12
– degan qat’iy xulosaga keladi. Ruh harakat qilmaydi, tana
harakat qiladi, lekin bunday tana ruhlidir. Shu ta riqa Aristotel
Platonning tana va ruh ajra lishi, ruhning qismlarga bo‘linishi
haqidagi g‘oyasini o‘tkir tanqid qiladi.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jon
tananing ajralmas qismlari ekanligi g‘oyasini ilgari surdi. Shu
sabab li ham Arastu psixologiya fanining otasi sifatida talqin
qi linadi. «Psixologiya», ya’ni jon haqidagi fan so‘zi (yunoncha
«psyche» – ruh, jon, «logos» – fan, ta’limot ma’nosini angla-
tadi) bizning davrimizda ham saqlanib qolgan.
«Tibbiyotning otasi» Gippokrat (er.av. 460–377-yy.) tafak-
kur va sezgi organi miya ekanligini ta’kidlaydi. Uning yozishi-
cha: «Mana shu qism bilan biz fikrlaymiz, yaxshi va yomonni
ajratamiz, tanamizning mana shu qismi bilan ko‘ramiz. Mi-
ya sog‘ holatda bo‘lgandagina biz sog‘ fikrlaymiz». Gippokrat-
ning ishlari orasida eng katta shuhrat keltirgani temperament
haqidagi ta’limotdir.
Bu barcha anatomo-fiziologik ma’lumotlarni rimlik tabib
Klavdiy Galen (er.av. II asr) umumlashtirdi va yangilari bilan bo-
yitdi. Uning asarlaridan XVII asrgacha keng foydalanildi. Har xil
muskullarga boruvchi nervlarni kesish bilan Galen shu xulosaga
keldiki, tananing nervsiz birorta qismi yo‘q, birorta harakat, biror-
ta hissiyot ularning ishtirokisiz kechmaydi. Eks perimentlar orqali
Galen orqa miyaning funksiyalarini ham aniq ladi. Agar orqa mi-
yani ko‘ndalang kessa, kesilgan joydan pastda joylashgan barcha
tana qismlari harakatchanligi va sezuv chanligini yo‘qotadi, degan
xulosani olim asoslab berdi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Aras-
tularning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g‘oyalarning ri-
vojlanishi uchun tayanch nuqta bo‘ldi. «Bu – ruhiy dunyosi ulkan
odam» deganda biz jismsiz va abadiy barhayot narsani emas, bal-
ki psixikani nazarda tutamiz.
XVII asr psixologlar ko‘z o‘ngida psixikaga bo‘lgan qarash-
larning tubdan o‘zgarish davri sifatida namoyon bo‘ladi. Psixo-
logik fikr taraqqiyotidagi yangi davrni «fanlar malikasi» bo‘lib
hisoblangan mexanika ta’sirida paydo bo‘lgan konsepsiyalar
ochib berdi. Bu ta’limotlarning asosida fanning ulug‘ zahmat-
kashlari Rene Dekart (1598–1660), Benedit Spinoza (1632–
13
1677), Tomas Robbe (1588–1679), Djon Lokk (1632–1704),
Gomfrits Leybnits (1646–1716) kabilar turar edi.
Fransuz matematigi, tabiatshunos va faylasufi Dekartning
ismi bilan psixologiya tarixidagi g‘oyat muhim bosqich bosh-
lanadi. Aynan u o‘zining ong haqidagi ta’limoti bilan Aristo-
telning ruh haqidagi ta’limotidan psixika to‘g‘risidagi tushun-
chalarning ajra
lib chiqishi uchun asos yaratdi. Dekartning
fikricha: «Hayotni ruh bilan bog‘laganlar xato qiladilar. Nega-
ki o‘lim hech qachon ruh tufayli sodir bo‘lmaydi, balki tana-
ning muhim qismi dagi buzi lishlar tufayli ro‘y beradi». Dekartga
ko‘ra asoslar ning asosi shubhalanishdir. Uning fikricha hamma
tabiiy va g‘ayritabiiy narsa lardan shubhalanish kerak. Chunki
shubhalanganda odam fikrlaydi. Bunga Dekartning mashhur
aforizmi «Men fikrlayapman, bundan chiqdi mavjudman» asos
bo‘ladi. O‘zining asosiy fikrlarini Dekart «Aqlni boshqa
rish
qoidalari», «Ruhlar ehti roslari», «Odam haqida» nomli asarla-
rida bayon etgan. XVIII asrning eng yirik kashfiyotlari qatoriga
refleks tushunchasi ning paydo bo‘lishini kiritish mumkin. Ref-
leks tushunchasi Dekart fizikasida paydo bo‘ldi.
Markaziy Osiyoda psixologik ta’li
motlarning rivojlanishi
VII–IX asrlarga to‘g‘ri keladi.
Al-Xorazmiyning tib, odam anato-
miyasi va fiziologiyasi sohasidagi bilim
larihis
siy sezgining moddiy asosla-
rini qidi rishga yordam beradi. «Shax-
siy ruh – u miyada bo‘lib, ular badan
a’zolariga asab orqali tarqaladi», deydi
va aqlni odam nafsining kuchlaridan
biri deb hisoblaydi.
Abu Ali ibn Sinoning psixologik-
falsafiy qarashlari «Tib qonunlari»
asarida inson fiziologiyasi va psi-
xologiyasi asosi da talqin etiladi. Ibn
Sinoning sezgini tashqi va ichki tur-
larini, miyani nerv sistemasining
markazi ekanligini, inson tana va jondan tashkil topishi, mi-
Do'stlaringiz bilan baham: