Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Ilk yoshdagi bolalarda nerv sistemasining rivojlanishi

Bolaning ilk yoshdagi davrida ham nerv sistemasi tez rivoj-

lanishda davom etadi. Bu davrda bosh miyaning hajmi va vaz-

ni anchagina ortadi. Masalan, bo la bir yoshdan ikki yoshga 

kirguncha bosh miyasining vazni 940 g dan 1025 g  ga ortadi. 

Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda esa bola miyasi-

ning vazni 1025 g dan 1112 g ga ortadi. Bu davrda bola mi-

yasi vaznining ortishi bilan birga miyaning ichki qismlarida 

ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Miya po‘stidagi nerv hu-

jayralarining (neyronlarning) tuzilishi murakkablashadi, ya’ni 

neyronlarning shoxsimon o‘simtalari tobora orta boradi. Bosh 

miya po‘stidagi nerv hujayralarining takomillashuvi turli assot-

siatsiyalarning (muvaqqat aloqalarning, shartli reflekslarning) 

yuzaga kelishini osonlashtiradi va tezlashtiradi.

Ilk yosh davridagi bola nerv sistemasining rivoj lanishida ham 

nerv tolalarining miyelinizatsiyalanishi davom etadi. Bu davrda 

asosan bosh miya yarimsharlaridagi nerv hujayralarini bir-bi-

ri bilan bog‘lovchi nerv tolalari miyelin pardasi bilan qoplanib, 

bir-biridan ajratiladi. Bola psixikasining rivojla nishida buning 

ahamiyati g‘oyat kattadir. Chunki shu munosabat bilan, ya’ni 

miyelinizatsiya orqali nerv tolalarining bir-biridan ajratilishi bi-

lan turli taasurotlar (qo‘zg‘alishlar) nerv sistemasida tezroq tar-

qaladi va ravshanroq aks ettiriladi. Nerv hujayralarini bir-bi-

ri bilan bog‘laydigan juda ham nozik nerv tolalari ning miyelin 

pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratilishi butun nerv siste-

masining tobora uyg‘un va puxta ishlashiga yordam beradi. Bu 

miya po‘sti nerv sistemasidagi barcha quyi boblar faoliyatini as-

ta-sekin o‘ziga bo‘ysundira boradi. Shu tariqa bolaning butun 

hayotida  oliy nerv faoliyatining roli orta boradi.



273

Ilk yoshdagi bolalarda shartli reflekslar tez va oson-

lik bilan yuzaga keladi, xili orta boradi. Bog‘chagacha tar-

biya yoshidagi bolalar nerv sistemasining rivojlanishidagi eng 

xarakterli tomonlardan biri shundan iboratki, bu davrda shar-

tli tormozlanish 

ning oddiy turlari yuzaga kela boshlaydi. 

Shart li tormozlanish ning ishlay boshlashi tufayli bu yoshda-

gi bolalar ayrim harakatlardan o‘zlarini darhol to‘xtata ola-

digan bo‘ladilar. Masalan, ikki yoshli bolaga «tegma», «jim 

bo‘l», «to‘xta», «yo‘q» kabi so‘zlarni tegishli qo‘l yoki boshqa 

ishoralar bilan aytilsa, u o‘zini ba’zi harakatlardan tiya oladi. 

Shart li tormozlar ko‘paya borgan sari ularning hosil bo‘lishi 

ham yengillasha boraveradi va bola o‘z xatti-harakatlarini ifo-

da qila olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oliy nerv faoli yatining 

ishida signallar sistemasining nisbati o‘zgaradi. Agar bir yosh-

gacha bo‘lgan bola asosan birinchi signallar sistemasi orqa-

li tashqi muhitni aks ettirsa, ikki yoshga to‘lgandan so‘ng ik-

kinchi signallar sistema si ham ishga tusha boshlaydi. Lekin ilk 

tarbiya yoshidagi davrda birinchi signallar sistemasining faoli-

yati ustun bo‘ladi. Bu davrda ikkinchi signallar sistemasi doi-

rasida, ya’ni nutq materiallari, so‘zlar, gaplarga nisbatan shartli 

reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar anchagi-

na so‘zlarning ma’nosini to‘gri tushuna oladigan bo‘ladilar.

Ilk yosh davridagi bolalar analizatorlari ham tobora takomil-

lashib boradi. Ularning ko‘rish, eshitish, ta’m va hid bilish, 

teri hamda harakat sezgilarining sezgirligi ancha o‘tkirlashadi. 

Ana shularning hammasi ilk yosh davridagi bolalar psixikasi-

ning yanada rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘diradi.

 Ma’lumki, bolaning ilk tarbiya yoshidagi davri butun sez-

gi a’zolarining jadal taraqqiy etish davri, ya’ni senzitiv davr 

hisob lanadi. Aslini olganda bolaning uch yoshgacha bolgan 

davri senzitiv taraqqiyotining boshlanish davridir. Bu davrdan 

boshlab bolaning turmush tajribasi orta boradi. Bolalarning 

tashgi olamni bilishdagi aktivliklari ortgan sari ular bir-birla-

ridan individual jihatdan farq qila boshlaydilar. Buning saba-

bi shundaki, har bir bola maxsus sharoitda oziga xos ravish-

da aktivlik ko‘rsatadi va  tevarak-atrofidagi turli-tuman narsa 

va hodisalarni bilishga harakat qiladi. Bu esa ularda har soha-



274

ga doir o‘nlab savollar ning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ma-

na shularning barchasi bola ning ilk yosh davrila boshlanadigan 

haqiqiy senzitiv davr uchun asos yaratadi.

Miyaning rivojlanishi

Asosiy nеrv tolalari bosh miya-

da bola tug‘ilishidan avval pay-

do bo‘ladi.

Homiladorlik davrida miyaning 

bazaviy arxitеkturasi, ya’ni shakli 

paydo bo‘lib, uning asosiy uchast-

kalari shakllanadi (stvol, talamus, 

miyacha), ammo nеrv tolalari ha-

li to‘liq shakllanmaydi.

Bolaning miyasi 3 yoshlik davri-

da miya tuzilishidagi nеrv to-

lalarining (sinaps) eng yuqori 

zichligiga egadir.

Ilk yosh davridagi bolaning mi-

yasida sinapslarning tеzkor paydo 

bo‘lishi ro‘y bеradi. Shundan so‘ng 

«tеkis bosqich» vujudga kеladi, 

so‘ng kamayish bosqichi bo‘lib, un-

da nеrv tolalarining zichligi kama-

yib, kattalar darajasini eslatadi.

Yaxshi ovqatlanish miya-

ning sog‘lom rivojlanishini 

ta’minlashning eng yaxshi  

usullaridan biridir.

Yaxshi ovqatlanish homilador ayol 

uchun ham, bola uchun ham juda 

muhimdir. Homilador ayollarga yod, 

foliy kislotasi va tеmir moddalari-

ning yetarli miqdori kеrak; ular ni-

kotin, alkogol va man etilgan dori-

darmonlardan butun homiladorlik 

davrida voz kеchishlari lozim.

Bolalar har qanday jahon tillari-

ni o‘rganishga layoqat bilan 

tug‘iladilar.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning mi-

yasi til o‘rganishga «yo‘naltirilgan».

Ilk yosh davrida miya shaklla-

nishiga strеssning salbiy ta’siri 

haqida dalillar mavjud.

Ilk yosh davrida qattiq strеssga 

duch kеlgan bolalar, strеssni boshi-

dan kеchirmagan bolalarga qara-

ganda, turli aqliy, hissiy nuqson-

larga ko‘proq duchor bo‘ladilar.




275

Ilk yosh davrida bolaning uzoq 

muddat Mеhribonlik uyida 

bo‘lishi uning miyasiga nеgativ 

ta’sir ko‘rsatadi.

Bu juda murakkab masala. Asosiy 

rolni tarbiyaning sifati o‘ynaydi. 

Noadеkvat tarbiya bolaning aqliy

ijtimoiy, hissiy va jismoniy rivoj-

lanishidagi muammolarning nеgizi 

bo‘lishi mumkin. Lozim bo‘lganda 

vaqtida kеrakli aralashuvlar sha-

roitni o‘zgartirishi mumkin.

Ma’lum bir yosh davrlarida sal-

biy tajriba yoki muhim bo‘lgan 

rag‘batlantirishning yo‘qligi jid-

diy nеgativ va mustahkam oqi-

batlarga olib kеladi.

Bolaning aqliy rivojlanishi uchun 

yoshning kritik davrlari mavjud. 

Ko‘pchilik mutaxassislar buni sеzgir 

davr konsеpsiyasi dеb nomlashadi. 

Sеzgir davrlar – bu shunday ma’lum 

bir yosh davriki, bunda ma’lum bir 

rag‘batlantirishning yo‘qligi rivoj-

lanishda nuqsonlarga yoki kamchi-

liklarga olib kеlishi mumkin.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish