Maktabgacha yoshdagi


Kundalik turmush va ilmiy psixologiya



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Kundalik turmush va ilmiy psixologiya. Har qanday fan negi-

zida ma’lum darajada odamlarning turmushi va amaliy tajri-

basi o‘z aksini topadi. Har qanday shaxs kundalik turmushning 

o‘ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo‘lib, o‘z saviya-

si, salohi yati bilan turlicha kamolot ko‘rsatkichiga egadir, hat-

to uning turmush tajribasi va bilimlari ilmiy psixologik bi-

limlardan ustunroq bo‘lishi mumkin (masalan: «Qari bilganni 

pari bilmas»). Kundalik muloqot davomida boshqa odamlar-

ni kuzatib borgan kishilarning o‘zaro birgalikda harakat qi-



9

lishga ehtiyoji, ularni tashqi xulq-atvor ortida yashirinib yotgan 

psixik jarayonlarni farqlay bilishga majbur qilgan. Maqsadlar, 

mayllar, u yoki bu voqeadan ta’sirlanish zamirida esa xarakte-

riga xos asosiy belgilar tushunilgan. Shuning uchun ham psixik 

holatlar, jarayonlar, xususiyatlar ilmiy predmetga aylanishidan 

ancha ilgari kishilarda bir-birlari to‘g‘risida sodda psi xologik 

bilimlar to‘plana boshlagan. Bu bilimlar avloddan avlodga 

o‘tgan holda tilda, xalq ijodiyoti yod gorliklarida, san’at asar-

larida o‘z ifodasini topa bordi. Jumladan, maqol va matallar-

da, «O‘n marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal», «Odat 

– kishining ikkinchi tabiati» va hokazolar. Kishi ning shax-

siy hayot tajribasi ham unga psixika haqida muayyan tasav-

vur bera oladi; biron-bir matnni qaytadan o‘qib chiqish ki-

shi xotirasida yaxshiroq saqlanib qolishiga yordam berishini, 

garchi «Takrorlash – ilmning onasi» degan maqol unga ta nish 

bo‘lmasa ham, o‘z shaxsiy tajribasidan bilib oladi. Masalan, 

bola o‘z talabini qondirish istagida o‘z yaqinlariga turli uslub-

da ta’sir o‘tkazadi, ya’ni katta yoshdagilarning individual-psi-

xologik xususiyatlarini o‘zi anglamagan holda hisobga olib ish 

tutadi. Demak, kundalik turmushning psixologik bilimlari fa-

rosatlilik, sezgirlik, topqirlik intuitiv tarzda namoyon bo‘ladi.

Ilmiy psixologiya ma’lum metodlar, vositalar, operatsiyalar 

yordamida ma’lumotlar to‘plash va ularni umumlashtirishga 

intiladi. Izlanayotgan obyektning xususiyati, holati, munosa-

bati, bog‘lanishi kabilarni aks ettiruvchi ilmiy tushunchalar, 

ta’riflar, qonuniyatlar yordamida psixologik mexanizmlarni 

kashf qiladi. Insonning ichki imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, 

qobiliyati, xa rakteri yuzasidan umumiy xulosalar chiqariladi. 

Bu ning natijasida shaxs psixikasini aniqlash, bashorat qilish, 

ayrim nuqsonlarni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini 

olish imkoniyati tug‘iladi. Turmush mashaqqatlarini, jismoniy 

va ruhiy zo‘riqishlarni kamaytirish, shaxslararo nizolarni oldi-

ni olish, bartaraf etish singari harakatlar faqat ilmiy psixologik 

ma’lumotlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.

Ijtimoiy va shaxsiy tajribada yuzaga kelgan sodda psixologik 

ma’lumotlar ilmiy psixologiyagacha yaratilgan psixologik bi-

limlarni tashkil qiladi. Ilmiy psixologiyaning predmeti deyil-




10

ganda, avvalo, psixik hayotning aniq dalillari nazarda tutila-

di. Turli psixologik tajribalar juda muhim faktlarni aniqlagan. 

Masalan, qorong‘ida ham qog‘oz oppoq deb idrok qilinadi. Il-

miy jihatdan bilish hodisalarni tasvirlashdan tushuntirib be-

rishga o‘tishni ta lab qiladi. Shuning uchun ham psixologik 

faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar psixologiyada 

o‘rganiladigan predmet bo‘lib yuzaga chiqadi.



Taraqqiyotning turli bosqichlarida psixika haqidagi ta’limotlar

Psixologiya bundan 2–2,5 ming yillar muqaddam qadim-

gi Gretsiyada vujudga kelgan. Psixologiya tarixi ikki davrga aj-

ratiladi:



1-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri. 

Bu davr eramizdan avvalgi VI asrdan XIX asr o‘rtasigacha 2,5 

ming yillar davom etgan davrdir.

2-davr. Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlan-

gan davri. Bu davr XIX asr o‘rtasidan hozirgi kungacha davom 

etib kelayotgan davrdir.

Qadim zamonlardanoq odamlar olamni har xil tushuntir-

ganlar. Bizning qadimiy ajdodlarimiz tabiatdagi ko‘p hodisa-

larni tushuntirishga ojiz bo‘lganlar va shu sababli ular tabiat-

dagi hodisalar go‘yo olamga keng tarqalgan g‘ayritabiiy, 

moddiy bo‘lmagan, ko‘zga ko‘rinmas kuchlar tufayli yuz be-

radi, deb hisoblaganlar. Odamning sezgilari, his-tuyg‘ulari, 

fikrlarini ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, shu sababdan ularni 

odamlar moddiy bo‘lmagan alohida mavjudot – jonning ishi 

deb bilganlar, jonni esa odam tanasida vaqtincha yashovchi 

va odam o‘lgandan keyin tanani tark etuvchi narsa deb bil-

ganlar. Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon 

kishini tevarak-atrofdagi odamlarning psixik jihatdan tuzilish 

xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o‘z xatti-harakatida 

hisobga olishda majbur etib kelgan. O‘sha davrdagi mutafak-

kirlar jon (ruh)ni tanadan xoli ravishda o‘rganishga harakat 

qilganlar. Bunday tasavvurlar uyqu, o‘lim, xushdan ketish 

holatlarini noilmiy talqin qilish oqibatida tarkib topgan.

Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari jonning 

moddiy likdan xoli tabiati haqidagi g‘oyalar paydo bo‘la bor-




11

gan. Bunday qarashlar keyinchalik filosofiyada o‘z ifodasi-

ni topgan. Eramizdan avvalgi VII–IX asrlar oralig‘ida yashab 

o‘tgan mutafakkirlar Fales, Anaksimen, Geraklit, Demokrit, 

Epikur, Ploton, Lukretsiylar ta’limotidan keyin ruh tanaga jon 

bag‘ishlovchi moddiy asos, hayotiy jarayonni boshqaruvchi, 

idora etuvchi a’zo sifatida qaralgan. 

Psixika haqidagi ta’limotlarning rivojlanishi uchun Aflo-

tun (er.av. 427–347-yillar) alohida sharoit yaratib berdi. U jon-

ning qismlari to‘g‘risidagi tushunchani yaratdi. Aflotunning 

shogirdi Arastuning «Jon to‘g‘risida»gi asari psixologiyaning 

bu davr ga kelib bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqishiga sabab 

bo‘ldi. Antik psixologiyaning eng yuqori cho‘qqisi Aristotel-

ning ruh haqidagi mashhur ta’limoti hisoblanadi. Mashhur 

fay lasuf Gegel aytganidek: «Biz psixologiyada ega bo‘lgan yax-

shi narsalar bu Aris toteldan olgan narsalarimizdir».

Shimoliy Gretsiyaning Stariga shahrida tabib oilasida ta-

vallud topgan Aristotel 17 yoshida Platonga shogird bo‘lib 

tushgan. Ammo Platonning qa-

rashlari yo‘lidan bormadi. Aristo-

tel «О душе», ya’ni «Jon haqida» 

nomli traktatida ruh muammosi-

ni izchil o‘rganishga bag‘ishlangan 

o‘z g‘oyalarini yori tib beradi. Aris-

totelga ko‘ra, ruh organik tananing 

shakli. Bu tanani Aristotel quyida-

gi metafora bilan tushuntirdi: «Agar 

ko‘z alo hida tirik mavjudod bo‘lsa, 

ko‘rish qobiliyati uning ruhi bo‘lar 

edi. Ko‘rish qobili yatini yo‘qotgan 

ko‘z aslida ko‘z bo‘lmaydi, u faqat-

gina ko‘z degan nomni saqlab qoladi, xolos. Bunday nom-

ni chizilgan yoki biror narsadan yasalgan ko‘zga ham be rish 

mumkin. Tiriklik ruhsiz bo‘lmaydi. Ruh tanani tirik qila-

di. Tananing barcha xususiyatlari o‘sish, nafas olish, fikrlash 

asosida ruh turadi». Boshqacha aytganda tana va boshqa or-

ganlar ruh xizmati dagi quroldir. «Tana ruh uchun mavjuddir», 

– deb yozadi Aristotel va «Ruhni tanadan ajratib bo‘lmaydi», 




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish