Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Ilk yoshdagi bolalar psixikasining taraqqiyoti

Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning analizator 

lari 

yaxshi takomillashgani va ular erkin harakat qila olish imkoni-



yatiga ega bo‘lganliklari tufayli bu davrda psixik jihatdan tez 

rivojlanadilar. Ma’ lumki, ilk yosh davridagi bolalar faqat yurib 

va emaklabgina qolmay, yugurish, sakrash hamda baland va 

past to‘siqlardan oshib o‘tish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. 

Ilk yosh davridagi bolalarning ertadan kechgacha turli harakat-

lar qila olish imkoniyatlari teva 

rak-atrofdagi muhitni bilish 

ehtiyojini qondirishda juda katta sharoit yara tib beradi.

Ilk yosh davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yo‘q 

bo‘lganligi uchun uni hamma narsa qiziqtiradi. U o‘zining 

kun dalik tinimsiz harakatlari davo mida kattalarga taqlid qilib, 

mustaqil ravishda kiyinish, yechinish, ovqat yeyish, yuvinish 

kabi harakatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Ilk yosh davridagi bola 

o‘zining kundalik harakatlari davomida hech bir erinmay, ko‘z 

o‘ngidagi hamma narsalarni tekshirib ko‘radi. Natijada juda 

ko‘p yangiliklarni bilib oladi, o‘zining sezgi va idrokini, tasav-

vur va xotirasini, tafakkur va nutqini, hissiyot va xayolini – 

umuman hamma psixik jarayonlarini rivojlantiradi.




276

Ilk yosh davridagi bolalarda nutq juda tez rivojlana bosh-

laydi. Ikki yoshga to‘lgan bola bir necha so‘zlarni aniq talaffuz 

qila oladi va atrofdagi kattalarning gapiga tushuna boshlaydi. 

Nutqning o‘sishi, ya’ni so‘zlay bilish qobiliyati bolaning bu-

tun psixik taraqqiyotiga, undagi barcha psixik jarayonorlarning 

va psixik xususiyatlarning o‘sishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ilk 

yosh davridagi bola ning psixik taraqqiyotida asosan ikkita omil 

– erkin harakatlar va nutq katta ahamiyat kasb etadi.

Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizator ning 

tobora takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan 

bolaning sezgilari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va 

ha rakat kabi) uning har kungi xilma-xil harakatlari davomida 

turli narsalarga bevosita to‘qnash kelishi natijasida rivoj lanadi. 

Bola yoshiga to‘lib yura boshlagach, harakat  sezgilari ning 

rivoj lanishi uchun juda keng imkoniyatlar maydonga keladi. 

Bu yoshda bola ko‘p narsalarni o‘zi mustaqil ravishda qo‘liga  

olib ushlab, timirskilab ko‘radi, stulga chiqib tushadi, karavot 

tagiga kiradi, quti va eshiklarni tartib bilan ochib yopadi. Ana 

shuning uchun bola yurgandan so‘ng uning predmetlarni bi-

lish doirasi juda kengayib, har kungi tinimsiz harakatlarida ju-

da ko‘p narsalarni bilib oladi va uning harakat sezgilari ham 

takomillashadi hamda fazoni va fazoviy munosabatlarni (ba-

land, past kabi) anglay boshlaydi.

Ilk yoshiga kelib bolaning barcha sezgi a’zolari tuzilishi ji-

hatidan deyarli to‘la takomillashgan bo‘ladi. Ilk yoshda ko‘proq 

sezgi a’zolarining markaziy qismlari takomillashadi. Ilk yoshda-

gi bolalarga xos bo‘lgan miya po‘stida har qanday qo‘zg‘alishning 

keng irradiatsiyalanish (yoyilish) xususiyati qisman bog‘cha 

yoshidagi davrda ham saqlanib qolgan bo‘ladi. Bu esa bolalar-

da farq ajratish sezgilarining takomillashuviga to‘sqinlik qiladi. 

Shuning uchun, 2–3 yoshli bolalar narsalar ning farqini tez ajra-

ta olmasliklari tufayli har bir narsani be vosita ushlab, timirskil-

ab ko‘rishga bo‘lgan intilishlari bog‘cha yoshi dagi davrda ham 

qisman saqlanib qoladi. Keyinchalik turmush tajribasining bir-

muncha ortishi bilan ko‘rish va eshi tish sezgilari teri, muskul va 

hara kat sezgilaridan (ya’ni narsa larni hamisha bevosita timirski-

lab ko‘rishdan) ustunlik darajasiga ko‘tariladi.




277

Sezgilarning normal rivojlanishi bola idrokining taraqqiyo-

ti uchun zamin bo‘ladi. Yoshidan oshib, bemalol yura va yu-

gura oladigan bolaning idroki uning har kungi tinimsiz hara-

katlari jarayonida takomillashib, narsalar haqidagi tasavvurlari 

aniqla shib boradi, lekin katta odamlar idrokidan keskin farq 

qiladi. Bi rinchidan, bog‘chagacha tarbiya yoshi dagi bolalarda 

turmush tajribasi yo‘qligi tufayli ularning idroklari ham angla-

shilmagan xarakterga ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalarga birinchi 

marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan 

ko‘p narsa lar ular ga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga 

ega bo‘ladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pincha ixti-

yorsiz xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni ularning idrokida muayyan 

bir maqsadni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning 

idro ki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘chib ke-

taveradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyoti kuchli bo‘lgani 

uchun ular o‘zlarini qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy 

kechinmalar uyg‘otadigan narsalarni idrok qiladilar.

Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomo-

ni shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira ol-

maydilar. Atrof-muhitdagi narsalarni qanday bo‘lsa shunday-

ligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok 

qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bir yarim, ikki yoshli 

bolaga otning kal lasi solingan surat ko‘rsatilsa, u «Otning o‘zi 

qani?» deb so‘raydi.

Ikki yoshga yaqinlashib qolgan bolaning idrokida narsalarni 

bir-biridan farqlash juda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bola surat-

da tasvirlangan it, ayiq, qarg‘a, koptok, mashina va hokazolar-

ni bemalol tanib, ajrata oladi.

2–3 yoshli bolalarning idroklarida ayrim fazoviy element-

lar ham ko‘rina boshlaydi. Masalan, ular narsalarning katta-

kichikligini farqlay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar «katta», 

«kichik» so‘zlarini hali ayta olmasalar ham bunday tushunchani 

imo-ishora va allaqanday ovoz chiqarish bilan ifodalashga in-

tiladilar. Katta narsalar haqida qo‘llarini baland ko‘tarib «u-u-

u» deyishlari kichkina narsalarni ifodalamoqchi bo‘lganlarida 

esa «burunlarini bujmaytirib, ko‘zlarini yarim yumib, ingichka 

ovoz chiqa rib «i-i-i» deyishlari mumkin.




278

Ilk yoshidagi bolalarning nutqni egallashlari idrokning yana 

ham rivojlanishi uchun juda katta imkoniyat tug‘diradi. Nutqni 

egallagan bola idrok qilayotgan narsalarning nomini ataydigan 

bo‘ladi. Bu idrokning onglilik darajasini yanada o‘stiradi. Ana 

shu davrdan boshlab bola endi nutq orqali ham (ya’ni narsalar-

ning nomini eshitish orqali) idrok qila ola digan bo‘ladi. Bola 

nomini bila olmagan narsalari haqida «Bu nima?», «Buning oti 

nima?» deb savol bera boshlaydi. 

Ilk yoshidagi bolalarda vaqtni idrok qilish juda sodda, ya’ni 

boshlang‘ich holatda bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar faqatgina ho-

zirgi zamon vaqti bilan yashaydilar. Ular shu kunni, ayni shu 

daqiqani yaxshi tasavvur etib, o‘tgan va kelasi zamonni noa-

niq, pala-partish tasavvur etadilar. Eng ko‘p ishlatiladigan vaqt 

tu shunchalaridan «kecha», «bu gun», «ertaga» va «indinga» ka-

bilarni ham ko‘pincha almashtirib yuboradilar. Vaqt tushun-

chalarini idrok qilishdagi bu qiyinchiliklar bolalarda ko‘pincha 

bog‘cha yoshining dastlabki davrlarida ham saqlanib qoladi.

Shunday qilib, ilk yoshdagi bolalarning idroki kundalik faoli-

yatlarida tevarak-atrofidagi narsa va hodisalarni kuzatish va ular  

bilan bevosita munosabatda bo‘lishi jarayonida har tomonlama 

rivojlanib boradi. Bolalar idrokining mazmunan boyishiga nutq-

ni egallash juda katta ta’sir qiladi. Ana shu jihatdan olganda, tar-

biyachisining vazifasi nutqdan bolalar idrokini o‘stiradigan vosi-

ta sifatida keng foydalanishdir. Bolalar bilan ko‘proq gaplashish

tevarak-atrofdagi narsalar haqida ko‘proq so‘zlab berish, bola-

larning turli-tuman savollariga mumkin qadar javob qaytarish-

ga harakat qilish, narsalarning asosiy va muhim xususiyatlari-

ga bolalarning diqqatlarini jalb qilish lozim. Bularning hammasi 

bolalar idrokini o‘stirishning zarur va muhim yo‘llari hisoblanadi.

Ilk yosh davridagi bolalarda diqqatning ixtiyorsizligi va be-

qarorligi ularda tormozlanish jarayonining hali kuchsizligi bi-

lan bog‘liqdir. Bu yoshda 

gi bolalarda tormozlanishga nisbatan 

qo‘zg‘alish jarayoni kuchli (ustun) bo‘lganligi sababli qo‘zg‘alish 

jarayoni bilan tormozlanish jarayoni muvozanatlasha olmay, 

qo‘zg‘alish ustunlik qiladi va bosh miya yarimsharlarining to-

bora yangi-yangi qismlariga tarqalib ketaveradi. Ana shuning 

uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga 



279

chalg‘ib ketaveradi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u 

o‘yinchoqni juda qiziqib ko‘ra boshlaydi. Lekin ayni shu paytda 

yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni 

tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Ilk yoshdagi bolalar diqqatining 

beqarorligi fiziologik nuqtayi nazaridan ularda hali tormozlanish 

jarayonlarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jara yoni 

qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata olmaydi.

Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror 

bo‘lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. 

Bolalarga hamma narsa yangilik bo‘lib tuyilaverganidan ular-

ning diqqatlari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib 

ketaveradi. Bola ko‘z o‘ngidagi narsaning o‘zi bola ga juda qi ziq 

tuyilgani sababli ham diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M. 

Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh-u 8 oylik) 

«Echki va uning bolalari» haqidagi ertakni zo‘r qiziqish bilan 

tinglaydi. Bo‘ri kelib eshik ni taqillatgani hikoya qilinganda, Sa-

sha bo‘rining qanday taqillatganini ko‘rmoqchi bo‘lib, devorga 

«tap-tap» etib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shu qadar mah-

liyo bo‘lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo‘yadi.

Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi 

juda zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqat-

larini faqat ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan bir narsagagi-

na qarata oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining 

rivoj lanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chi-

qib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muloqot-

da bo‘lishdan tashqari, ular ning ko‘rsatmalarini bajarish im-

koniyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kichik 

yoshli bolalar kattalarga qara shishni, imkoni boricha ularning 

mehnatlariga ara lashishni juda yoqtiradilar. Kattalarning ilti-

mos va topshiriqlarini bajonu dil ado etadilar, o‘z-o‘ziga xiz-

mat ko‘rsatishga oid od diy yumushlarni qiziqib bajaradilar, 

ota-onalariga xo‘jalik ishla rida qarashishga harakat qiladilar. 

Mana shularning hammasi, diqqatni ma’lum darajada to‘plash 

va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bola-

larda ixtiyoriy diqqatning ri vojlanishiga asos ya ratadi.

Ilk yosh davridagi, ya’ni ikki yoshga to‘lib uch yosh-

ga qa dam qo‘ygan bolalarda diqqatning ixtiyoriy tu ri ham 




280

rivoj lana boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarda ko‘rinadigan ix-

tiyoriy diqqat alomatlari katta odamlar ning buyruq va top-

shiriqlarini baja rish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarda rivoj-

lana boshlaydi.

Ilk yosh davridagi bolaning yoshi ulg‘ayib, atrof-muhit-

dagi turli-tuman narsalar haqida tasavvurlari ko‘paygan sari 

uning   xotirasi ham tez rivoj lana boshlaydi. Bu yoshdagi bola-

ning xotirasi asosan ixtiyorsiz xotiradir. Har kimning o‘z taj-

ribasidan ma’lumki, ikki-uch yoshlik davridagi ko‘rgan-bilgan 

narsalari esi da yaxshi saqlanib qolmaydi, chunki bu yoshda 

turmush taj ribasi hali juda oz bo‘ladi hamda esda olib qo-

lishda hech qanday sistema bo‘lmaydi. Shu sababli esda olib  

qolish tu fayli yuzaga kelgan assotsiatsiyalar muvaqqat aloqalar 

lokal xarakterga ega bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, bu 

yoshda esda olib qolingan narsa lar uzun-yuluq, ya’ni bir-bi-

ri bilan bog‘lanmagan bo‘ladi. Shu sa babli bir-biri bilan bog‘liq 

bo‘lmagan, yakka-yakka holda yuzaga kelgan muvaqqat alo-

qalarni tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham odatda «men es-

es bilaman» yoki «sal-pal esimda qolgan» deb gapiriladi.

Ilk yoshdagi bolalarda xotiraning barcha jarayonlari ko‘rina 

boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bolalar dastlab mexa nik 

ravishda, ya’ni ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi-

lar. Buning o‘z sabablari bor, albatta. Birinchidan, yuqorida ay-

tib o‘tganimiz kabi bolalarda turmush tajribasi juda oz bo‘ladi 

va ular ko‘p narsalarni hali mutlaqo bilmaydilar, lekin hayotda 

to‘qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ik kinchidan, 

bolalar nerv sistemasining plastikligi, ya’ni juda egiluvchan-

ligi kattalarnikidan ustunroq bo‘ladi. Ana shu sabab li bolalar 

ko‘pincha mexanik esda olib qoladilar. Buni bolalarning juda 

ko‘p so‘zlarni tezda eslab qola olishida ko‘rish mumkin, lekin 

ular hamma so‘zlarning ham ma’nosiga tushu navermaydi.

Bolalarda ma’nosiga tushunib esda olib qolish ham juda er-

ta rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk yoshidagi bolalar o‘zlari 

yoq tirgan hikoyalarni ma’nosiga to‘la tushungan holda eslarida  

olib qoladilar. Bu hikoyalardagi ayrim qahramonlarni sevadi-

lar, ba’zilarini esa yomon ko‘radilar. Umuman hikoyalar ning 

mazmuni bolalarga ta’sir qilib, ularda ma’lum hissiyotlarni 




281

uyg‘otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayot-

ganliklaridan darak beradi. Bolalarda dastlab ixtiyorsiz esda olib 

qolish va ixtiyorsiz esga tushirish vujudga kela di. Ular o‘zlarini 

biron jihatdan qiziqtirgan, diqqatlarini o‘ziga tortgan narsa va 

hodisa larni beixtiyor ravishda eslarida olib qoladilar. Biron nar-

sani es lash, esiga tushirish assotsiatsiya tarzida namoyon bo‘ladi. 

Ularni o‘zlari ataylab esga tushirmaydilar. O‘yin faoliyatida bi-

ron narsani eslash lozim bo‘lib qolganda, assotsiatsiya tariqasida 

boshqa shunga o‘xshash narsalar ham beixtiyor eslariga tusha-

veradi. Bolaning nutqi o‘sib, so‘z boyligi tobora ortgan sari man-

tiqiy xotirasi rivoj lana boshladi.

Ilk yosh davridagi bolalar tafakkurining o‘si shiga nutq ju-

da katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, til bilan tafakkur o‘zaro uz-

viy bog‘liq jarayonlardir. Le kin bog‘chagacha tarbiya yoshidagi 

bolalarda hali tom ma’nodagi tafakkur bo‘lmaydi. Bu yosh-

dagi bolalarning tafakkurlari o‘ziga xos xususiyatlarga hamda 

konkret xarakterga egadir. Ular ayni chog‘da idrok qilib turgan 

narsalari haqidagina juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan 

tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jara yonlarda harakat 

elementlari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ning tafak-

kurini ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi. Bunda kat-

talar harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatni qan-

day bajarishni o‘rgatadilar, bolani «olib kеl», «joyiga qo‘y», «rasm 

chiz», «ushlab tur» kabi so‘z birikmalaridan iborat topshiriqning 

mohiyati bilan tanishtirib, kеyin unga harakatni bajarish yo‘llari 

(«Qalamni mana bunday ushla», «Avval qo‘lingga ol», «Ol-

din o‘ng qo‘ling bilan tut», «Qoshiqni bunday ushlab og‘zingga 

olib bor» dеb) ko‘rsatiladi va asta-sеkin bola bu harakatlarni 

o‘zlashtirib, bajarishga ha rakat qiladi. Shuning uchun ham bola-

da prеdmеtli harakatni o‘stirish murakkab jarayondir. 

Ilk bolalik davri amaliy harakat tafakkuri vujudga kеladigan 

davr hisoblanib, qo‘l jarayonlari turli narsalar va qurilmalar bi-

lan almashinadi. Jismlar bilan turli harakatlarni o‘zlashtirishda 

ulardagi muhim va o‘zgarmas alomatlarni ajratish ko‘nikmasi 

hosil bo‘ladi, natijada umumlashtirish va umumiy tushun-

chalarni o‘zlashtirish jarayoni ro‘y bеradi. Yangi sharoit-

da prеdmеtli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o‘sishiga 




282

ijobiy ta’sir qiladi. Bolaning o‘z xatti-harakatini kattalarning 

harakati bilan so lishtirish (onasiga, yoki onasiga o‘xshatib pi-

yolani ko‘tarish yoki arg‘imchoqni aylantirish, sakrashga inti-

lish) va uning o‘xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o‘sishi 

uchun muhim ahami yatga ega.

Ko‘rsatmali-harakat tafakkuri kichik yoshdagi bolalarga, ya’ni 

ko‘proq endi tili chiqqan 2–3 yoshli bolalarga xosdir. Bu yosh-

dagi bolalar konkret narsalarni harakatlantirish, har tomonla-

ma timirs kilab, sinchiklab ko‘rish orqali tafakkur qiladilar. Ular-

ning tafakkurlarida albatta so‘zlar ishtirok qiladi. Le kin konkret 

ko‘rgazmali harakatlar so‘zlardan ustunlik qiladi. Agar bolalar-

ning oldidan harakatlantirib o‘ynayotgan narsalari olib qo‘yilsa, 

ular faqat so‘zlar orqali (ya’ni konkret narsalarsiz) tafakkur qilmay 

qo‘yadilar. 2–3 yoshli bolalar turli narsalar bilan o‘ynar ekanlar, 

ular bu narsalarni oldindan o‘ylay olmaydilar, o‘z xatti-harakat-

larini hali oldindan rejalashtira olmaydilar. Kichik yosh dagi bola-

lar konkret, ya’ni ko‘z o‘ngidagi narsalarning harakatiga qarab fikr 

yuritadilar. Ana shuning uchun ularning tafakkurlari ko‘rgazmali 

harakat tafakkuri deb yuritiladi. Kichik bolalarga xos bo‘lgan 

ko‘rsatmali harakat tafakkurini nutq orqali, tushunchalar orqali 

amalga oshiriladigan tafakkurga tayyorgarlik davri desak bo‘ladi.

Ilk yoshdagi bolalarda tafakkurning fikriy operatsiyalarini, 

ya’ni analiz, sintez, umumiylashtirish kabilarni ko‘rmaymiz. 

Ular qo‘llaridagi o‘yinchoqlarini yoki qo‘llariga tushib qolgan 

narsa larni amaliy (aylantirib, paypaslab, buzib) analiz qiladilar. 

Lekin sintez qilishga hali qurbilari yetmaydi. Ilk yosh davri-

ning oxiriga kelib tafakkurning o‘sishida nutqning roli juda 

oshadi. Bola yangi so‘zlarni mumkin qadar ko‘proq bilib olib, 

ular dan o‘z tafakkurida keng foydalana boshlaydi. Bu esa fikr-

lash ope ratsiyalarining o‘sishiga yordam beradi. Bolada so‘zlar 

vositasi bilan analiz va sintez qilish, abstraksiyalash hamda 

umumlashtirishning dastlabki alomatlari ko‘rina boshlaydi.

Ilk yosh davrining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalar-

ni bilib  olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilari ni 

o‘z lashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Masalan, bola ko‘pincha kat-

ta kishilar bi lan bolalar o‘rtasidagi farqni bilishga qiziqadi. U 

bu farq ni kuzatib, taqqoslab, ko‘pgina savollarga javob topadi. 




283

Natijada bola tegishli tushunchalarning ayrim belgilarini bilib 

oladi. Uch yoshga to‘lay deb qolgan bola katta yoshdagi hamma 

odam ning ishga barvaqt ketishini juda yaxshi biladi. Agar bu 

yoshda gi bolaga «Adang endi barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, 

u hayron bo‘lib qoladi. Chunki katta odam bo‘lgan adasi ning 

ishga bormas ligi uning tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Uning 

tushunchasida hamma katta odamlar barvaqt ishga ketishi ke-

rak. Shu ning uchun u hech bir o‘ylab o‘tirmay, «Adam katta-

lar-ku!» deb javob beradi. Bog‘chagacha tar biya yoshidagi bola-

lar o‘z tushunchalaridan foydalanib kat ta, kichik, baland, past, 

ko‘p, oz kabi sodda xulosa lar chiqara oladilar, bu esa bola ta-

fakkurining yanada ri vojlanishi uchun zamin yaratadi.

Emotsional muloqot.

Ilk yosh davrining oxiriga kelib, ya’ni bolaning uch yoshga to‘ -

lish oldida bola nutqdan aloqa vositasi sifatida bemalol foydalana 

oladigan bo‘ladi. Bolaning bunday xususiyatlarga ega bo‘lib bo-

rishi uning psixik taraqqiyotiga va, ayniqsa, tafakkuri ning rivoj-

lanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar tili chiqa bosh 

lagach 


dastavval o‘ziga eng yaqin bo‘lgan kishilar va eng ko‘p ko‘radigan 

narsalarning nomini, masalan «oyi», «opa», «dada», «ada», «ma», 

«ol», «ber» kabi so‘zlarni aytadilar. Ikki yoshga to‘lgan bola 

ko‘rgan narsalarini so‘z bilan ifodalab, idrok qila yotgan narsalar-




284

ning ma’nosini yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi. Bola endi ayrim 

uzuq-yuluq so‘zlardangina emas, balki sodda gaplardan foydalana 

boshlaydi. Biroq, bu yoshdagi bola ning tovush chiqarish appara-

ti hali yetarlicha takomillashmagani sabab li uning talaffuzida an-

cha kamchiliklar uchraydi. U ayrim so‘zlarni katta odamlardek 

aniq va to‘g‘ri talaffuz eta olmaydi. Bundan tashqari so‘z zax-

irasi ye tishmasligi tufayli imo-ishoralardan foydalanadilar. Shu-

ning uchun ayrim hollarda endi gapira boshlagan bolaning tili-

ga tu shunish qiyin bo‘ladi. Buni vaziyatli (situativ), ya’ni ayni shu 

sha roit bilan bog‘liq bo‘lgan nutq deb yuritiladi Bola ning bunday 

o‘ziga xos tilini uning eng yaqin odami bo‘lmish onasi va otasigina 

tushunadi. So‘z boyligi orta borgach, bolaning o‘ziga xos bo‘lgan 

situativ tili haqiqiy, ya’ni hamma uchun tushunarli tilga aylanadi.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish