug‘iladi.
Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini bajarib,
amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi. Un-
da dialogik nutq paydo bo‘ ladi, chunki uning o‘ziga yoqadigan
narsalar haqida savollar berishi yoki kattalarning savoliga javob
qaytarishi dialogik nutqni taqozo etadi. Dialogik nutq zamiri-
da ona tilining grammatik tuzilishini faol egallash uchun keng
imkoniyatlar yotadi, dialogik nutq bolaning kattalar bilan ham-
korlikdagi faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xayol jarayonining dastlabki ko‘rinishlari bolada ikki yosh-
ga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘yganida ko‘rina boshlaydi. Ik-
286
ki yoshli bolalarda ko‘rinadigan dastlabki xayol ma’lum bir
maqsadni ko‘zlamaydigan ixtiyorsiz xayoldir.
Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o‘sishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Ana shu davrdan boshlab bola tevarak-atrofdagi
kishilarning so‘zini yaxshi tushunadigan bo‘lib o‘zidagi tasavvur-
lar zaxirasini bevosita idrok qilingan narsalar orqaligina emas,
balki katta yoshli odamlar nutqi bilan ham to‘ldirib boradi. Bo-
la o‘ziga tushunarli mavzulardagi hikoya va ertaklarni qiziqib
tinglaydi. O‘zi asosiy qahramon bo‘lib qatnashadigan hikoyalar-
ni jon-u dili bilan eshitadigan bo‘ladi. Bunday hikoya bolaga ju-
da tushunarli bo‘ladi, chunki bola hikoyani eshitib turib, bevosi-
ta, o‘zining idrokiga tayanadi. Bu yerda o‘ylab chiqarilgan voqea
bolaning o‘zi haqiqatdan ishtirok qilgan voqealarga ulanib keta-
di. Bolaning hikoya va ertaklarni eshitishga juda ham qiziqishi,
hikoya va ertaklarni tinglayotganida bolalar ning tajribasini ort-
tiradigan va xayolini o‘stirishga yordam beradigan xilma-xil va
aniq tasavvurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
Nutqning o‘sishi bolaning yangi taassurotlar hosil qilishi va
uni boyitishi bilangina cheklanib qolmay, balki u miyada hosil
bo‘lgan yangi-yangi obrazlarni so‘zlar bilan ifodalashga yordam
beradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha derazalardagi
pardalar hilpirab va quyosh nurlarining shu’lalaridan tovlanib
turganini ko‘rib, o‘zini polga tashlaydi va, «... qarang, oyi, go‘yo
dengizga o‘xshaydi. Men cho‘milayapman...», – deydi. Bola nut-
qida shu go‘yo so‘zining paydo bo‘lishi juda ham xarakterlidir.
Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z bilan ifodalaydi, real narsalar
bilan xayolidagi narsalarni bir-biridan ajratadigan bo‘ladi.
Bola kattalarning gaplariga tushunadigan bo‘lgach, turli ertak
va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladi-
gan, o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar (hayvonlar, bolalar
kabi) haqidagi hikoyalarni jon-u dili bilan eshitadilar. Bola bun-
day hiko yalarni eshitishda bеvosita o‘zining idrokiga, tasavvur-
lariga tayanadi. Bunday hikoyalarda («Uch ayiq», «Qizil shapka-
cha») o‘ylab chiqarilgan voqеa bolaning o‘zi haqiqatda ishtirok
qilgan, idrok qilgan voqеalarga ulanib kеtadi. Natijada bolaning
tajribasi ortadi va mustahkamlanadi. Bu esa o‘z navbatida bola
xayolining o‘sishiga yordam bеradi. Har bir hikoyani eshitgan-
287
da bolada xilma-xil tasavvurlar yuzaga kеladi. Bola bu tasavvur-
lari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bola hikoya
eshitish orqali olgan tasavvurlarini so‘zlar bilan ifodalaydi, taj-
ribasi oshib boradi. 3 yoshda bolaning xayol obrazlari tеvarak-
atrofdagi prеdmеtlarning ta’sirida tug‘iladi va ma’lum maqsadga
bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib bo‘lgandan kеyin, uni ki-
yintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu shu on «ayiqcha»ni
ko‘rib qolsa diqqatini qo‘g‘irchog‘dan olib, ana shu «ayiqcha»ga
qaratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» kеtadi. Bolada tajri-
ba ortib, o‘yin faoliyati murakkablashib borishi bilan xayol ham
boyib boradi.
Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining
roli juda kattadir. Ularning yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining
mazmuni ham o‘zgarib boradi. Ikki yoshga to‘lish oldidan
bolalar o‘yinida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Manipulat-
siya o‘yinlari bilan bir qatorda tasviriy o‘yin elementlari ham
paydo bo‘ladi. Bola turmushda ko‘rgan ish harakatlarini o‘z
o‘yinida aks ettiradi. Masalan bola qo‘g‘irchog‘ini «ovqatlanti-
radi», yotqizib «uxlatadi», uni «erkalaydi», «arg‘imchoqda uchi-
radi». Bola katta bo‘lgani sayin o‘yinda katta yoshli kishilarning
harakatlariga taqlid qi lish tobora ko‘p o‘rin egallay boshlaydi.
Ayni vaqtda o‘yinlar murakkablashib, mazmuni ham turli-tu-
man bo‘la boradi. Masalan, bola o‘ziga g‘amxo‘rlik qilayotgan
onasining harakatlariga, duradgor, haydovchi, sartaroshning
harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Bolaning bunday o‘yinlarida
esa endi tiklovchi xayolning yuzaga kеla boshlaganini ko‘ramiz.
Ilk yosh davridagi bolalarning harakatlarida tasviriy faoli-
yat elementlarining paydo bo‘lishi xayolning o‘sayotganligidan
dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalarni qog‘ozga chizib,
nimanidir tasvirlashga urinib ko‘radi. Lekin dastlab bunday
chizmakashlik faoliyati almoyi-aljoyi chiziqlar chizishdangina
iborat bo‘ladi. Ikki yoshga tolganda bog‘chagacha tarbiya yoshi-
dagi bolaning tasviriy faoliyatida yangi, muhim element pay-
do bo‘ladi. U endi o‘zi chizayotgan rasmiga nom beradigan
bo‘ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi bog‘chagacha tar-
biya yoshidagi bolaning tasavvur xayolini o‘stirishga yordam
beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina pay-
288
do bo‘la boshlaydi. Bu nihollarni diqqat-e’tibor bilan doimo
parva rish qilib turish tarbiyachi va ota-onalarning vazifasidir.
Mustaqil harakatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |